Hikoya hajman ixchamligi, shakl va mazmun, kompozitsion qurilishi, til,
uslub va boshqa poetik unsurlar originalligi bilan g’oyaviy-emotsional qiymat
kasb etadi. Unda qahramonlar tayyor holda sahnaga chiqishi ham, voqelik tasviri
jarayonida yaxlit obraz xarakterga aylanishi ham mumkin. Bu jihat
hikoyanavisning tasvir uslubiga, badiiy niyati, aniqrog’i, estetik idealiga bog’liq.
Aynan estetik idealning bo’shligi va noaniqligi yuzlab sahifalarga jo bo’lgan
epopeyalarni yo’qqa chiqaradi. Xuddi shu asosning butunligi bir necha sahifalik
mo’jaz hikoyaning haybatini oshiradi, umrboqi yligini ta’minlaydi. Bu kichik
epik janrning poetik imkoniyatlari kattadir. Hikoya uchun voqeani quruqdan-
quruq so’zlab berish emas, balki obrazlar, ramzlar, badiiy detallar vositasida
xarakter yaratish muhimdir. Hikoya –inson tafakkuriga bir zarb bilan tezda
Do'stlaringiz bilan baham: |