O’zbek fillogiyasi kafedrasi Mirzoyeva Yulduz Axtamovna Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini


I. 3. Dostonda Muhammad alayhis-salom va buyuk xalifalar siymosining badiiy talqini



Download 437 Kb.
bet5/9
Sana04.03.2022
Hajmi437 Kb.
#483096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini.

I. 3. Dostonda Muhammad alayhis-salom va buyuk xalifalar siymosining badiiy talqini

Mumtoz adabiyotdagi asarlarda hammaga ma`lumki, o`ziga xos kirish qismlari mavjud, ularda an`anaga ko`ra, avval Ollohga hamd, munojot va payg`ambarlarga na`t bag`ishlanadi. Tabiiyki, Alisher Navoiy asarlarining boshlanmasi ham xuddi shunday qismlardan tashkil topgan. Jumladan, “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlar “Hayrat ul-abror”ni olamizmi yoki “Farhod va Shirin”nimi birinchi galda Olloh maqtoviga bag`ishlangan qism birinchi, ikkinchi bobdan o`rin olgan. Uchinchi bob munojot, to`rtinchi bob na`t kabi qismlardan tashkil topgan. “Xamsa”ning uchinchi dostoni hisoblanmish “Layli va Majnun” ham, to`rtinchi dostoni “Sab`ai sayyor” va yakunlovchi doston “Saddi Iskandariy”da ham xuddi shunday boblar o`rin olganki, bundan ulug` san`atkorning falsafiy dostoni “Lison ut-tayr” ham xoli emas. Bu dostonning ham birinchi bobi an`anaviy hamd – Olloh maqtoviga bag`ishlangan bo`lib, buyuk shoir yaratuvchining qudratini ta`riflab, uning irodasi bilan g`oyaviy niyati haqida so`z yuritadi. Ikkinchi bobi munojot bo`lib, bunda ulug` Navoiy Ollohga murojaat qilib, shu asarni yaratishda madadkor bo`lishni iltijo qiladi. Na`t qismi uchinchi bobdan boshlanadi. Bunda Alisher Navoiy payg`ambarimiz Muhammad salloyhi alayhi vas-sallam ta`rifini keltiradi. Shu barobarinda, buyuk xalifalar ta`rifi ham keltirilganki, bularga murojaat qilmay ilojimiz yo`q.


“Lison ut-tayr”ning na`t qismida Muhammad alayis salom baxtiyorlar payg`ambari va gunohkorlar homiysi sifatida ta`riflangan:

Anbiyo sarxayli sultoni rasul,


Kim erur oning tufayli juzvi kul.
Ulki Odamdin burun ul bor edi,
Ham Nabi ham sohibi asror edi.
Nuri mavjud ofarinishdin burun,
Kim edi xalqig`a olti kun.
Qaysi nur, ulkim topib yuz izzu noz,
Ul kelib ma`shuqu xoliq ishqi boz.
Benihoyat yil topib haqdin nazar,
Toki haq mavjud qildi Bulbashar.
Bulbashar ruxsori chun tutti jamol,
Kavkabi ul nurdin topti kamol. [13; 14-15]
Keltirilgan iqtibosdan ahglashiladiki, Muhammad alayhis-salom payg`ambarlarning sultoni. Nega? Negaki bu o`n sakkiz ming olam uning uchun yaratildi. U birinchi payg`ambar Odam atodan ilgari ham mavjud edi va barcha sirlardan ogoh edi. U hatto olti kunda yaratilgan olamdan, ya`ni bunda Olloh o’z idorasi bilan olamni olti kunda yaratganiga ishora qiliniyapti. Shundan oldin ham nur shaklida mavjud edi. U shunchaki nur ham emasdi, izzat va sharafga ko`milgan nur ediki, u ma`shuq Olloh esa unga ishqiboz, ya`ni oshiq edi. Olloh insoniyatni yaratguniga qadar ham, u yaratuvchining nazaridan bahramand edi. Odam yaratilganda esa uning yuzi ham mana shu porloq yulduz nuridan kamol topdi. Bu nur Momo Havoga o`tganda uning jamolidan hatto quyosh ham xijolat tortdi. Asta-sekinlik bilan payg`ambarlarga ulardan esa insoniyatga o`tdi. Mana shu holda so`nggi payg`ambarning inson zotidan bo`lishiga ishora qiliniyapti. Ayni bobda yana payg`ambarimizning Olloh bilan birlik hosil qilganliklari ta`kidlab o`tilgan shunday misollar keltiriladi:

Lomakon maydonida javlon qilib,


Ondin ohangi ajab maydon qilib.
Payk ila markab qolib ul sayrdin,
Ikki par tushgan masalliq tayrdin.
Chun anosir mehnatidin shod o`lub,
Ham jihat itloqidin ozod o`lub.
Egnidin solib inoyat to`nin,
Ayirib o`tdin basharlik uchqunin.
O`zni o`zluk qaydidin aylab xalos,
Topib o`zdin o`zgalikka ixtisos.
El-u tufrog`-u o`t-u suvdin orib,
Ham meni sendin ham ul-u bundin orib. [13; 18-19]
She`riy parchada keltirilgan lomakon so`ziga alohida e`tibor beradigan bo`lsak, bu so`z lug`tlarda quyidagicha izohlanadi:
Birinchisi, muqim yeri yo`q , makonsiz; ikkinchisi, tangri, ya`ni yaratuvchi Ollohga tegishli joy, makondan tashqarida.
Demak, makonsizlik Ollohga xos, chunki u hamma vaqt hamma yerda hozir. Payg`ambar ham o`z makonidan makonsizlik sari yo`l oldi. Bunda xabarchining o`zi ham ulovi ham to`xtadi va xuddi qushdan ikki par tushib qolgandek bo`ldi. Bu so`zlardan shu narsa anglashiladiki, inson ruhi qadimdan qushga qiyos qilingan, shuning uchun bu yerda o`sha jon qushining pari tushib qolishi, uning moddiylikdan xalos bo`lishini anglatadi, fikrimizcha. O`zligidan, ya`ni menligidan qutilish esa insonning yuksalishidan dalolatdir. Bu parchada ham rasulimizning to`rt unsurdan xalos bo`lganligi va bu orqali jahoniy tashvishlardan ham xalos bo`lganligiga ishora bor. Chunki ulug` shoir payg`ambarimizning insoniy moddiylikdan xoli bo`lganligini ham ta`kidlab o`tadiki, ayni shu moddiylikdan xalos bo`lmagan shaxs bu foniy dunyodan ham ayri yashay olmaydi. Rasul alayhis-salom bunda menlikdan ham senlikdan ham, hatto u-bulikdan ham o`zlarini ozod etib, yaqinlik dargohida o`rin topadilar va undan ham yaqinroq bo`lishga harakat qiladilar. Ayni shu harakatlar yetmish ming pardaning bartaraf bo`lishiga olib keladi va oradagi bor-yo`q to`siqlar ko`tariladi. Do’st oldida, ya`ni bu yerda do`st deyilganda Yaratuvchi nazarda tutilyapti, suyukli bo`lishga erishadilar. Ayni o`rinda yana e`tiborimizni tortgan misralar tahliliga qaratsak:

Aylabon idrok to`son ming kalom,


Lek asnosida yuz ming ehtirom.
Osiy ummatning gunohin istabon,
Barcha ahvoli tabohin istabon.
Har ne istab hayyi mutloqdin topib,
Haq tilab, haqdin tilab, haqdin topib.
Hosil aylab ulcha imkoni murod,
Qaytib ul me`rojidin masruri shod.
Vaslidin masrur-u o`lib ul bargoh,
Buyrug`idin muntazam bu korgoh.
Borg`onida edi durr-u shigarf,
Lek yong`onda kelib darbi jarf. [13; 25]

Yuqorida keltirganimiz she`riy parchada Yaratgan bilan Rasulning so`z orqali muloqotga kirishgani hikoya qilinib, har lahzada yuz ming hurmat ko`rsatib, to`qson ming so`zni idrok etgani ta`kidlanadi. Rasul alayhis-salom Tangridan gunohkor ummatining gunohini so`radi va ularning mushkul ahvoliga chora berishini istadi. Payg`ambar nimani so`ragan va istagan bo`lsa, Haqdan tiladi, Haq tiladi, shuning uchun Haqdan topdi. U o`z orzusidan imkon darajada murodi hosil bo`lib, ko`kdan masrur va shod bo`lib qaytdi. O`sha yuksak dargoh Olloh makoni bo`lgan o`rin ham bu suhbatdan masrur edi. U ko`kka otlanganda qimmat baho dur edi yerga jo`shqin daryo bo`lib qaytdi. Muhammad alayhis-salom Olloh sirlari uning bizga ma`lum bo`lmagan ma`rifati va ilmidan ogoh bo`ldi va insonlar orsiga mana shu ilmni yoyish uchun xabarchi qilib yuborildi. U qilgan gunohlarimizni ham yaratgandan so`rab, bizga homiylik qilish martabasini qo`lga kiritgan zot ekanki, demak, unga murojaatida ulug` shoir o`z asarining muvafaqqiyatli chiqishi uchun uning qo`llab turishini istagan va bu yo`ldagi yo`l qo`yilajak kamchiliklar uchun Tangridn o`tinishini istagan.
Rasul alayhis-salom illoh ma`rifatni ulashuvchi elchi rutbasini egallagan zot bo`lsa, keyinchalik uning bu xayrli ishlarini davom ettirishda uning o`rnini xalifalari egalladilar va iloji boricha ilmiy soflik, qalb pokligini, chinakkam insoniylikni saqlab qolishga harakat qilishdi.
Xalifalardan birinchisi, Abu Bakr Siddiq. U payg`ambarlar sultonining do`sti, uning yaxshi va yomon kunlarida hamdardi edi. Dostonda ulug` Navoiy u haqida quyidagicha ta`rif keltiradi:

Muqtadon zumrai tahqiq ul,


Sobiq islom ahlig`a siddiq ul.
G`or aro yorig`a aylab jon nisor,
Yori oning otin aylab yorig`or.
Ganjkim g`or ichra pinhonliq qilib,
Ajdahodek u nigohbonlik qilib.
G`or zulmatida tortib, chunki ranj,
Topib onda Xizr suyi birla ganj. [13; 21]
Keltirilgan misralar mazmunidan ayonlashadiki, u haqiqatparastlar guruhining boshlig`i va islom ahliga sodiq. G`orda u do`sti uchun, ya`ni payg`ambarga, jonini fido qilishga shay turgan, shuning uchun do`sti uni “G`ordagi do`stim” deya atagan. Sababi u g`ordagi xazinani ajdaho kabi himoya qilib qo`riqlagan. Ulug’ shoir bu o’rinda payg’ambarimizning Hiro g’orida uzlatga chekinganliklari, Olloh taolo tarafidan u kishining payg’ambar sifatida tarbiyalanishlari, shu yerda payg’ambarimizga vahiy kela boshlaganiga ishora qiladi. Hazrati Abu Bakr Siddiq musulmonlikni birinchilardan bo’lib qabul qilgan sahobayi kiromning sarvari sanalib, u kishi payg’ambarimiz Hiro g’orida bo’lganlarida, ajdarho xazinani qo’riqlagani singari Muhammad alayhis-salomni muhofaza qilib turganlsr. Dastonda Abu Bakr haqida ma`lumotlardan keyin, u haqda hikoyat ilova qilingan. Unda xalifaning o`z e`tiqodi yo`lida qay darajada sobitligi aks etadi:

Mustafodin so`ngra ahli irtidod,


Chun xilofatqa ul o`ldi istinod.
Din tariqida adovat tuzdilar,
Kim hujum aylab jadal ko`rguzdilar.
Bergali islom rukniga halal,
Kim zakot erdi aylab jadal.
Ul g`azab aylab bu nav` etti xitob,
Kim nabi qonunidin bir rishta tob.
O`ksumak tag`yir ila imkoni yo`q,
O`ksitur elga qilichdur dog`i o`q.
Sha`r ishiga ulki mundoq qilsa jahd,
Kim uning osoro qolg`ay to bu ahd.
Kim qila olg`ay bu ishni oshkor,
Juz Abubakr ulki erdi yori g`or. [13; 22]
Ko`chirilgan she`riy parcha mazmunidan oydinlashadiki, Muhammad alayhis-salomdan keyin xalifalik taxtiga o`tirgan Abu Bakr Siddiq davrida bir guruh dindan qaytgan, johil kimsalar janjal ko`taradilar. Zakotni bekor qilishni so`raydilar. Shunda Abu Bakr patg`ambar qonunidan bir ip miqdoricha narsani o`zgartirish mumkin emasligini aytib, kimki bunga qarshi chiqsa, unga javob qilich va o`q bo`ladi, deya uqtiradi. Shariyat ishlarida mana shunday qat`iyligi uchun payg`ambar uni g`ordagi do`stim deya atagan.
Keyingi xalifa Umar Foruq bo`lib, u haqni xatodan farq qila olgan va adolatda butun dunyoda undan o`tadigani, ustuni bo`lmagan. Shariyat ishlarida payg`ambarlar shohi, ya`ni Muhammad alayhis-salomning izdoshi bo`lib, adolat va din asosini kuchaytirgan. Uning ta`rifi quyidagi misralarda badiiy ifoda etiladi:

Ondin o`zga yo`q erdi ofoq aro,


Balki ushbu qasri oliy toq aro.
Xon bazmidin jahon ahli to`yub,
Ul o`zin to`yg`org`ali kirpich qo`yub.
Rub`i maskun adli me`moricha past,
Tushkoli bir xisht yanglig` zeri dast. [13; 23]

Keltirilgan parchadan anglashilib turibdiki, uning saxovatiga teng keladigani yo`q. Barcha uning saxovat dasturxonidan nasiba olib to`yadi, o`zi esa o`zini to`ydirish uchun qorniga g`isht qo`yib bog`lar edi. Yer yuzidagi barcha insonlar uning adolati, memorchiligi, ilmining oldida past bo`lib, u har jihatdan ustun va iymonli edi. Umar haqida keltirilgan hikoyatda esa uning o`z nafsini yengganligi, irodaliligi, ilm-u ma`rifati ayonlashadi:


Xayle chun fathi Madoyin qildilar,


Axzi amvol-u xazoyin qildilar.
Necha yuz yilliq salotun ganjini,
Jam aylar chog`da ko`rgon ranjini.
Yuklab ettilar oning ollig`a naql,
Kim tamoshosida hayron erdi aql.
Ko`z uchidin boqmay ul amvolg`a,
Borcha jam etti baytul-malg`a. [13; 23-24]

Keltirilgan iqtibosdan oydinlashadiki, Umarning kishilari Madoyin shahrini egallab olib, mol-mulk va xazinalarni tortib oladilar. U shunaqa katta xazina ediki, ko`rgan kishining aqli shoshardi. Bu xazinani o`lja sifatida xalifaning oldiga olib kelishadi, ammo hazrat Umar unga ko`z qirini ham tashlamaydi. Butun boylikni davlat xazinasiga topshirishni buyuradi. Bu esa Umar Foruqning shariyat ilmini mukammal egallagan, o`z nafsini yenggan, ma`nan boy shaxs ekanligini ko`rsatadi. Ma`naviy boy insonni esa moddiy boyliklar umuman qiziqtirmagan.


Uchinchi xalifa Usmon Zunnurayn bo`lib, ulug` shoir uning ta`rifini quyidagicha keltiradi:

Ul hayo koniki nurul-ayn edi,


O`ylaki aynayn zun-nurayn edi.
Sidq kon-yu muruvat maxzani,
Hilm bahri-yu futuvvat ma`dani.
Tengri aylab jonin Qur`on oni,
Xalq deb usmoni bin Affon oni.
Suralar o`rnini ta`yin ayladi,
Bulajab devonni tadvin ayladi. [13; 24]
Keltirilgan misralar mazmunidan anglashilib turganidek, u hayoning koni, ko`zlarimizning nuri bo`lganligi uchun ikki ko`z nuri kabi Zunnurayn deb ataldi. Shuningdek, u to`g`rilik va muruvatning koni, muloyimlik, xushmuomalalik va oliyjanoblikning dengizi edi. Hamma mana shu dengizdan bahramand edi. Uning buyuk xizmatlaridan yana biri “Qur`onn”ni tartib berishidir. U suralar o`rnini belgilab, “Kalommulloh”dek ajoyib devonni tartib bergan kishi sifatida tanildi. Insoniyat uchun yozilgam mana shunday ijod xazinalaridan kelgusi avlodning bahramand bo`lishi uchun kitob shaklida yig`ish ham ayni shu zoti sharifning xizmatlari tufayli meros bo`lib qoldi. Ulug` shoir hazrati Usmonning hurmatlarini hatto rasuli akramning o`zlari ham joyiga qo`yganliklarini quyidagi misralar orqali o`quvchiga uqtiradilar:

Nalq erur bu nav`kim bir kun nabi,


Ul xaloyiqqa saodat kavkabi.
Xilvat ichra ista-yu eldin farog`,
O`lturib erdi uzotib bir ayog`.
Kirdilar ba`zi kibar as’hobidin,
Ham aziz-u ham sharif ahbobidin.
Bo`lmadi tag`yir hazrat holig`a,
Ul farog` ichra humoyin folig`a.
Lek Usmon kirgach ul millatqa sham`,
O`lturub so`ng`on ayog`in qildi jam`. [13; 25]

Keltirilgan iqtibos mohiyatidan oydinlashadiki, naql qilishlaricha, payg`ambar eldan xoli joyda bir xilvatga kirib, oyog`ini uzatib o`ltirib edi. Uning huzuriga ba`zi zodagon, aziz do`st va suhbatdoshlaridan bir nechasi tashrif buyurdi. Ular kirganda payg`ambar uzatilgan oyog`ini yig`ib olmadi. Ammo hazrat Usmon kirgach, rasuli akram oyog`ini yig`ishtirib oldi, chunki Usmon juda hayoli, axloq-odobi to`kis kishi bo`lgani uchun payg`ambarning bu ahvolidan o`zgarishi mumkin edi. Payg`ambar uning nozik ko`ngliga ozor bermaslik uchun uning oldida oyoq uzatib o`tirishdan iymanadilar. Ko`rinib turibdiki, mana shunday irfon ahli faqat so`z bilan emas, hatto o`zini tutish, yurish-turish bilan ham insonlarga ta`lim berib borishgan. Hazrati Usmon bunga yaqqol misol bo`la oladi.


To`rtinchi xalifa Ali bo`lib, ilmda va valiylikda tengi yo`q inson edi. Keling, ulug` shoir tomonidan bu xalifaga ham berilgan ta`rifga quloq tutib ko`raylik:

Ilm shahri anbiyog`a intiqo,


Vasfida aytib Aliyun bobaho.
Duldulining po`yasi andoqki barq,
Zulfiqoridin aduv qon ichra g`arq.
Beshayi taqdir sheri sharzasi,
Sherning ondin harosu larzasi. [13; 26]
Ko`chirganimiz misralar mazmunidan ayonlashadiki, ilm borasida payg`ambarlikkacha, ya`ni yuksak cho`qqiga ko`tarilganligi uchun uni Aliyi bebaho deyishadigan bo`lishdi. Uning otining yugurishi chaqmoqqa o`xshaydi. Zulfiqor qilichi esa yov qoni ichida g`arqdir. (Zulfiqor rivoyatlarga ko`ra, Muhammad payg`ambarning jangda o`lja olgan afsonaviy qilichining nomi bo`lib, keyinchalik u xalifalarga o`tgan. Bu qilich sehrli kuchga ega bo`lgan.) U taqdir o`rmonining haybatli sheri bo`lib, uning oldida sher qorqqanidan titroqqa tushadi. Alisher Navoiy bu xalifa ta`rifidan so`ng uning qay darajada iymon-e`tiqodli ekani, irodali ekanligining isboti sifatida shunday bir hikoyatni ilova qiladi:

Bir g`azoda naql mundoqdurki shoh,


Yebdur o`q zahmiki otmish kinaxoh.
Yer tutib paykon so`ngakka o`yla rust,
Kim chekordin bo`lmayin o`lmoqqa sust.
Chun Nabiga arz etibdurlar oni,
Bo`yla debtur ul hidoyat maxzani.
Kim ul etkon chog`da ehromi namoz,
Oni tortarga bo`lingiz chorasoz.
Ondakim ul zaxmning paykoni bor,
Zo`r aylang onchakim imkoni bor.
Oncha istig`roqdindur bahravar,
Kimul ishdin bo`lg`usidir bahravar.
O`ylakim hukm etti ul sham`i xudo,
Qildilar ul ishni fath etti xudo.
Shah namozining salomin chun dedi,
Zaxmda ne dard-u ne paykon edi. [13; 26-27]
Hikoyatning umumiy mazmunidan anglashiladiki, g`azot janglarining birida shoh, yani Hazrati Ali dushman o`qidan yaralanadi. O`qning uchi suyagiga botib, hech ham tortib olishning iloji bo`lmaydi. Bu holni payg`ambarga aytganlarida, u kishi o`qni u namoz o`qiyotgan damda tortib olinglar, shunda u buni sezmaydi, deya uqtiradi. Rasuli akramning aytganlari bo`yicha shoh namozning salomini aytishi bilan o`qni tortib oladilar va na o`q uchi na undan jarohat qoladi. Bunda hatto og`riqni sezmagan Ali hayron bo`lib, voqeani surishtiradi. Unga payg`ambar buyrug`ini aytishadi. Hazrati Ali esa bu ajalning o`qidan faqat nabiyi mukarramning eh’sonlari bilangina qutilish mumkinligini aytadi. Darhaqiqat, ishq va muhabbat bilan bajarilgan har bir yumush, haqiqiy iymon-e`tiqod, chinakkam iroda-yu sabot, ilm insonni har qanday vaziyatda halokatdan saqlab qoladi. Payg`ambardan so`ng uning yo`li ilm-u amalini davom ettirgan xalifalarning har biri o`ziga xos tazrda Illoh ilm egalari edilarki, ularning so`z-u amallaridan tortib, yurish-turishlarigacha ilm-ma`rifat tarbiya vositasi edi. Ular mana shu tarzda o`z avlodlariga ilm olish va unga amal qilgan holda boshqalarni ham ma`rifat-u adabli bo`lishga undashni o`rgatib bordilar. Har qanday ish bilan mashg`ul bo`lmaylik uni ishq bilan bajarishimiz lozimligini uqtirdilarki, sababi ishq bu ilm-u ma`rifatdir.
Kuzatishlardan ayonlashadiki, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida payg’ambarimiz Muhammad alayhis-salom na’tlariga o’rin berish bilan bir qatorda sahobai kiromlar ham vasf etiladi, ular haqidagi ibratli hikoyatlar o’quvchiga badiiy jihatdan barkamol tarzda yetkaziladi. Ulug’ shoir payg’ambarimizga bag’ishlangan na’tlarni boshqa dostonlarida keltirgani kabi “Lison ut-tayr”da o’ziga xos yo’sinda badiiy ifodalshidan maqsadi musulmonlar, umuman, bashariyat uchun Muhammad alayhis-salomning hayotlari davomida haq dinga targ’ib qilganliklari muhim ahamiyat kasb etishinini yana bir karra badiiy tasvirlashdan iborat edi. Mutafakkir ijodkor payg’ambar siymolarini ushbu dostonda yaratish bilan u kishining hayot tarzi barcha musulmonlar uchun o’rnak bo’lishiga e’tibor qaratadi, shuningdek, Qur’oni karim va payg’ambar hadislarning inson ma’naviy kamoloti uchun asos vazifani o’tashiga ishora qiladi. Ma’naviy kamolot uchun birinchi navbattda iymon-e’tiqot butunligi talab etilishi shunday fazilatlar sohibi bo’lgan xalifai kiromlar sha’niga bitilgan baytlar va hikoyatlar asosida o’quvchiga yetkaziladi. Hazrati Abu Bakr Siddiqning pag’ambarimizga bo’lgan yuksak e’tiqod-u muhabbati, Hazrati Umarning shariyat ahkomlariga bo’lgan hurmati, Hazrati Usmon tabiatidagi hayoning ustunligi va Hazrati Alidagi yuksak ilm-u mislsiz jasorat ibrat sifatida dostonda o’z ifodasini topadi. Bunday yuksak oliyjanob fazilatlar asarda insoniylikning ko’rki sifatida talqin etiladi.


Download 437 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish