O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti



Download 435,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana20.09.2021
Hajmi435,95 Kb.
#180201
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti -2012

«Husnu dil» dostoni. 

«Husnu  Dil»  dostonining  syujeti  fors-tojik  va  turkiy  tillar  adabiyotida 

ko`pdan beri keng tarqalgan va qayta-qayta ijodiy ishlangan syujetdir. Chunonchi, 



 

57 


XV asrda shoir Fattahiy (1450 yilda vafot etgan) «Husnu Dil» syujeti asosida nasru 

nazm uslubida tojikcha doston yozgan edi. Bu dostonning qo`lyozmasi Tojikiston 

fanlar  Akademiyasi  til  va  adabiyot  institutining  Sharqshunoslik  bo`limida 

saqlanmoqda.  Shu  fondda  saqlanayotgan,  Ravzat-ul-ushshoq  va  hikoyati 

Ibodullohil  G`afuri  Nishopuriy  va  Riyoz-ul-latoif"»nomli  qo`l  yozma  kitobning 

89-137  betlarida  ham  tojikcha,  «Husnu  Dil»  dostoni  berilgan.  Bu  doston  o`z 

syujeti  nasriy  ifodasi,  vazni  va  boshqa  jihatlari  bilan,  qisman  bo`lsa-da,  Fattoqiy 

variantidan  farq  qiladi.  Shuningdek,  mashhur  tojik  yozuvchisi  Mashfiqiy  ham 

(XVI  asr)  «Gulzori  eram»  dostonida  «Husni  Dil»  syujetini  ijodiy  ravishda  qayta 

ishlagan  (1571  yil).  Fors  tojik  adabiyotida  «Husnu  Dil»  dostonining  boshqa 

variantlari  ham  bor.  «Husnu  Dil»  dostoni  o`zbek  adabiyotida  ham  xiyla  uzoq 

tarixga  egadik.  Jumladan,  XVI  asrda  o`tgan  oshnozlik  shoir  Ohiy  «Husnu  Dil» 

syujetida  doston  yozgan.  «Husnu  Dilning  xalq  orasida  keng  tarqalgan 

variantlaridan biri shoir Nishotiy dostonidir. Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni shu 

syujet  asosida  yaratilgan  boshqa  dostonlardan  tubdan  farq  qiladi.  Bu  dostonning 

ko`pgina  qo`l  yozma  nusxalari  Toshkent,  Xeva,  Buxoro,  Samarqand  va  boshqa 

joylarda bor. 

Dostonning  «Husnu  Dil»  dostonining  mazmunidan  ravshanki,  obrazli  va 

shoir  davrining  g`oyalari  mavqeida  g`oyaviy  mativlari  turib,  ajoyib  afsonaviy 

syujet  shaklida  tinch  va  osoyishta  hayot  haqidagi  olijanob  insoniy  ideallarni 

ifodalagan. Shoir, aql va ishq, fahm-farosat, himmat-muruvvat, rng-idrok bilan ish 

ko`rgan  taqdirdagina  olib  niyatlarga  erishish,  mumkin,  degan  oqilona  xulosalar 

chiqargan. Nishotiy mamlakatda ranju sitam urug`iga barham berish va olamni har 

qanday  «horu  xos»dan  tozalab,  «Dahr  eliga,  fayz  va  zavq»  bag`ishlovchi  bog`-

rog`lar yaratish g`oyasini quyidagi misralarida yaqqol ifodalagan: 

Kimki birov qasdig`a o`tni yoqar, 

Charx ani ul o`t uza oxir yoqar. 

Ranju sitam tuxmini eksa birov, 

Urg`usidir ham oni vaqti darov. 

Ey naxush ul subhi saodat nasim, 

Nakhat anga bor esa davlat shalish. 

Bahravar andin bo`libon bog`-rog`, 

Dahr eliga bo`lsa muattar dimog`. 

Qilsa jahon sahnini gulzorvash, 

Qalmasa ul gulshan aro xoru xos. 

Dostondagi obrazlar orasida Aql, Fuod, Nazar, Ishq, Husn, Himmat, Qomat, 

On,  Xayol,  Vafobonu,  G`amza,  Ishva,  Karashma  kabilar  ayniqsa  muhim  rol` 

o`ynaydi. 

Nishotiy 

bu 


obrazlarning 

qiyofasi 

va 

faoliyatida 



tinchlik, 

osoyishtalik,obodonlik  va  farovonlik  g`oyalarini  mujassamlashtiradi.  Dostondagi 

ikkinchi guruh timsallar esi Vahm, Raqib, Foruqa, Foxir, Shayx zarq, Shohi Fasod 

kabilardan  iborat  bo`lib,  ular  zulm  va  zo`rovonlik,  qahr-g`azab  nomoyonlari 

sifatida  gavdalanadi.  Demak,  ziyo  va  zulmat  kuchlarini  mujassamlashtiradigan 

majoziy obrazlar o`rtasidagi kurash dostonidagi konflikt asosini tashkil etib, uning 

xarakterini belgilaydi. 



 

58 


Aql  obrazi.  Nishotiyning  tasviricha,  Aql  Yunonda  podshoh  bo`lib  zo`r 

aqlliliga,  donishmandligi,  shoirligi  va  axloqliligi  bilan  ajralib  turar  ekan,  uning 

adolatidan «Mulk ma`mur» va yaxshi ishlaridan «xalq masrur» bo`lgan ekan. 

Ilm ila hikmat aro Luqmon edi, 

Fahm ila fikrat aro burqon edi. 

etmagudek fahmi Falotun ango, 

O`zga edi rasm ila qonun ango. 

Mulki jahon ichra qilib adlu dod, 

Dodi bila erdi jahon mulki shod 

Adli bila mulk edi ma`mur ango, 

Fazli bala xalq edi masrur ango. 

Ilmu adab bobida mohir dag`i, 

Qariyasanj erdiyu shoir dog`i, 

Bo`lganidan zoti qabuli inom, 

Dahr eli otin der edi Aqli tom. 

Ammo  Aql  shuncha  bilim  va  donish  egasi  bo`lishiga  qaramay,  bir  daraja 

parishonhayol  va  beparvo  ekan.  U  o`zining  vaziri  Vahmi  balo  va  ishongan 

maslahatchisi  Murimdi  Ilhon  degan  shayx  xasofati  tufayli  ana  shunday  bo`lib 

qolgan ekan. Aql shunday kamchiliklari sababli qottiq jazolanadi. Bu esa uning o`z 

vaziri Vahmning yolg`on gaplariga ishonaverishning oqibati edi. Buning natijasida 

Aql noto`g`ri chora tadbir ko`radi. Hatto u Vahmning chaqimchiligi va shayxning 

bo`qtonlarini o`ylab o`tirmay, Fuod, Nazar, Xayol va Nog`mani asir alib, zindonga 

solish haqida bo`yruq beradi. 

Fuodning  ahvoli  yomonlashadi.  Hakimlar  uning  kasalini  «ishq  kasali»  deb 

aytadilar. Aql xa yana o`zining Vahmi balo kabilarning gapiga kirib. Ishq o`lkasiga 

qarshi  jangga  otlanadi  va  bir  hamla  bilan  ishq  o`lkasini  bosib  olmoqchi  bo`ladi. 

Ammo  u  Ishq  o`lkasining  qudratini  e`tiborga  ham  olib  o`tirmaydi.  U  o`z 

kuchlariga  ortiqcha  baho  beradi,  mag`rurlanadi.  Nishotiy  Aqishohdagi  salbiy 

sifatlarning  XVIII  asr  hukmdorlariga  xos  ekanligini  nazarda  tutib  ana  shunday 

qahr-g`azobga  to`lgan  johil  va  zolim  shohlarga  yaqin  yo`lamaslik  kerakligi 

to`g`risida bo`nday dedi: 

Kimki qilur qurbati shohni havos, 

Qahr o`tig`a yong`usi andoqli xas 

Shoh demak kimsaga o`pka havos, 

Oxir anga oh bo`lur halinafas. 

Shoh qusuridin o`zing ayla dur, 

Toki sanga shah degay el bequsur. 

Demak,  Nishotiy  Aqlshohning  savodi  va  ilmini  maqtash  bilan  birga,  uning 

kamchiliklarini  ham  tanqid  qiladi.  Shoir  Aqlshoh  tabiatida  sodir  bo`lgan 

qahrg`azab  uning  yaramas  maslahatchilariga  ishonganining  natijasi  ekanini  qayd 

etib, XVIII hukmdorlarida ham bunday salbiy sifatlar borligiga ishora qiladi. 

Fuod  obrazi.  Fuod  Aqlshohning  o`g`li.  U  dunyoga  kelganida  hikmat  eli 

birgalashib,  maslahat  bilan  unga  nam  quyishgan.  Fuod  esini  taniy  boshlashi 

bilanoq,  hikmat  eli  tarbiyasida  bo`lib,  fahm-farosatini  oshira  borgan.  Shoirning 

yozishicha  Fuodning  zehni  o`tkir  bo`lganidan,  u  etti  yoshidayoq  qiroatni 



 

59 


o`rgangan,  asta-sekin  har  qanday  ilmni  ham  o`rganib,  «har  jeki  mashhul»  bo`lsa, 

fikr  yuritib  o`zlashtira  borgan.  U  ko`proq  tarix  o`qish,  she`r  san`ati  ustida 

muhokama yuritish bilan shug`ullangan. 

Fuod  «Qal`ai  jism»  degan  joyda  o`sadi.  «Qal`ay  jism»  qasrlari  oldida  360 

nahr  va  440  anhor  bo`lib,  bundan  butun  mamlakat  foydalanar  edi.  Aqlshoh  shu 

joyning  hukmronligini  o`g`li  Fuodga  topshiradi.  Fuod  bu  joyni  adolatparvarlik 

bilan idora qildi: 

O`g`li dag`i ko`rsatibon adlu dod, 

Mamlakatin ayladi obodu shod. 

Adl hurufi kabi ko`z birla dil 

Xalq anga bog`lab edi muttasil. 

Fuodning yoshlik yillari turli fanlarni o`rganish bilan o`tadi. U ilm va hikmat 

aqllarini  hurmat  qiladi.  Ammo  o`z  o`g`lini  g`oyat  sevgan  Nafisbonuning  unga 

«Dahr  yomon-yaxshisi»ni  bildiradigan,  boshdan  oyoq  «Ishq  ila  Husn»  ta`rifidan 

iborat kitobni taqdim qilishi bilan Fuod hayotida o`zgarish paydo bo`la boshlaydi. 

Endi  Fuod  ishq-muhabbat  xayoliga  berilib  ketadi  va  g`amgin  voqealarga  duch 

keladi: 

Lek ichibon rohi muhabbat mudom, 

Chehralari bor edi gulgun davom 

Nishotiy  tasviricha,  Fuod  ko`p  bilimlardan  xabardor  bo`lgan  va  ayni 

zomonda  Husnni  zo`r  otash  bilan  sevgan  ishq  yo`lidagi  niyatlaridan  sira 

qaytmagan  oshiqdir.  Ammo  u  (ko`p)  ayrim  kamchiliklardan  ham  xoli  emas. 

Chunonchi, ko`p ichib, mast bo`lganligi natijasida Foruqaning qo`liga tushib, jafo 

chekadi: 

Vahki na xush dedi o`yshun muxtaram, 

Mast parishon esa ko`rgay sitam. 

Fuodning  boshiga  tushgan  tashvishlar  uning  aqlu  farosat  va  sargaklik  bilan 

harakat qilmay, it bilan ohunu, zog` bilan bulbilni farq qilolmay qolishi natijasida 

edi. Nishotiy Fuodning bu nuqsonlarni umumlashtirib, unga ham «javhari idrok»ka 

befarq qarovchilarga ham tanbeh beradi: 

Kimda kim yo`q javhari idrok-aql, 

Kungli emas ainai poki ilm... 

It bila ohu bo`libon halqnafas, 

Zog` ila bo`lbulg`a bir o`ldi hafas. 

Nishotiy  o`z  qahramonlaridagi  bu  kamchiliklarni  tanqid  qilish  bilan  birga, 

unga  yordam  qo`lini  cho`zgan  Husnga  taqsin  o`qiydi  va  uning  g`alabasidan 

xursand  bo`lgani  holda  o`z  zamonida  ana  shunday  mehr  muhabbat,  or-nomus 

yo`qligidan shikoyat qilib, o`z ahvoliga achinadi: 

Ohki man hastaga yo`q yoru or, 

Vah ne dedim bal mango qayda diyor? 

O`lsam agar so`rg`ali yo`qdir ishim, 

Vah ajab yoqsa ko`ki nashishim... 

Nazar  obrazi.  «Husnu  Dil»  dostonidagi  obrazlar  orasida  Nazar  obrazi 

o`zining ma`naviy boyligi, g`ayrati, shijoati, harakatchanligi va tadbirkorligi bilan 




 

60 


diqqatga  sazovordir.  Aslida  «Shahri  Bedahshon»lik  bo`lgan  Nazar  xalqdan 

chiqqon va «purhunar» kishi bo`lib, shahzoda Fuodning xizmatkori edi: 

Xizmatida bor edi bir pirhunar, 

Zoti qarovul edi, oti Nazar. 

Nazar  Fuodning  ahvolini  bilgach  har  qanday  xavf-xatarga  qaramay, 

«Chashmayi  hayvon  kanoridagi  jonon»dan  xabar  olishga  junaydiki,  bu  uning 

jasurligidan  va  insonga  bo`lgan  g`amxo`rligidan  dalolat  beradi.  Dostonda 

tasvirlanishicha,  u  dengizlardan  jasur  «malloh»  (matros)  sifatida  suzib  o`tadi, 

dahshatli dashtu sahralarda botir sayyoh sifatida kezib yuradi: 

Kulzumu ummon aro malloh edi, 

Dashti jahon sahnida sayyoh edi. 

Nazar  shoh  Foxirning  ham,  Shayx  Zirqning  ham  yolg`on  gaplariga 

ishonmaydi,  ularning  so`ziga  kirib  o`z  oldiga  qo`ygan  maqsadidan  qaytmaydi.  U 

shayxning  bemoza  va  «sidqu  safo»dan  mahrum  so`zlaridan  hamda  boshdan  oyoq 

bema`ni va tartibsiz va`zxonligidan uning ma`naviy qashshoqligini bilib oladi: 

Chunki Nazar ongladi oning so`zin, 

Ko`rmadi ul shayx so`zining tuzin. 

Va`zi aro yo`q edi nam`u namo, 

Chunki yo`q erdi yangi sidqu safo. 

Xullas oning so`zin eshitti tamom, 

Boshdin oyoq bor edi muhmal nizom. 

Nazar Shayxni nazar-pisand qilmaydi va aqlu farosati bilan uni mulzam qilib 

toshlaydi.  Bu  epizoddagi  shayx  misolida  mujaassib  ruhoniylarning  riyokorligi, 

Nazar  timsolida  haqiqat  axtaruvchi  oddiy  kishilarning  halolligi,  pokligi  namoyon 

bo`ladi  «Daryoi  hayrat»  epizodida  esa  Nazarning  pahlavonligi  gavdalanadi. 

Shoirning  tasviricha  Nazarning  pahlavonligi  turli  bilim  va  hunarlarni  egallashida 

ham  zohir  bo`ladi.  Nazar  obrazidagi  bunday  ma`naviy  fazilatlar  «Shahri  Habib» 

epizodida uning shoh Qomat bilan uchrashuvida alohida namoyish ettirilgan. Shoh 

Qomat Nazarning sadoqati va bahodirligiga qoyil qoladi. 

Bu o`zinda shoir Nazarga shunday tavsif beradi: 

Dedi Nazar borman aningdek faqir, 

Hur fan aro tab`im erur benazir. 

Ilmi nujum, hikmatu advor ham, 

Bilgum erur sihr ila ash`or ham. 

Ilmi riyoziyu ilohiy sango, 

Tab`im aro barcha qamohiy mango... 

Nazar  Vahmi  va  Murshidi  ilhon  shayx  kasofati  bilan  zindonga  ham 

umidsizlanmaydi. U zindondan qutilish yo`llarini izlar ekan, faqat o`zinigina emas, 

balki xayol, G`amza kabi dustlarini ham qutqarishni ko`zlab harakat qiladi: 

Har kishikam bor edi yo`ldosh ango, 

Mehnati zindon aro sirdosh ango. 

echdi olar bandini dog`i ravon, 

Chiqtilaru qochtilar eldin nihon... 



 

61 


Xullas,  Nazar  o`z  orzulari  bilan  qarovchi  ijobiy  obraz  bo`lib,  ko`p  jihatdan 

«Farhod  va  Shirin»dagi  Shopurga,  «Alpomish»dagi  Qorajonga  o`xshab  ketadi.  U 

o`zining harakatchanligi, kurashchanligi bilan Fuoddan ancha ustundir. 

Husn  obrazi.  Husn  Shahriyori  Ishqning  qizi  bo`lib,  u  go`zal,  bilimdon, 

tadbirli,  bardoshli  bo`lishi  bilan  birga,  vafo  va  sadoqat  timsoli  hamdir.  Husn 

naqoshlik,  binokorlik,  musiqa  va  she`riyatni  juda  sevadi.  Xayol  uning  yonida 

naqqoshlik  qilsa  G`amza  mahoinavozlik  qiladi.  Husn,  Qal`ai  diydor»da  yashab, 

xotin  qizlar  bilan  birga  bo`ladi,  ornomusi  va  yurt  himoyasi  uchun  Mardona 

kurashda sherga teng keladigan bu xotin-qizlarga homiylik qiladi. 

Husn Nazarni samimiyat bilan kutib oladi. Fuod ishqning nishonasi sifatida 

«Chashman  hayvon»  aqiqini  berib,  naqqosh  Xayol  bilan  nag`minavoz  G`amzoni 

unga qo`shib yuboradi. Ammo «Qal`ai diydor»ga lashkar tortgan Aqlshohga qarshi 

otlanishga  majbur  bo`ladi.  U  adashmaslik uchun kengashib  ish qilishni birdan-bir 

tadbir deb biladi. Shuning uchun ham u o`z farmonida quyidagilarni aytadi: 

Dedi qiling jam azomlari, 

Safhai devondagi nozimlari, 

To na kengash qilg`ay alar oshkor 

Topg`amiz ul maslahat uzra qaror. 

Neki kengash birla topar irtikob, 

Bo`lg`usi albatta xatosiz savob... 

Husn  Aqlshoh  qo`shini  bilan  Shohi  Fasod  ustidan  g`alaba  qozongandan 

so`ng, Fuodning zindonidan qutqarish tadbirlarini o`ylab, bu haqda Vafobonu bilan 

maslahatlashadi.  Bu  bilan  shoir  g`alabaga  erishish  uchun  kengashib  ish  tutish 

kerak, degan to`g`ri xulosa chiqaradi. 

Husn-ishq  sirini  har  kimga  ham  bermaydigan  o`ylab  ish  qiladigan,  hayoli, 

iffatli sohibjamol qiz: 

Urmas edi degali g`am elda dam, 

Topmas edi mahrami asror ham. 

Uning  qalbiga  eng  yaqin  kishilardan  biri  Vafobonu  edeb.  Nazar  Fuodga 

qanchalik  sadoqat  bilan  xizmat  ko`rsatgan  bo`lsa,  Vafobonu  ham  Husnga 

shunchalik  vafodor  va  fidokor  edi.  Shuning  uchun  ham  shoir  uni  Vafobonu  deb 

atagan.  Husn  o`z  muhabbatini  yashira  olmaydi;  buni  Nishotiy  quyidagicha 

ifodalaydi: 

Mushkni gar saqlasang eldin niqon, 

Qilg`usidir isi-uq oni ayon, 

Mushk ila ishq o`lmag`usi yoshirun, 

Zohir etar o`t bor ekanni tutun... 

Husn  faqat  o`z  sevgisi  baxt-saodati  uchungina  emas,  balki  do`stlari 

omadining  kelishi,  hayotining  quvnoq  bo`lishi  uchun  ham  jonbozliq  qiladi. 

Chunonchi,  u  Nozni  Nazarga,  Vafobuni  Hishmatga,  Karashmani  Sabrga 

unashtirish  ishiga  aralashadi.  Nishotiyning  fikricha,  Husn  o`zi  va  do`stlarining 

muhabbatini  el  osoyishtaligi, vatan  obodonligi, vijdon  pokligi uchun kurash bilan 

chambarchas bog`langan deb bilgan namusli va qahramon qizdir. 

Shahriyori  Ishq.  Ishq-ideal  shoh  obrazi.  Nishotiyning  tasviricha,  Ishq 

kishilarni  qadrlash,  do`stlikka  rivoj  berish,  maslahat  bilan  ish  ko`rishi,  yurt 



 

62 


obodonligi uchun g`amxo`rlik qilish kabi oshjanob insoniy xislatlarga ega bo`lgan. 

Shoir  Ishqning  g`alabasidan,  riyokorlikning  mahv  etilishidan  quvonadi,  she`riga 

qanot  bog`lab,  zamoniga  etib  keladi  o`zining  zamon  «zarqi  riyo»laridan  uzoq 

turgan holda, Ishqning fazilatlariga ixlosmandligini bildirib: 

To topayin zarqu riyodin xalos, 

Aylayin ixlosga jonimni xos- 

deb yozadi. 

Aqlshohni  engan  Ishq  bu  g`alaba  bilan  cheklanib,  mag`rurlanib  qalmoydi, 

balki  Aqlshohning  yurti  «Mushki  badan»ni  egallab  olgan  Shohi  Fasodga  qarshi 

kurash  ham  ochadi.  Hamma  joyda  tinchlik,  asoyishtalik  o`rnatmoqchi  bo`ladi. 

Ko`pchilikning  maslahati  bilan  Aqlshohni  zindondan  qutqaradi  va  o`ziga  vazir 

qilib  belgilaydi.  Hamma  joyda  «amn-amonlik»,  nisbiy  tinchlik  uchun  kurashdan 

aqllarining ham qadr-qimmatini oshiradi: 

Ahli hunar qadrini qildi baland, 

Etti inod ahlini xoru najand... 

Nishotiy  bu  ideal  shohlikda  ishq  va  aql  ham,  dil  va  qimmat  ham  borligini 

ifodalaydi va qimmat bo`lmagan joyda dunyo, «Chohi balo»dan iborat bo`ladi, deb 

yana o`z zamonidan shikoyat qiladi: 

Yorab etib sabr ila himmatni yor, 

Ishq janobida mango ber qaror. 

Himmat agar bo`lmas edi dovarim, 

Aql ila dil bo`lmadilar yovarim, 

Himmat ila bo`lmas esang dastgir. 

Chohi balo ichra erurman asir... 

Ishqning suyangan kishilari Himmat va G`ayratdir. Ular do`stni dushmandan 

farq  qilib,  Ishq  saltanatiga  rivoj  beradilar.  Binobarin,  Nishotiy  tasviricha,  Ishq 

qo`shini ziyo yorug`lik baxsh etadi; dushman tomoni esa «Lashkari Shom»-zulmat 

bo`lib,  u  o`limga  mahkumdir.  Nishotiy  bunday  majoziy  obrazlar  orqali,  «olam 

kamyob»  bo`lishi  kerak  degan  xalq  orzu-umidlarini  o`z  poetik  niyati  bilan  ulab, 

romantik tasvir yaratadi:  

Ishq erur izohi muallojanob, 

Andin erur alam eli koyyob, 

Zot anga aksar erur kimiyo, 

Tufrog`a ul qadr berur ham baho. 

Roqib  obrazi.  Raqib  razil  kuchlar  va  devlardan  iborat  bulgan  «Lashkari 

Furqat»ning 

boshlig`idir. 

Raqib-ziyo 

dushmani 

Shoir 


Raqib 

misolida 

mujassamlashtirilgan  qaro  guruhlarga  nafrat  qaraydi,  «mol  egasiga  o`xshamasa, 

harom  o`ladi»  degan  halq  maqoliga  ishora  qilib,  ularning  qo`shni  va  tug`laridan 

kuladi: 

Tug`i aning bor edi andoq garoz, 

Hashr xunidin qadi erdi daroz 

Chunki erur el aro bu xushkalom, 

O`xshamasa mol egasiga harom. 

Raqib  «Do`zaxnishon»  bo`lgan  o`z  qizi  Foruqaning  maxrlariga  tayanadi. 

Uning  gapiga  kirib,  Fuod  bilan  Nazarni  dorga,  so`ngosmoqni,  so`ng  ularning 



 

63 


jasadini  o`tda  yoqib,  kullarini  ko`kka  sovurmoqchi  bo`ladi.  Lekin  qo`lga 

tushirganidan  keyin  turli  nayranglar  ishlatib,  g`ayat  «firibg`ar  tovlamochi  ekanini 

ko`rsatadi. Chunonchi Hilmot uni asir olib, Fuod va Nazar haqida so`roq qilganida, 

u makkorlik bilan shunday deydi: 

Xalqi jahon matlai ogoh emas, 

Tanimag`an siylamasa ayb emas. 

Nishotiy  tasviricha,  Raqib  kishilik  jamiyatiga  nuqul  «ranju  sitom»  urug`ini 

sepadigan  qora  kuchlar  namoyandasidir.  Shuning  uchun  ham  Ishq  shrhning 

lashkarboshilari himmat bilan G`ayrat uning ildizini quritish choralarini ko`rib, uni 

o`zi qazilgan chohga tashlaydilar. 

Foruqa  obrazi.  Foruqa  Raqibning  qizi  bo`lib,  «Qalg`ai  hijron»ning 

posponidir. U o`z qiyofasi va xulqi bilan Husn, Vafo, G`amza, Ado, Ishva hamda 

Karashmaga sira o`xshamaydi. U g`oyat badbasharo, yomon xulqli, haramtabiat va 

pastkashdir. Shoir foruqani shunday tasvirlaydi: 

Bor edi bir duni falokatmoob, 

Erdi najas suratu nahs intisob. 

Umri o`lub zali falakdin ziyod, 

Qiz edi er topmayin u badnihod. 

Talg`at anga bor edi do`zaxnamoy, 

Xilqat anga otashi qahri xudoy. 

Yuz uza churuk yog`och erdi burun, 

Har era ul borsa, borib ul burun. 

Baski sovuq yuzlik edi tirojon, 

Qochmoqi andin tilar erdi yilon. 

Oti aning Foruqai joduvon, 

Qo`rqar edi haybatidin insu jon. 

Otasining oti Raqibi muhib, 

Hokimi darbardi «Visoli habib»... 

Foruqa jodugarlik ham qiladi. U mast bo`lib qolgan Fuodga o`zini Husn sifat 

qilib  ko`rsatishga  harakat  qiladi.  Fuod  bilan  Husn  turmushni  buzmoqchi  bo`ladi. 

Lekin siri fosh bo`lgach, g`azablanib, Fuod bilan Nazarni dorga osmoqchi bo`ladi. 

Ammo  Shohriyori  Ishqning  zarbasiga  uchrab,  tog`dan-toqqa  qochib,  qilmishiga 

yarasha jazolanadi. 

Nishotiy  Foruqani  eng  yomon  va  zararli  og`uga  o`xshatadi  va  bunday 

kishilarni  jamiyatdan  quvib,  tog`-tomiri  bilan  supurib  toshlashga  undaydi. 

Pirovardida Himmat bilan G`ayrat uni o`tga tashlaydi. 

Shayx  Zarq  obrazi.  Nishotiy  riyokor  shayxlarni  kishilarni  jaholatga 

sudraydigan  qabih  shaxslar  sifatida  tasvirlab  shayx  Zirq  va  Mushridi  obrazlarini 

yaoatadi. 

Shayx  Zarqda  «na  zavq,  na  nur,  na  ilm,  na  amal»  bor.  U  bid`at-kasofat 

nomoyandasi, u hatto, «g`o`lu shayotin»ga ham rahbarlik qiladi: 

Zikr aro yo`q edi juz naqsh fikr, 

Kayfi pareshon bor edi anga fikr... 

Shayx dema bir yax edi faqshin, 

Anda na ilmu, na amal, na yaqin... 



 

64 


Shayxning ichi g`oyat qora bo`lib, birovga yaxshilikni ravo ko`rmaydi, doim 

va`zkonlik qilib, kishilarni aldashga harakat qiladi. Shayx Zarq va uning muridlari 

doim  ko`z  yoshi  to`kish  kerak,  chunki  ko`z  yoshi  kimdir,  u  bilan  molu  iqbalga 

etish  mumkin,  xazina  topish  uchun  mol  jonni  nazr  qilish  zarur,  deb  kishilarni 

avraydi: 

Nazr qilib xalq ango, chun molu jon, 

Topg`usi ul dahr aro ganji ravon... 

Vahmi balo Vahmi balo Aqlshohning vaziridir. Vahmi obrazi balo ismining 

o`ziyoq  uning  xalq  boshiga  balalar  keltiruvchi  kishi  ekanini  ko`rsatadi.  Shoir 

ta`biri bilan aytganda: 

Oti aning Vahmi balojo` edi, 

Baddimu baddin edi, badgo` edi... 

Vahmning eng yaramas va xavfli xisloti uning chaqimchiligidir. Kutilmagan 

joylarda  paydo  bo`lib,  birovlarning  gapini  tinglash  va  chin  gapni  qo`yib,  yolg`on 

so`zlash  uning  odatidir.  U  ana  shu  yaramas  odati  tufayli,  Fuod  va  Nazarning 

boshiga  kulfat  soladi,  Aqlshohni  husn  va  Ishqqa  qarshi  qo`shin  tortishga  majbur 

etadi. 

Dostonda  Nishotiyning  «Husnu  Dil»  dostonida  «Shah  keltirilgan  boz  va 

Bulbul»,  Gul  va  Daf»,  «Nay  va  Shamshod»  masalalar  «Kosai  va  Nargis», 

«Binafsha  va  Chang»  kabi  masallar  ham  keltirilgan  bo`lib,  ular  dostonning  uzviy 

qismini  tashkil  etadi.  Shu  bilan  birga  bu  masalalar  dostondagi  voqealardan  qat`i 

nazar,  mustaqil  asarlar  sifatida  ham  ko`zga  tashlanib  turadiki,  ularni  ko`zlan 

kechirish maqsadga muvofiqdir. 


Download 435,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish