Ul sanamning yuzikim gulzor erur,
Yuzining gulzorina gul zor erur185.
Hofiz qalamiga mansub ushbu baytda o’xshatish, takrir kabi badiiy vositalar mavjud. Baytning ta’sirchanligini ta’minlashda tajnisning ham alohida о‘mi bor. Xususan, birinchi misradagi gulzor so'zining ikkinchi misrada gul zor tarzida alohida kelishi mazmunga o‘zgacha bir joziba bag’ishlagan. Bu esa tajnisning murakkab tajnis turiga misol bo‘la oladi.
So'zning turli ma’no anglatish xususiyatlari she’riyatga o‘zgacha bir ruh baxshida etadi. So’zlaming ma’no tovlanishlarini his qilish va misra yoki baytlar zamiriga singdirish har qanday shoirga ham nasib eta- vermagan. lyhom san’ati ijodkorga shunday imkoniyat yarata oladi. XY asrgacha bo‘lgan g‘azaliyotda bu badiiy tasvir vositasining ajoyib namu- nalarini uchratish mumkin:
Kun tushta ko‘rgali seni tushti zavolg‘a,
Oy tongg‘a qoldi kecha boqib ul jamolg‘a186.
Dastlabki misradagi tush so‘zi ikki ma’noda (tush payti va uyqudagi tush) qo’llanilgan. Bu usul misrani ikki xil mazmunda tushunish imko- niyatini beradi: kun ma’shuqaning go’zalligi sabab tush paytida pastga tusha boshladi - bu misradan anglashilayotgan birinchi ma’no. Misra- ning keyingi ma’nosi esa quyidagicha: quyosh tushida ma’shuqaning go’zalligini ko‘rib, quyilasha boshladi. Bunday xususiyat baytning ikkinchi misrasiga ham taalluqli bo‘lib, undagi tong so‘zi ikki xil ma’noni (tong payti va hayron qolmoq) anglatadi. Demak, bu misrani “Oy ma’shuqaning jamoliga boqib, tonggacha qolib ketdi tarzida ham, “Oy ma’shuqaning go‘zalligini ko’rib, hayron bo‘lib qoldi’ mazmumda ham tushunish mumkin. Mavlono Lutfiy ijodida iyhomning bu kabi go’zal naraunalarining ko’plab uchrashi, shoiming bu badiiy tasvir vositasi imkoniyatidan mohirona foydalanganligini bildiradi.
She’r ta’sirchanligini oshirishda mubolag‘aning ham o'z o‘rni bor, albatta. G'azaliyotda oshiqning ichki kechinmalari, iztiroblari, umuman, ruhiy holati tasvirida bu badiiy usul keng qo‘llanilganligi bilan ajralib turadi:
G‘ofil o‘lma ko‘zlarimningyoshidinkim, nogahon
Mavj urubon, yetmasun nogah bu to‘fonim sanga187 188.
Ko‘rinadiki, oshiqning tinimsiz oqqan ko‘z yoshlarining mavj urib, to‘fon hosil qilishi va bu to‘fonning sevgilisigacha yetib borishi uning ma’shuqa dardidagi azoblarini kuchaytirishga xizmat qilyapti. Bu bo‘rttirish mubolag'aning g‘uluvv nomli turiga mansub bo‘Jib, unda tasvirlanayotgan hodisaga aql ham ishonishi qiyin, u hayotda ham yuz berisbi amri mahol. Biroq tasvir jarayonidagi uning vazifasidan kechish mumkin emas, chunki u baytga alohida bir estetik zavq bag'ishlab kel- moqda.
Xullas, g‘azalning dastlabki kurtaklari turkiy adabiyotda ХГГ asr- da vujudga kela boshladi. Adib Ahmad ijodi buning yorqin dalilidir. Adibdan so‘ng o‘tgan avlodlarda bu unsurlar mukammalfashib, alohida janr sifatida shakllana boshladi. Rabg‘uziy va Xorazmiylar ijodiyotida g'azal o‘zining janr talablariga javob bera oladigan ilk namunalariga ega bo‘lgan bo‘lsa, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar lirikasida takomillashdi, hazrat Navoiy esa uni har tomonlama kamofot cho‘qqisiga yuksaltirdi.
MASNAVIY
Masnaviy arabcha so‘z bo‘lib, ikkilik degan ma’noni anglatadi. Badiiy ijodning alohida bir shakli sifatida esa har bandi o‘zaro ikki misradan qofiyalanadigan (a-a, b-b, v-v...) she’r tizimi tushuniladi. Masnaviy Sharqda syujetli, ya’ni voqyeiy she’riy asarlaming asosiy shakli hisoblanadi. Chunki “hech bir she’r turi hayotni, voqea va hodi- salami, inson xarakterini masnaviydagidek keng va chuqur yoritib bera olmaydi”21'. Hazrat Navoiy nazm haqida so‘z yuritar ekan, masnaviyni she’riyatning eng afzab sifatida baholaydi va uning tasvirdagi imkoni- yatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |