O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani f f. n. I. Xudoynazarov ― ‖ 2015 ―5120100 – Filologiya va tillarni o‗qitish (o‗zbek tili)‖ ta`lim yo`nalishi iv-bosqich 44-guruh talabasi Rajabova Feruzaning


“Niso” surasi, 17-oyatda keltirilgan.”Bilmasdan yomonlikka yo„l qo„yib



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana04.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#429685
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
hozirgi ozbek sheriyatida diniy-marifiy goyalarning badiiy talqini

“Niso” surasi, 17-oyatda keltirilgan.”Bilmasdan yomonlikka yo„l qo„yib, 
darhol tavbaga o„tganlarning tavbasini Alloh qabul qiladi. Alloh hamma 
narsani biluvchi va hakimdir”
deyilgan g‗oyadan kelib chiqib ushbu misralarni 
yozadi. 
Yo‗q, hali olamda mavjuddir shafqat,
Yo‗q, hali tebranur mehr beshigi.
Tavba qil, tavba qil, tavba qil faqat,
Senga ochiq faqat tavba eshigi. 
Qur‘onda tavba tazarruga katta ahamiyat berilganligini ko‗rishimiz mumkin.
Inson o‗z xatosini tushuna olishi ham bir saodatdir. Insonning hayotdagi o‗rni, o‗z 
umrini yaxshilikka, go‗zalliklar yaratishga safarbar etish masalasi shoirning har bir 
she‘rida alohida urg‗u beriladi. 
Shunga ko‗ra ham uning ―Malomat toshlari‖, ―Umr qisqa edi‖, ―Inson 
manzarasi‖, ―Qo‗riqxona‖ kabi o‗nlab she‘rlari tavba, istig‗forga da‘vat 
mazmunida yaratilgan. Shoir ijodida tavba masalasiga bag‗ishlangan she‘rning 
mavjudligi ham tasodifiy emas. Bu she‘r quyidagi so‗zlar bilan boshlanadi: 
Sen gunoh qildingmi, bechora banda,
Sen shayton makriga uchdingmi nogoh.
Tinching qolmadimi ruh ila tanda,
Endi nadomatlar bo‗ldimi hamroh. 
Tavba bir ma‘noda afsus, o‗kinch va nadomatlarning insonga hamroh 
bo‗lishidir. Bunday holda inson o‗zicha chora izlab, najot axtaradi. Lekin, unda 
ba‘zan shoir ta‘kidlaganidek, ―Qopqalar yopilgan, ostonalar berk‖ka o‗xshab 
tuyulmog‗i mumkin. Faqat haqiqiy tavbagina odamni ikkilanish va ojizliklardan 
xalos qila oladi. Tavba insonning tom ma‘nodagi pastkashlikni, nodonlokni, 
jaholatni to‗la anglab yetishi, uning ma‘naviy barkamollik sari yo‗l tuta 
boshlaganining belgidir. U insonning ma‘naviy yuksalishidagi o‗ziga xos 
bosqichdir. Shoir shuning uchun ham o‗quvchini ishonch bilan tavbaga undaydi.
Ma‘lumki, mustaqillikdan keyin tasavvuf va tasavvuf adabiyoti masalalari 
ancha keng va erkin o‗rganila boshlandi. Bu haqda bir necha kitob va risolalar, 


13 
ko‗plab maqolalar e‘lon qilindi. Mazkur mavzularda qalam tebratgan olimlarning 
ko‗pi bir masala ustida alohida to‗xtalib, ba‘zan bir-birini takrorlovchi, ba‘zida bir-
birini boyituvchi mulohazalarni ilgari surishgan. Biz e‘tiborni jalb qilayotganimiz 
bu masala - Nafs masalasidir. ―Nafs jismoniy borliq ichida, ya‘ni vujudda mavjud 
bo‗lgan va faoliyat ko‗rsatuvchi bir quvvatdurki, u barcha yomon xulqlar va 
chirkin harakatlarning manbaidir. Bunga muqobil Ruh qalbning ta‘siri ostida 
Allohga yetishadigan ma‘naviy bir kuch hisoblanadi‖.
10
Ana shuning uchun mumtoz adabiyotimizda, ayniqsa, uning Ahmad 
Yassaviy, Sulaymon Boqirg‗oniy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Mashrab, So‗fi Olloyor singari buyuk vakillari Ruhni ulug‗lab, Nafs bandasiga 
aylanish yomonlik va tubanlik timsoli sifatida har tomonlama keng talqin qilganlar. 
Abdulla Oripov bu shoirlarning ijodlaridan xabardor bo‗lgan. Lekin u faqat 
xabardorlik bilan ham cheklanmagan. Bu da‘voga misol bo‗ladigan bir dalil 
Abdulla Oripovning ―Bul ajab xor kimsadin imdod so‗raydi xorlar‖ satri bilan 
boshlanadigan she‘ridir. Bu she‘r bir necha jihatdan diqqatga loyiq. Unda shunday 
so‗zlar bor: 
Nafs ila dunyoga dil bergan fosiqlar siz bu kun,
Yassaviy xok poyidan aylab soling tummorlar.
U ―Vijdon‖ deb atalgan she‘rida ―Magar ketar bo‗lsa vijdon bosh olib, Imon 
ham u bilan birga‖ ko‗chishini ta‘kidlab, shunday deydi: 
Devlar qutulgandek Sulaymon o‗lib, 
Betizgin tuyg‗ular har yon yugurgay. 
Qalb degan istehkom posbonsiz bo‗lib, 
Eng avval nafs unga o‗zini urgay. 
Haqiqatda ham qalb, imon, e‘tiqod, diyonat, xususan, Vijdon atalmish 
posbonlaridan ajralsa, Nafs qalb hokimiga aylanadi. Nafs hukmronlik qilgan 
qalbning holati va fojealari klassik shoirlar tomonidan juda keng tarzda 
tasvirlangan.
10
Haqqul I. Irfon va idrok. – Toshkent, 1998. 106-b. 


14 
Ahmad Yassaviy:

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish