O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti


Dostonda  adabiyot  va  uning  ulug`  namoyandalari  haqida  aytilgan



Download 435,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/21
Sana20.09.2021
Hajmi435,95 Kb.
#180201
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti -2012

Dostonda  adabiyot  va  uning  ulug`  namoyandalari  haqida  aytilgan 

fikrlar.  

«Husnu Dil» dostonida Nishotiyning so`z san`ati va uning ulug` arboblari 

Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiy haqidagi fikrlari alohida 

ahamiyatga egadir. 

Shoir  XVIII  asrning  70-yillarida  Xorazmda  o`zbek  adabiyoti  jonlana 

boshlagan bir sharoitda ulug` mumtozlar izidan borib til va adabiyotga doir muhim 

nazariy hulosalar chiqaradi. Uning fikricha, so`z duri jon gavharidan ham azizdir. 

So`z kishiga jon beradi. So`zsiz odam devorga o`xshaydi. Birov xunuk, cho`loq va 

shol bo`lsa ham, lekin ishin va baqa`ni so`zlay olsa-kishilar uning yoniga boradilar 

albatta. 

Nishotiy  so`zining  ikki  qismdan-«qabih»  va  «malih»dan  iborat  bo`lishini, 

qabih  barcha  yomondan  yomon  ekanini,  malih  esa,  el  ta`biricha,  jonning  suti 

ekanini  uqtiradi,  uning  ta`rificha,  qabih  so`zlar-«gilob»  (layqa)  bo`lsa,  mashq 

so`zlar  «gulob»dir.  Binobarin,  qabih  so`zlamasdan,  malih  so`zlash,  unga  ma`no 

bilan rang berish lozimdir. Ma`nosiz so`z, gardu bod»dir: 



 

71 


Mantiq eli qilganida jonda farq, 

Qildilar hayvon bila insonda farq, 

So`zdin erur ma`niyi rangin murod, 

Bo`lmasa ul so`zni degil gardu bod. 

Kimki yomon so`zni der inson emas, 

So`zki yomondir ani hayvon demas 

Nishotiyning fikricha «ganji roz» dunyoda shu qadar ko`pki, uni olish bilan 

turalmaydi. So`zga zebu ziynat berish lozim. Uni dilu jon deb atalmish «ayvonda» 

(halbda)  parvarish  qilib  chiqarish  kerak.  So`z  shunday  ta`sirchan  bo`lsinki,  uni 

tinglovchi «jon» desin. So`z san`atining nazmi ham, nasri ham nozik ado bo`lishi, 

latif libosga o`ralishi lozim. 

Nishotiy  so`z  san`atining  ulug`  ustozlari  Nizomiy,  Xisrav  Dehlaviy,  Jomiy 

va  Navoiyning  ijodiy  xizmatiga  yuksak  baho  beradi,  ularning  muqaddam  kishilar 

bo`lganligini  va  har  qaysilari  adabiyot  sohasida  alohida  bir  ulug`  dengiz 

ekanliklarini zo`r faxr bilan kuylaydi: 

She`r elidin ul ki muqaddai edi, 

Har biri bir bahri muazzam edi. 

Durri balog`at qilib onlar nihon, 

Mavji fasoqat qilur erdi ayon. 

Dema alar vasfini shoir edi, 

Muso edi yo`q esa sohir edi... 

Shoirning e`tiroficha ular nazm elining sardaftarlari, suxon ahllari tojlarining 

qimmatbaho gavharlaridir. 

Nishotiyning ta`biricha, Nizomiy, Xisrav, Jomiy va Navoiylar shunday ijod 

bog`larini yaratib o`tganlarki, u bog`larcha bodi xazon ziyon etkaza olmaydi, u ijod 

bog`lari  abadiy  yashlab  qola  beradi.  Nishotiy  ana  shu  ulug`  ustozlarning  sodiq 

shogirdlari  singari  kamtar  tutib,  «Husnu  Dil»  dostonining  muallifi  «g`arib»  va 

«mulki diyoridin benasib» bo`lgan shoir sifatida quyidagilarni yozadi: 

Yozmoq erur pesha manga dam-badam, 

Lek netay bo`yla yozibdir qalam. 

So`zima sahvan agar eteang nazar. 

To`yla xato ko`rsang agar sar-basar... 

Nuqsima bordur o`zima e`tirof, 

San jag`i etgil aning aybin maof... 

Muncha bila dog`i bor erdim g`arib, 

Mulki diyorimdan edim benasib... 

Xullas, Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida shoir yashab ijod etgan jamiyat 

hayotining  tasviri  va  umum  foydasiga  qaratilgan  andishalar  muhim  o`rin  tutadi. 

Doston  62  bobdan  iborat  bo`lib,  dastlabki  boblarida  shoirning  er,  suv,  osmon, 

oftob,  tabiat,  inson  (1-5  bob);  Hayot,  odam  va  uning  ishqi  (2-bob),  muallifning 

yor-diyoriga munosabati (6-bob), asarni yaratish toraddudi (7-bob), suv san`ati va 

uning  qadru  qimmati  (8-bob)  haqidagi  fikr  va  mulohazalari,  his-to`yg`ulari  aks 

etgan. 

Doston syujeti murakkab vaziyatlar, hayotiy lavhalar bilan rivojlanib boradi. 

Aql-farosat,  ishq-muhabbat,  ilm  va  hunar,  do`stlik  va  sadoqat  singari  olijanob 



 

72 


insoniy  xislatlar  ulug`lanadi.  Demak,  adolat,  insonparvarlik,  do`stlik,  obodonlik, 

insoniy  sevgi  va  ma`rifatni,  so`z  va  so`z  san`atini  bunday  ulug`lash,  shoir 

zamonasining  sharoitiga  ko`ra,  muhim  va  sharafli  xizmatdir.  Shoir  qachonlardir 

yaxshilikning yomonlik ustidan g`alaba qozonlichiga ishonadi: 

Dun elining dunlig` erur peshasi, 

Yaxshi eling yaxshidur andeshasi. 

O`z  davrida  xalqning  xonavayron  va  oyoq  osti  qilinishdan  noligan  shoir 

nisbiy tinchlikka, osoyishtalikka undaydi, o`z davridagi qo`pollik va dag`alliklarga 

qarshi: 

Charx kibi san dag`i bo`lma dag`al- 

Deb  xitob  qilib,  g`am-alam,  kulfat  va  mashaqqatlardan  mustasno  bo`lgan 

yangi bir dunyo qurishni orzu qiladi: 

Kim yo`q anda alamdin nishon, 

Mehnatu kulfat bila g`amdin nishon... 

Biroq  shoirning  bunday  progressiv  romantik  fikr  va  g`oyalari  qaloq 

zamonasining  sharoitlari  bilan  mahdudlangan-cheklangan  edi.  U  o`z  davridagi 

hukmdorlarni  yaxshilikka,  insofga  chaqirish  yo`li  bilan  o`z  orzusiga  erishmoqni 

xayol qilar edi. Buning ustiga, shoir jamiyat hayotini yaxshilash haqidagi romantik 

g`oyalarini xudojo`ylikka bog`laydi va baxtiyor yor bo`lib uchun «Xudo»dan lutf, 

inoyat va madod tilaydi. 

Shoirning kitobxonlarga mutsrojaat qilib yozgan: 

Bor esa ko`p har necha sahvu xato, 

Aylagil islohini oning ato. 

Zayli karamdin anga yopqil niqob, 

Aylamagil ruhima qahru itob... 

Kabi  baytlari,  an`anaviy  xotila  torzida  bo`lishidan  tashqari  hikmatli 

baytlardir  zamonasining  sharoitlari  bilan  izohlanadigan  fikriy  ojizlik  orqasida 

tug`ilgan  «sohvu  xato»lardan  qat`iy  nazar,  asarga  xalq  orzusi  va  zamon  ruhining 

singdirilishi,  unda  nisbiy  tinchlik  va  farovon  hayot  haqidagi,  yaxshilik  va 

muhabbatning yomonlik va ayriliq ustidan g`alaba qozonishiga ishonch kabi ilg`or 

fikrlarning aks ettirilishi g`oyat muhimdir. 

Mavlono  Nishotiyning  «Husnu  Dil»  dostoni  ana  shunday  g`oyaviy-badiiy 

fazilatlari  bilan  solaflarining  dostonlaridan  farq  qiladi.  Binobarin,  «Husnu  Dil» 

dostoni  XVIII  asr  o`zbek  dostonchiligida  g`oyat  muhim  o`rin  egallagan  ajoyib 

she`riy qissadir 

 


Download 435,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish