“Niso” surasi, 17-oyatda keltirilgan.”Bilmasdan yomonlikka yo„l qo„yib,
darhol tavbaga o„tganlarning tavbasini Alloh qabul qiladi. Alloh hamma
narsani biluvchi va hakimdir”
deyilgan g‗oyadan kelib chiqib ushbu misralarni
yozadi.
Yo‗q, hali olamda mavjuddir shafqat,
Yo‗q, hali tebranur mehr beshigi.
Tavba qil, tavba qil, tavba qil faqat,
Senga ochiq faqat tavba eshigi.
Qur‘onda tavba tazarruga katta ahamiyat berilganligini ko‗rishimiz mumkin.
Inson o‗z xatosini tushuna olishi ham bir saodatdir. Insonning hayotdagi o‗rni, o‗z
umrini yaxshilikka, go‗zalliklar yaratishga safarbar etish masalasi shoirning har bir
she‘rida alohida urg‗u beriladi.
Shunga ko‗ra ham uning ―Malomat toshlari‖, ―Umr qisqa edi‖, ―Inson
manzarasi‖, ―Qo‗riqxona‖ kabi o‗nlab she‘rlari tavba, istig‗forga da‘vat
mazmunida yaratilgan. Shoir ijodida tavba masalasiga bag‗ishlangan she‘rning
mavjudligi ham tasodifiy emas. Bu she‘r quyidagi so‗zlar bilan boshlanadi:
Sen gunoh qildingmi, bechora banda,
Sen shayton makriga uchdingmi nogoh.
Tinching qolmadimi ruh ila tanda,
Endi nadomatlar bo‗ldimi hamroh.
Tavba bir ma‘noda afsus, o‗kinch va nadomatlarning insonga hamroh
bo‗lishidir. Bunday holda inson o‗zicha chora izlab, najot axtaradi. Lekin, unda
ba‘zan shoir ta‘kidlaganidek, ―Qopqalar yopilgan, ostonalar berk‖ka o‗xshab
tuyulmog‗i mumkin. Faqat haqiqiy tavbagina odamni ikkilanish va ojizliklardan
xalos qila oladi. Tavba insonning tom ma‘nodagi pastkashlikni, nodonlokni,
jaholatni to‗la anglab yetishi, uning ma‘naviy barkamollik sari yo‗l tuta
boshlaganining belgidir. U insonning ma‘naviy yuksalishidagi o‗ziga xos
bosqichdir. Shoir shuning uchun ham o‗quvchini ishonch bilan tavbaga undaydi.
Ma‘lumki, mustaqillikdan keyin tasavvuf va tasavvuf adabiyoti masalalari
ancha keng va erkin o‗rganila boshlandi. Bu haqda bir necha kitob va risolalar,
13
ko‗plab maqolalar e‘lon qilindi. Mazkur mavzularda qalam tebratgan olimlarning
ko‗pi bir masala ustida alohida to‗xtalib, ba‘zan bir-birini takrorlovchi, ba‘zida bir-
birini boyituvchi mulohazalarni ilgari surishgan. Biz e‘tiborni jalb qilayotganimiz
bu masala - Nafs masalasidir. ―Nafs jismoniy borliq ichida, ya‘ni vujudda mavjud
bo‗lgan va faoliyat ko‗rsatuvchi bir quvvatdurki, u barcha yomon xulqlar va
chirkin harakatlarning manbaidir. Bunga muqobil Ruh qalbning ta‘siri ostida
Allohga yetishadigan ma‘naviy bir kuch hisoblanadi‖.
10
Ana shuning uchun mumtoz adabiyotimizda, ayniqsa, uning Ahmad
Yassaviy, Sulaymon Boqirg‗oniy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Mashrab, So‗fi Olloyor singari buyuk vakillari Ruhni ulug‗lab, Nafs bandasiga
aylanish yomonlik va tubanlik timsoli sifatida har tomonlama keng talqin qilganlar.
Abdulla Oripov bu shoirlarning ijodlaridan xabardor bo‗lgan. Lekin u faqat
xabardorlik bilan ham cheklanmagan. Bu da‘voga misol bo‗ladigan bir dalil
Abdulla Oripovning ―Bul ajab xor kimsadin imdod so‗raydi xorlar‖ satri bilan
boshlanadigan she‘ridir. Bu she‘r bir necha jihatdan diqqatga loyiq. Unda shunday
so‗zlar bor:
Nafs ila dunyoga dil bergan fosiqlar siz bu kun,
Yassaviy xok poyidan aylab soling tummorlar.
U ―Vijdon‖ deb atalgan she‘rida ―Magar ketar bo‗lsa vijdon bosh olib, Imon
ham u bilan birga‖ ko‗chishini ta‘kidlab, shunday deydi:
Devlar qutulgandek Sulaymon o‗lib,
Betizgin tuyg‗ular har yon yugurgay.
Qalb degan istehkom posbonsiz bo‗lib,
Eng avval nafs unga o‗zini urgay.
Haqiqatda ham qalb, imon, e‘tiqod, diyonat, xususan, Vijdon atalmish
posbonlaridan ajralsa, Nafs qalb hokimiga aylanadi. Nafs hukmronlik qilgan
qalbning holati va fojealari klassik shoirlar tomonidan juda keng tarzda
tasvirlangan.
10
Haqqul I. Irfon va idrok. – Toshkent, 1998. 106-b.
14
Ahmad Yassaviy:
Do'stlaringiz bilan baham: |