«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni


Dostonda adabiyot va uning ulug` namoyandalari haqida aytilgan



Download 456,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana06.02.2022
Hajmi456,09 Kb.
#434200
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
XVII-XIX аср адабиети

Dostonda adabiyot va uning ulug` namoyandalari haqida aytilgan 
fikrlar.
«Husnu Dil» dostonida Nishotiyning so`z san`ati va uning ulug` arboblari 
Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiy haqidagi fikrlari alohida 
ahamiyatga egadir. 
Shoir XVIII asrning 70-yillarida Xorazmda o`zbek adabiyoti jonlana 
boshlagan bir sharoitda ulug` mumtozlar izidan borib til va adabiyotga doir muhim 
nazariy hulosalar chiqaradi. Uning fikricha, so`z duri jon gavharidan ham azizdir. 
So`z kishiga jon beradi. So`zsiz odam devorga o`xshaydi. Birov xunuk, cho`loq va 
shol bo`lsa ham, lekin ishin va baqa`ni so`zlay olsa-kishilar uning yoniga boradilar 
albatta. 
Nishotiy so`zining ikki qismdan-«qabih» va «malih»dan iborat bo`lishini, 
qabih barcha yomondan yomon ekanini, malih esa, el ta`biricha, jonning suti 
ekanini uqtiradi, uning ta`rificha, qabih so`zlar-«gilob» (layqa) bo`lsa, mashq 
so`zlar «gulob»dir. Binobarin, qabih so`zlamasdan, malih so`zlash, unga ma`no 
bilan rang berish lozimdir. Ma`nosiz so`z, gardu bod»dir: 


71 
Mantiq eli qilganida jonda farq, 
Qildilar hayvon bila insonda farq, 
So`zdin erur ma`niyi rangin murod, 
Bo`lmasa ul so`zni degil gardu bod. 
Kimki yomon so`zni der inson emas, 
So`zki yomondir ani hayvon demas 
Nishotiyning fikricha «ganji roz» dunyoda shu qadar ko`pki, uni olish bilan 
turalmaydi. So`zga zebu ziynat berish lozim. Uni dilu jon deb atalmish «ayvonda» 
(halbda) parvarish qilib chiqarish kerak. So`z shunday ta`sirchan bo`lsinki, uni 
tinglovchi «jon» desin. So`z san`atining nazmi ham, nasri ham nozik ado bo`lishi, 
latif libosga o`ralishi lozim. 
Nishotiy so`z san`atining ulug` ustozlari Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy 
va Navoiyning ijodiy xizmatiga yuksak baho beradi, ularning muqaddam kishilar 
bo`lganligini va har qaysilari adabiyot sohasida alohida bir ulug` dengiz 
ekanliklarini zo`r faxr bilan kuylaydi: 
She`r elidin ul ki muqaddai edi, 
Har biri bir bahri muazzam edi. 
Durri balog`at qilib onlar nihon, 
Mavji fasoqat qilur erdi ayon. 
Dema alar vasfini shoir edi, 
Muso edi yo`q esa sohir edi... 
Shoirning e`tiroficha ular nazm elining sardaftarlari, suxon ahllari tojlarining 
qimmatbaho gavharlaridir. 
Nishotiyning ta`biricha, Nizomiy, Xisrav, Jomiy va Navoiylar shunday ijod 
bog`larini yaratib o`tganlarki, u bog`larcha bodi xazon ziyon etkaza olmaydi, u ijod 
bog`lari abadiy yashlab qola beradi. Nishotiy ana shu ulug` ustozlarning sodiq 
shogirdlari singari kamtar tutib, «Husnu Dil» dostonining muallifi «g`arib» va 
«mulki diyoridin benasib» bo`lgan shoir sifatida quyidagilarni yozadi: 
Yozmoq erur pesha manga dam-badam, 
Lek netay bo`yla yozibdir qalam. 
So`zima sahvan agar eteang nazar. 
To`yla xato ko`rsang agar sar-basar... 
Nuqsima bordur o`zima e`tirof, 
San jag`i etgil aning aybin maof... 
Muncha bila dog`i bor erdim g`arib, 
Mulki diyorimdan edim benasib... 
Xullas, Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida shoir yashab ijod etgan jamiyat 
hayotining tasviri va umum foydasiga qaratilgan andishalar muhim o`rin tutadi. 
Doston 62 bobdan iborat bo`lib, dastlabki boblarida shoirning er, suv, osmon, 
oftob, tabiat, inson (1-5 bob); Hayot, odam va uning ishqi (2-bob), muallifning 
yor-diyoriga munosabati (6-bob), asarni yaratish toraddudi (7-bob), suv san`ati va 
uning qadru qimmati (8-bob) haqidagi fikr va mulohazalari, his-to`yg`ulari aks 
etgan. 
Doston syujeti murakkab vaziyatlar, hayotiy lavhalar bilan rivojlanib boradi. 
Aql-farosat, ishq-muhabbat, ilm va hunar, do`stlik va sadoqat singari olijanob 


72 
insoniy xislatlar ulug`lanadi. Demak, adolat, insonparvarlik, do`stlik, obodonlik, 
insoniy sevgi va ma`rifatni, so`z va so`z san`atini bunday ulug`lash, shoir 
zamonasining sharoitiga ko`ra, muhim va sharafli xizmatdir. Shoir qachonlardir 
yaxshilikning yomonlik ustidan g`alaba qozonlichiga ishonadi: 
Dun elining dunlig` erur peshasi, 
Yaxshi eling yaxshidur andeshasi. 
O`z davrida xalqning xonavayron va oyoq osti qilinishdan noligan shoir 
nisbiy tinchlikka, osoyishtalikka undaydi, o`z davridagi qo`pollik va dag`alliklarga 
qarshi: 
Charx kibi san dag`i bo`lma dag`al- 
Deb xitob qilib, g`am-alam, kulfat va mashaqqatlardan mustasno bo`lgan 
yangi bir dunyo qurishni orzu qiladi: 
Kim yo`q anda alamdin nishon, 
Mehnatu kulfat bila g`amdin nishon... 
Biroq shoirning bunday progressiv romantik fikr va g`oyalari qaloq 
zamonasining sharoitlari bilan mahdudlangan-cheklangan edi. U o`z davridagi 
hukmdorlarni yaxshilikka, insofga chaqirish yo`li bilan o`z orzusiga erishmoqni 
xayol qilar edi. Buning ustiga, shoir jamiyat hayotini yaxshilash haqidagi romantik 
g`oyalarini xudojo`ylikka bog`laydi va baxtiyor yor bo`lib uchun «Xudo»dan lutf, 
inoyat va madod tilaydi. 
Shoirning kitobxonlarga mutsrojaat qilib yozgan: 
Bor esa ko`p har necha sahvu xato, 
Aylagil islohini oning ato. 
Zayli karamdin anga yopqil niqob, 
Aylamagil ruhima qahru itob... 
Kabi baytlari, an`anaviy xotila torzida bo`lishidan tashqari hikmatli 
baytlardir zamonasining sharoitlari bilan izohlanadigan fikriy ojizlik orqasida 
tug`ilgan «sohvu xato»lardan qat`iy nazar, asarga xalq orzusi va zamon ruhining 
singdirilishi, unda nisbiy tinchlik va farovon hayot haqidagi, yaxshilik va 
muhabbatning yomonlik va ayriliq ustidan g`alaba qozonishiga ishonch kabi ilg`or 
fikrlarning aks ettirilishi g`oyat muhimdir. 
Mavlono Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni ana shunday g`oyaviy-badiiy 
fazilatlari bilan solaflarining dostonlaridan farq qiladi. Binobarin, «Husnu Dil» 
dostoni XVIII asr o`zbek dostonchiligida g`oyat muhim o`rin egallagan ajoyib 
she`riy qissadir 

Download 456,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish