O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani f f. n. I. Xudoynazarov ― ‖ 2015 ―5120100 – Filologiya va tillarni o‗qitish (o‗zbek tili)‖ ta`lim yo`nalishi iv-bosqich 44-guruh talabasi Rajabova Feruzaning


 . “Haj daftari”da diniy-axloqiy g„oyalarning badiiy talqinlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/34
Sana04.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#429685
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
hozirgi ozbek sheriyatida diniy-marifiy goyalarning badiiy talqini

1.2 . “Haj daftari”da diniy-axloqiy g„oyalarning badiiy talqinlari 
Keyingi paytda diniy-axloqiy g‗oyalar adabiyotimizda chuqur ildiz otib borayotir. 
Ma‘naviy sarchashmalarimiz-Ollohning kitobi muqaddas Qur‘oni Karimga, 
Muhammad Mustafo s.a.v. sunnatlari - muborak Hadislarga murojaat etish alohida 
tamoyilga aylandi. Ushbu yo‗nalishda Abdulla Oripovning ―Haj daftari‖ turkumini, 
Tohir Qahhorning ―Muhammad bilan suhbat‖ lirik dostonini, Asqar Mahkamning 
―Naqshbandiya‖ dostoni bilan ―Tavajjuh‖, ―Ishq‖ she‘riy qissalarini, S. Sayyidning 
―Qirq hadis‖, Shukur Qurbonning ―Unutmadim adolat rasmin‖ (she‘rga tushgan 
hadislar) she‘riy turkumlarini ta‘kidlash joiz. 
Avvalo, ular odamdagi odamiylik xislat-fazilatlarini kashf etish orqali shaxs va 
jamiyatni komillikka undashga qaratilgan mohiyati bilan e‘tiborli. Axloqiy poklik, 
ma‘naviy pokdomonlik xususiyatlarini ko‗ngillarda tarbiyalashga, shaxsiyatlarda 
shakllantirishga yo‗naltirilgan yangi badiiy talqinlari, nuqtai nazarlari, qarashlari bilan 
ahamiyatli. 
A.Oripovning ellik hadisdan iborat ―Haj daftari‖ ushbu yo‗nalishga alohida fayz 
bag‗ishlaydi. U hazrat Alisher Navoiyning ―Arbain hadis‖ asarlaridagi falsafiy-axloqiy 
qarashlarni yangi voqelik, yangi hayot materiali asosida davom ettiradi. "Arbain" 
asarlaridagi falsafiy-axloqiy g‗oyalar Muhammad s.a.v.ning "Kishi ummatlarimga din 
xususidagi qirq hadisni yetkazsa, Tangri taolo uni qiyomat kunida fikx bilimdonlari, 
olimlar to‗dasiga qo‗shadi" hadisi asosida yuzaga kelgan. Bugungi kunda 
shoirlarimizning badiiy-estetik izlanishlaridagi ―Qirq hadis‖ namunalari inson axloqi, 
odobi, ruhiy poklanishi va ma‘naviy kamoloti jarayonida Rabbimni ulug‗lashga, 
Muhammad s.a.v. sunnatlarining qimmatini targ‗ib etishga qaratilgan. 
Bashariy qadriyatlarning mohiyatini anglash - bu o‗zlikni bilish sari qo‗yilgan sobit 
qadam. Rabbimni tanishdan bo‗lak ma‘rifat va Ollohni unutishdan ortiq jaholat yo‗q. 
Oftob nuri — Qodir Egamning nazari. Buni bilmaslikka hech kimning haqqi yo‗q. 
Shaxs va jamiyat o‗zini insoniy xis-lat-fazilatlar bilan yanada go‗zallashtirish uchun 
hamisha yangi-yangi imkoniyatlar izlaydi. Adabiyot ana shu jarayonni badiiy idrok va 
ifoda etishning yangi yo‗llarini qidiradi. Bugun diniy merosga tayangan ma‘rifat yo‗li 


25 
inson ruhiyati butunligini, iymon-e‘tiqod salomatligini ta‘minlash omillaridan biri 
sifatida ko‗zga tashlanayotir. 
Islomda odamga munosabat nihoyatda baland. Shu ideologiyaning ruhoniy 
hayotimizda sobit mavqeni egallashi, albatta foydali. Negaki, iymonsiz sog‗lom 
jamiyat qurish mumkin emas. 
Abdulla Oripov o‗zbek elining, turkiy ulusning yuksak milliy ruhiyatini o‗z 
she‘riyati orqali tanish va tanitish uchun olis safarga otlangan yo‗l ahlidan, 
yo‗lovchidir. A.Oripovning ―Haj daftari‖, ya‘ni ―Hikmat sadolari‖ nomli ellik hadisdan 
iborat turkumi haj safari o‗laroq yuzaga kelgan. Turkum shoir she‘riyatidagi komil 
inson konsepsiyasining muhim yo‗nalishini - falsafiy-axloqiy g‗oyalarni o‗zida 
mujassamlashtirishi bilan ham e‘tiborli. ―Makkai mukarramaga borganimning 
dastlabki kunida,-deb yozadi A.Oripov ―Haj daftari‖ muqaddimasida. — 
Ka‘batullohda-Olloh uyi yonida tunni bedor o‗tkazib, tilovat bilan bir qatorda baytlar 
yoza boshladim. Men bu holatga avvaldan bir muncha tayyor bo‗lganim sabablimi 
satrlarim o‗z-o‗zidan quyilib kelaverdilar. Haj safariga har kim o‗z ixtiyori bilan 
borgusidir. Bundan tashqari Haq yo‗li, uning visoliga yetishmoq osongina kechadigan 
sayohat emas.‖ (Toshkent, 1992 yil, 3-bet) 
Ushbu turkum yaratilishidan to‗rt-besh yillar burun yozilgan ―Uzlat‖, ―Savob‖ 
nomli she‘rlari uning ruhoniy-psixologik omillaridan bizni voqif etadi. Shoirning ―...bu 
holatga avvaldan bir muncha tayyor bo‗lgani sabablari‖ — ma‘naviy asoslarini 
anglashimizda bir ochqich vazifasini o‗taydi. Ya‘ni, ―Uzlat‖, ―Savob‖ singari she‘rlar 
―Haj daftari‖ning ma‘lum darajada ildizlaridir. 
Uzlat izlab bormagan 
Joyim balki qolmadi,
Hech bir go‗sha kelgin deb 
Og‗ushiga olmadi,
Uzlat qayda men uchun, 
Balki yiroq ellarda,
Qadam yetmas tog‗larda, 
It yashamas cho‗llarda.


26 
U yoqlarga yo‗limni 
Bura olmay hayronman,
Nechuk o‗ksik bandaman, 
Nechuk baxtsiz insonman.
Do‗stu yordan yuragim 
Ayrilar nari-nari,
Uzlatning sog‗inchi bu, 
Yolg‗zlik dardi bari...
Yuz o‗girma, bu yo‗lchi 
Na quvonch, na kulfatdir,
Uning yolg‗iz ilinji 
Uzlat erur, uzlatdir...
Uzlat - bu huvillagan yolg‗iz uyga biqinish yoki qorong‗i yerto‗laga tushib, 
boshini ko‗rpaga burkab yotish emas. Uzlat -bu odamlardan qochib, yolg‗iz o‗zi 
bilan o‗zi holi qolish, tanho dardlashish degani ham emas. Uzlatni yolg‗izlikdan 
panoh topish, taskin olish, yurak dardlariga malham izlash, deb ham tushunmaslik 
lozim. Uzlatga chekinish - bu ko‗ngilga safar qilish. Ko‗ngil deb atalgan bepayon 
osmon mo‗jizalarini, beadad ummon sir-sinoatlarini bilishga, tushunishga 
safarbarlik. Va demakki, o‗z-o‗zini anglash uchun olis o‗zlik safariga otlangan 
Bilgich u. Uzlat, deganda u o‗ziga, o‗zligiga, ko‗ngliga chekinyapti. Va lekin, 
ko‗nglidan orom, taskin va yupanch topayotgani yo‗q. Ko‗ngilga safar qilishning 
ibtidosi - bu o‗z-o‗zini bilish, tushunish bo‗lsa, intihosi esa Ollohni tanish, Olloh 
jamoliga yetishish saodatidir. Uzlat - bu Olloh nomi ko‗p bor zikr qilinadigan, 
ixlos-e‘tiqodlar namoyon etiladigan ko‗ngil to‗ridagi mavodir. 
Ilmda ma‘lumki, komil inson g‗oyasining yuzaga kelishi so‗fiylik 
ta‘limotining tug‗ilishi, qaror topishi va shakllanishi bilan bog‗liq. Ilk 
so‗fiylarning nuqtai nazarlari va qarashlari komil inson g‗oyalari bilan 
sug‗orilgan edi. Xususan, buyuk arab faylasufi Ibn al-Arabiy (1165-1240) 
―al-insonul-komil‖ terminini birinchi bo‗lib istifoda etgan, ilmga olib kirgan 


27 
va uning ustivor unsurlarini belgilab bergan edi. Mana, olis zamonlardan 
beri ziyo ahli inson shaxsiyati va ruhoniyatini tushunishga intilib, tabiatidagi 
komillik alomatlarini tushuntirib kelishadi. Va ne tongki, dunyoning o‗zi bir 
miri kam bo‗lganligi boisidanmi, tugal va to‗kis komillik maqomiga 
yetishish uchun bir burda umri badalida bandai mo‗minga bir chimdim 
savob, bir qatra ezgulik va hikmat, bir tomchi porso olijanoblik yetishmay 
keladi. Salkam ming yillik puchmog‗ida safar mavzui, yo‗l va yo‗lovchi 
obrazlari ayniqsa, islomiy madaniyatda komil inson konsepsiyasining rangin 
qirralarini yoritishda badiiy-estetik an‘analarni vujudga keltirdi. 
Safar mavzuining badiiy adabiyotga kirib kelishi va muhim o‗rin 
egallashi o‗z tarixiga ega. Xususan, u birinchidan, muborak Makkai 
Mukarramaga va Madinai Munavvaraga musulmon olamining amaliy haj 
safari bilan bog‗liq bo‗lsa, ikkinchidan, payg‗ambarimiz Muhammad 
s.a.v.ning Tangri taolo huzuriga Buroq otda ko‗tarilishi — afsonaviy me‘roj 
safarining badiiy talqin ma‘nolari bilan uyg‗unlikda qat‘iy yo‗nalish kasb 
etdi. 
Endi, A. Oripov she‘riyatdagi komil inson konsepsiyasining o‗zak 
mag‗zini, ustivor mehvarini tushunishimizda hamda safar mavzui orqali 
yo‗lovchi obrazi zimmasiga yuklanayotgan ma‘naviy-axloqiy mazmunni 
anglashimizda yana shoirning o‗zi bizga ko‗mak beradi. Xususan, ―Hikmat 
sadolari‖ majmuasiga so‗zboshi tariqasida yozilgan ―Insof va diyonat izlab‖ 
maqolasida shoir shunday yozadi: ―Islom tariqati uqtiradikim, Olloh 
bandasiga xidoyat yo‗lini ko‗rsatgan. Bu yo‗ldan u yuradimi yoki yo‗qmi — 
bu masala bandasining ixtiyoridadir. Ya‘ni, u shaxs sifatida erkindir. Lekin u 
yomon qilmishlari uchun oqibatda javob bergusidir‖. (―Hidoyat yo‗li‖ she‘ri) 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish