li bo‘lgan «Hibat ul-haqoyiq» dostonida ham uchraydi:
Bu ochun rabot ul tushub ko'chguluk.
Rabotqa tushukli tushar ko‘cheuluk.
O‘ng arqish uzadi qo‘pup yo‘l tutub,
O‘ngi qo‘pmish arqish necha ko'chauluk'-'’'.
Bu yerda «ko‘chgu1uk» so‘zi to'rtlik misralarini bir-biriga bugMayapti va ohangdoshlik hosil qilib, qofiya vazifasini bajarib kelyap- ti. Mazkur usul adabiyotshunoslikda epifora deyiladi. Epifora «... muay- yan tushuncha yo jumla ma’nosini ta’kidlaydi; ohangdoshlik va musi- qiylikni rag‘batlantiradi, misralami bayt yo bandlarga uyushtiradi, bunda u qofiya vazifasini o‘rindoshlik asosida bajaradi»’4.
Demak, epifora - radifning qofiya o‘mida qo‘llanishi islomdan ol- dingi turkiy she’riyatda shakllangan hodisadir. Buning Adib Ahmad ijo- dida uchrashi qadimgi turkiy adabiyotdagi an’ananing keyingi davrlarda ham davom etganligidan dalolat beradi.
Buddaviylik she’rlari orasida «Inonch» nomli she’r ham shakliy tu- zilishiga ko‘ra alohida xususiyatga ega. U besh band - 20 misradan tash- kil topgan. She’ming dastlabki bandlariga e’tibor qilaylik:
Alqu qamag‘ uch o‘dki burqanlarqa, Arish arig‘ nirvan to'zlug iduq nomqa. Ayag‘ulug‘ arya sangga quvragMarqa, Ayap kulep alqu o‘dte inanurmen.
Burqanlarning ulushining pramanusi, Bo‘lsar neche ancha sanlig’ ulush sayu Bo‘dlar o‘ze alqu o‘dte burqanlarqa, Bulidlayu tapig‘ o‘ze tapinurmen. (yeT§, 150-bet)
Ko‘rinadiki, birinchi to‘rtlikning uch misrasi o‘zaro ketma-ket qofiya asosiga qurilib, to‘rtinchi misra ochiq qolyapti. Ikkinchi to'rtlik misralari orasida esa qofiyalanish holati mavjud emas. Faqat to‘rtinchi
1И Yugnakiy A. Hibat ul-baqoviq. Tashkent, Badiiy adabiyot, -971. B, 53.. IM Adabiyot nazariyasi. 2 tomlik, 2-tom. Tashkent, Fan, 1978. B. 392.
misradagi «tapinurmen» so‘zi avvalgi bandning oxirgi misrasidagi «ina- nurmen» so‘zi bilan ohangdoshlik hosil qilib, bandlararo qofiyalanishni yuzaga keltiryapti. Bu - bandlararo qofiyadoshlik butun she’r oxirigacha davom etadi va uni amalga oshirishda keyingi bandlarda «o'kunurnen», «o‘girurmen», «ildinurmen» so‘zlari xizmat qiladi. Shu jihati bilan she’r xalq og‘zaki ijodi she’rlariga yaqinlashadi. 0‘zbek xalq og‘zaki ijodida- gi qofiya tizimini maxsus o‘rgangan Farmon Rayhonov bunday tadrijli qofiyalanish usulini folklor xususiyatlaridan kelib chiqqan holda voqe- aband qofiya deb atash lozimligini qayd etadi'6'. Demak, buddaviylik shc’rlarining yaratilishida mualliflar qadimgi turkiy og‘zaki ijod namu- nalari yutuqlariga tayanganlar hamda folklor an’analarini she’riyatga singdirishga harakat qilganlar. Bundan qadimgi turkiy adabiyotda janr- larning folklor adabiy tizimi mavjud bo‘lgani singari shakliy-poetik xususiyatlari ham og‘zaki ijod asosida shakllangan, degan fikrga kclish mumkin. Chunki bandlararo qofiyadoshlik «O‘n turli niyozusuli», «Jon- lilarga foydali bo‘lmoq», «Jtifar», «Yaxshi tilak» kabi she’rlarda ham uchraydi.
Buddaviylik ta’sirida yaratilgan turkiy she’rlami o‘rganish ularga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlaming mavjudligini ko'rsat.adi:
misra, bayt va bandlarda allitcratsiyaning yctakchiligi;
takror so‘zning qofiya vazifasini bajarishi;
bandlararo qofiyalanishning mavjudligi.
To‘rtliklar Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida ham mavjud bo‘lib, mazkur to‘rtliklaming ko‘pchiligi xalq og‘zaki ijodi namunalari hisoblanadi va ular asosan turkiy xalqlar folklorida ming yillardan beri yetakchi mavqega ega bo‘lib kelgan barmoq vaznida ya- ratilgan. «Devonu lug'otit turk» orqali yetib kelgan badiiy ijod namuna- larining vazni xususida olimlaming fikrlari turlichadir. Jumladan, ayrim tadqiqotchilar ularni barmoqda yaratilganligini e’tirof etishsa, ba’zilar esa aruz vazniga mansub deb hisoblas'hadi’i6.
«Devonu lug‘otit turk»dagi she>riy parehalarning yaratilish il- dizi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. «Devon» bilan maxsus shug‘ullangan olim Solih Mutallibovning fikricha, asarda keltirilgan adabiy, she>riy parchafar, umuman, xalq og‘zaki ijodi namunalari faqat XJ asr adabiyotininggina namunasi bo'1 may, balki ayni paytda ularning
16, Rayhonov F. Shc'r qanotijagi yulduzlai. Toshkent, Adabiyot va san’at, 1986. B. 47.
Bu haqda daraag: To’xJic'i Is. «Qutadg'u bil iguning poetiktsi masalalaai ar 0‘ Imas ab idalda. Toshkent, Fan, 1989. B. 339-340 .
kattabir qismi juda uzoq davrlar mahsulidir160. Darhaqiqat, «Devon»dagi qo‘shiqlar, she’riy parchalami maxsus o'rganish, tahlil qilish yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi.
To‘rtliklaming islomdan keyingi turkiy xalqlar yozma adabiyotida aruz vaznida yaratilgan ilk namunalari Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida uchraydi. «Qutadg‘u bilig»dagi mavjud «... to‘rtliklar butun ildizi bilan turkiy xalqlar she’riyatiga borib taqaladi. Yusuf Xos Hojib bu asarini garchi arab va fors adabiyoti an’analaridan bahramand bo‘lib yozgan bo‘lsa-da, unda turkiy xalqlar nazmi bilan mustahkam ich- ki muvofiqlik bor»161 162. Darhaqiqat, doston to‘rtliklari bilan xalq og‘zaki ijodi to‘rtliklari o‘rtasida bir qator umumiy xususiyatlar mavjudki, bu masalalar, ya’ni «Qutadg‘u bilig» to‘rtliklarming o‘ziga xos xususiyat- lari, ulaming ruboiy janri va xalq to‘rtliklari bilan munosabati kabilar o‘zbek adabiyotshunosligida maxsus o‘rganilgan16y
To‘rtliklar Ahmad Yassaviyning «Devoui hikmat» asarida ham uchraydi. «Devoni hikmat» - Yassaviyning soTiylikqarashlari asosida vujud- ga kelgan she’rlami o‘z ichiga olgan adabiy manbadir. Undagi she’rlami shakliy-poetik tomondan kuzatish muallifning to‘rtliklaming irnko- niyatidan unumli foydalanganligini ko‘rsatadi. «Devoni hikmat»dagi to‘rtliklar turkiy-islomiy yozma adabiyotda barmoq vaznida yozilgan dastlabki namunalar ekanligi bilan ham ajralib turadi.
Hikmatlar asosan murabba’ shaklidagi to‘rtliklardan tashkil topgan. Ulaming qofiyalanishini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
6) b-a-b-a, v-v-v-a... ko‘rinishdagi qofiyaga ega bo‘lgan she’rlar;
b-b-b-a, v-v-v-a... shaklda qofiyalangan she’rlar;
b-a-v-a, g-g-g-a... qofiya tizimidagi she’rlar.
Ko‘rinib turibdiki, har bir guiuhdagi she’rlaming dastlabki band- lari, ya’ni boshlanishi qofiyalanishi jihatdan farqlanadi, keyingilari esa birinchi bandning oxirgi misrasi bilan qofiyadosh bo‘lib keladi. Shu- ningdek, to‘rtliklar orasida «а-а-Ь-а» shakldagi qofiyalanganlari ham borki, ular vaznini hisobga olmaganda «Qutadg‘u biiig» va «Hibat ul- haqoyiq»dagi to‘rtliklarni esga soladi. Hikmatlarning vujudga kelishida misralar takrori ham alohida rol o‘ynaydi. Bu xususiyat ayrim she’rlarda ko‘zga tashlanadi. Masalan, she’ming birinchi bandidagi oxirgi misra butun she’r davomida mavjud to‘rtliklaming so‘nggi misralarida aynan takrorlanadi. Misralar takrorining ikkinchi ko‘rinishida esa she’rning dastlabki to‘rtligi o‘zgachaligi bilan ajralib turadi. Chunki to‘rtlikning ikkinchi misrasi to‘rtinchi misrada to' 1 iq qaytariladi.
Hikmatlaming qofiya tizimini o‘rganish jarayonida ayrim to'rtliklarning qofiyalanishi e’tibomi o‘ziga tortadi. Xususan, ularda - bir to‘rtlikda ikki xil qofiyalanish usuli kuzatiladi:
Chin oshiqlar kechkan ermish jonin tashlab,
Adham sifat barham urub molin tashlab,
Hu-hu teyu haq zikrini aytib xushlab, hnon tasdiq qilib bag‘rin kabob etdi1™.
Ko‘rinadiki, to‘rtlikning birinchi bayti qofiyaga ham, radifga ham ega. Uchinchi misra esa dastlabki misralar radifi bilan ohangdoshlik ho- sil qilgani holda radifsizdir.
Takror so‘zning qofiya vazifasini bajarib, yoqimli ohangdorlik va she’riy ritm hosil qilishi Yassaviy to‘rtliklariga ham xos xususiyat bo‘lib, ularga ajib xalqona ruh baxsh etgan:
Qodir Egam qudrat bila sulh aylasa.
Jannat ichra kirar oshiq amr aylasa.
Na’ra tortib faryod etib, vird aylasa.
May no‘sh etib samo’ qilib yurar bo‘lg‘ay163 164.
Qadimgi turkiy she’riyatga xos bo‘lgan an’ananing «Hibat ul- haqoyiq»dagi kabi «Devoni hikmat»da ham davom etishi to‘rtliklaming turkiy adabiyotdagi uzluksiz tadrijiy taraqqiyotidan guvohlik beradi.
Yassaviy hikmatlari asosan mustaqil to‘rtliklardan iborat boTsa-da, mazmun va ohang jihatidan yagona maqsadga xizmat qiladi. Mantiqiy izchillik u laming asosiy xususiyatidir. Bu jihati bilan ular xalq og‘zaki ijodi qo‘shiqlariga yaqinlashadi.
Adib Ahmadning «Hibat ul-haqoyiq» asarida 703 ta to‘rtlik mavjud.
Ushbu to‘rtliklarni kompozitsion-semantik xususiyatlariga ko‘ra quyida- gi turlarga ajratish mumkin:
I. Biliklik keraklik so‘zin so‘zlayur,
Keraksiz so‘zini ko‘mub kizlayur.
Biliksiz ne aysa ayur uqmatin,
Aning o‘z tili o‘z boshini yeyur165
Bilimli kishi kerakli so‘zni so‘zlaydi, keraksiz so‘zni ko‘mib yas- hiradi.
Ilmsiz kishi nima gapirsa, nodonligi sababli so‘zlaydi, shuning uc- hun uning tili o‘z boshini yeydi.
Mazkur to‘rtlik tuzilishi jihatdan o‘rganilsa, uni ikki qismga ajratish mumkin. To‘rtlikning birinchi qismida bilimli kishiga xos bo‘lgan ijobiy xususiyat tasvirlansa, ikkinchi qismida muallifning ilmsiz, johil kishiga nisbatan salbiy fikri ifodalangan. Demak, kompozitsion qismlar o‘zaro mazmuniy ziddiyatga asoslangan. Baytlaming o‘zaro qiyosi orqa- li to‘rtlikda oldinga surilgan poetik fikr - ilmli kishining ilmsiz kishidan afzalligi kitobxonga yanada oydinlashadi, bu esa to‘rtlikning emotsional tomonini kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Ko‘ni bo‘l, ko‘ni qil, otin ko‘ni,
Ko‘ni teyu bilsun xaloyiq seni.
Ko‘nilik to‘nin kiy, qo‘yub egrilik,
Kedim to‘n to‘lusi ko‘nilik to‘ni.
(HH, 57-bet)
To‘g‘ri bo‘l, to‘g‘ri ish qil. To‘g‘ri deb nom chiqar. Xaloyiq seni to‘g‘ri deb bilsin.
To‘g‘rilik to‘nini kiy, egrilik to‘nini yech. Kiyadigan to‘nning yaxs- hisi to‘g‘rilik to‘nidir.
Ushbu to‘rtlik ham kompozitsion jihatidan ikki qismga bo‘lingan. Bu bo‘linish yuqoridagi to‘rtlik kabi ma’no jihatdan ziddiyat asosiga qurilmay, balki kompozitsion qismlar o‘rtasida ma’naviy parallellikni yuzaga keltirgan. Mazkur turning o‘ziga xos xususiyati shundaki, birinc-
hi misrada ilgari surilgan fikr, ikkinchi misrada o‘zining poetik rivojiga erishadi. Ikkinchi misra birinchi misradagi fikmi to‘ldirishga, chuqur- lashtirishga, mustahkamlashga xizmat qiladi. To‘rtlikning keyingi bay- tida ham dastlabki baytdagi kabi qoidalarga amal qilinadi va natijada baytlararo ma’naviy parallellik yuzaga keladi. Bu usul to‘rtlikning poetik mazmunim ochishga xizmat qilgani holda, uning jonli, yorqin ifoda- lanishiga olib kelgan.
HI. Bilik bilti bo‘lti eran belguluk,
Biliksiz tirikla yituk ko‘rguluk.
Biliklik er o‘lti oti o‘lmatu,
Biliksiz esan crkan oti o‘luk.
(HH, 41-42 bctlar)
Ilmli kishilaming nomi mashhur bo‘ladi, bilimsiz kishilar esa tirik- layin o‘ldi hisob va bu unga ko‘rgulikdir.
Bilimli kishi o‘lsa ham uning nomi o‘chmaydi, ilmsiz kishining o‘zi hayot bo‘lsa ham oti o‘likdir.
Ko‘rinadiki, bu to‘rtlikning kompozitsion qismlari ham ma’no jihat- dan qarama-qarshilikka asoslangan, lekin bu ziddiyat baytlararo emas, balki misralararodir. Kitobxonga to‘rtlikdagi poetik fikr - ilmli kishining ilmsiz kishidan ustun ckanligi birinchi bayt misralarining o‘zaro qara- ma-qarshiligi orqali uqtiriladi. Mazkur poetik g‘oya so‘nggi misralarda rivojlantiriladi hamda misralaming ziddiyati natijasida yanada ravshan- lashadi. «Bu yerda toq misralar ma’lum poetik fikmi o‘rtaga qo‘yadi. Juft misralar esa uning ziddi uchun keltiriladi. Mana shu usul orqali shoir o‘z fikrini oydinroq bayon etadi» 17’
IY. Kudazgil tilingni kel oz qil so‘zung,
Kudazilsa bu til kudazlur o‘zung.
Rasul cmi o‘tqa yuzin otquchi,
Til o‘l tedi yig‘ til yul o‘ttin o‘zing.
(HH, 49-bet)
Tilingni tiy, so‘zingni qisqa qil, bu til tiyilsa, o‘zing ham saqlanasan.
Rasul kishini o‘tga tashlovchi tildir, deb aytdi, shuning uchun tilingni tiy, o‘zingni o‘tdan tort.
Bunday tur to‘rtliklaming o‘ziga xos xususiyati sifatida shuni
173 To'xlixv В . «Qntadg‘u bi bglining poetikasi itvisaNun // О ‘Imam obidalar. Toshkent, Fan, 1989. B. 335.
ko‘rsatish mumkinki, ulaming birinchi va ikkinchi misralarida. ma’lum bir poetik g‘oya ifodalanadi, keyingi misralarda esa mana shu fikming tasdig'i, dalili, ta’kidi sifatida maqol, hadis, hikmatli so‘zlarga muro- jaat qilinadi. Yuqoridagi to‘rtlik fikrimizga dalil bo‘la oladi: uning birinchi baytiga «tilni tiyish, o‘ylab so‘zlash» kerakligi to‘g‘risidagi fikr singdirilgan bo‘lsa, keyingi baytda bu fikr payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislari orqali tasdiqlanyapti. Mazkur usul ham to'rtlikning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Y. Haris to‘ymas ochun nengini terip,
Harislik qarimas idisi qarip,
Harislikni qo‘yur haris er qachon,
O‘lub yitsa tuproq ichiga kirip.
(HH, 71-bet)
Mazkur to'rtlikka singdirilgan poetik g‘oyani Adib Ahmad zanjirli ravishda rivojlantirgan, ya’ni birinchi misrada ma’lum bir fikr boshlanib, rivojlantirilgan. Chunonchi: haris (ochko‘z) kishi qarisa ham harisligi qarimaydi - ikkinchi misrada keltirilgan mazkur fikr alohida olingan- da ham tugal bir hikmat mazmuniga ega. Haris kishi qachon harisligini qo‘yishi mumkin? Faqat o‘lib, tuproqqa kirgachgina qo‘yadi.
Xuddi shu yo‘l orqali poetik g‘oya o‘zining tugal ifodasiga erishgan. Shuningdek, to‘rtlikdagi misralarning kompozitsion jihatdan nisbatan mustaqilligi, har bir misraning o‘zicha tugallangan mustaqil mazmun- ga egaligi, uchinchi - qofiyasiz misraning kitobxonning diqqatini o‘ziga kuchliroq jalb etib, so'nggi misrada kelayotgan to‘rtlikning yechimiga ishora qilishi kabi xususiyatlar alohida ahamiyatga ega. Chunki bu bel- gilar to‘rtlikni ruboiy janriga yaqinlashtiradi. Ma’lumki, «ruboiy fikr, ifodada ixchamlik va teranlikni talab etadigan janr» 174
. Shu jihatdan yuqoridagi to‘rtlik mazmun e’tibori bilan ham rubo- iyga yaqin turadi, chunki unda juda ham teran hayotiy bir fikr ilgari su- rilgan.
«Hibat ul-haqoyiq» to‘rtliklarini ruboiy deyish mumkinmi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Albatta, mazkur to‘rtliklar shakliy xususiyatla- riga ko‘ra ruboiyga o‘xshasa-da, lekin vazn nuqtai nazaridan qaragan- da ulardan farq qiladi. Chunki ruboiylar mumtoz she>riyat qoidalariga
714 Haqqulov I. O'zbck adabiyotida ruboiy. Toshkcnl, Fan, 7987. B. 9. ko‘ra aruzning hazaj bahrida yaratilib kelgan. «Hibat ul-haqoyiq»dagi to‘rtliklar esa mutaqorib bahrida yozilgan. Shu sababli ulami ruboiy deb atash qiyin. Shunga qaramay, mazkur to‘rtliklar turkiy adabiyotda ruboiy janrining shukllanishidu sezilarli ta>sir ko‘rsatganligi tabiiydir.
YI. Bu budun to‘iusi axi er turur,
Axilik sharaf, joh, jamol ortturur,
Sevulmak tilasang kishilar aro,
Axi bo‘l axiliq seni sevdurur.
(HH, 64-bet)
Mazkur to‘rtlikning dastlabki misralarida Adib Ahmadning saxiy- lik to‘g‘risidagi fikrlari ifodalangan bo4ib, ular quyidagicha mazmunni ifodalaydi: xalqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik sharaf, martaba va go‘zallikni orttiradi. Muallifuchinchi misradao‘quvchini mushohadayu- ritishga, o'y lab ko‘rishga da’vat etgani holda, so‘nggi misrada to‘rtlikda ko‘tarilayotgan poetik fikr - saxiylik, saxovatlilikni har bir kishi, albatta, o‘ziga singdirishi kerakligini alohida uqtiradi: Kishilaming muhabbatini o‘zingga jalb qilmoqchi bo‘lsang, saxiy bo‘l, saxovat seni sevikli qiladi.
Demak, bunday turga mansub to‘rtliklarda asaming didaktik mhi alohida sezilib turadi, ya’ni to‘rtlikda ilgari surilayotgan poetik fikr oxir- gi misrada o‘ziga xos tarzda targ‘ib qilinadi. Dostonda bunday usulda yaratilgan to‘rtlikla.r ko‘plab uchraydi. Biroq ayrim to‘rtliklarda shoir o‘z fikrlarini yuqorida keltirilgan misollardagi kabi faqat so‘nggi bayt yoki misralarda pand-nasihat tarzida uqtirib qolmasdan, balki to‘rtlikning har bir misrasida sbe’rda ko‘tarilayotgan poetik fikrga o'quvchining amal qilishi lozimligini ta’kidlab o‘tadi:
Ulug‘lug‘qa tegsang yengilma o‘zung,
Qoli kiysang atlas unutma bo‘zung.
IJlug‘ bo‘ldug‘ungcha tuzunrak bo‘lub,
Ulug‘qa kichikka siliq tut so‘zung.
(HH, 78-bct)
Ulug'likka yctishsang yanglishma. atlas kiyganingda bo‘zingni unutma.
Ulug'likka crishguningcha yaxshiroq bo‘lib, katta va kichikka so‘zingni silliq, muloyim qil.
«Hibat ul-haqoyiq» asarida, undagi to‘rtliklarda qadimgi tur-
kiy adabiyotga xos an’analaming ta’siri sezilib turadi. Dostondagi to‘rtliklaming tuzilishi, mazmun va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini o'rganish shuni ko‘rsatadiki, ular qadimgi turkiy xalqlar yozma adabi- yoti va og‘zaki ijodi to‘rtliklari, xususan, «Devonu lug‘otit turk»dagi to‘rtliklar bilan bir o‘rinda turadi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asaridagi «... to‘rtliklaming tematikasi aneha boy. Ularda qabila bahodirlarining mardonavor kurash tuyg‘ulari, jasorati, mehnat va muhabbat hislari o‘z aksini topgan. «Devon»dagi to‘rtlik va lirik parc- halar... ning aksariyati 7-11 hijodan tashkil topgan. 7-11 hijoli a-a-a-b yoki a-a-b-a shaklida qofiyalanuvchi she’rlar turkiy xalqlar poeziyasi- da qadim zamonlarda paydo bo‘lganligi va nihoyatda keng tarqalgan- ligi ilmda allaqachonlar isbotlangan» 175. Bu haqda, ya’ni to‘rtliklaming turkiy xalqlar she’riyatida qadimdan keng qo‘llanilib kelgan yetakehi shakllardan biri ekanligi to‘g‘risida ye.E.Bertels quyidagilami qayd eta- di: «Qasida va g‘azallardagi yagona qofiyalilik albatta, arablardan. Bi- roq juft qofiya arablarga mutlaqo ma’lum emas edi. Ularga ruboiy ham noma’lum bo‘lgan. Ammo ruboiy juda qadim zamonlardanoq 0‘rta va Markaziy Osiyodagi turli turkiy xalqlar folklorida eng yoqimli shakllardan biri bo‘lgan. Shuningdek, arab termini bilan ataladigan murabba’, ya’ni har bir misrasi a-a-a-b, v-v-v-b, g-g-g-b ko‘rinishida qofiyalanuvchi to‘rtliklardan boshqa narsa emasligini tan olmaslik mumkin emas» 1™.
Darhaqiqat, «Hibat ul-haqoyiq» va «Devonu lug‘otit turk»dagi ada- biy parchalarni muqoyasa qilish natijasida mazmunan va g‘oyaviy yaqin bo‘lgan misralarga ham duch kelish mumkin:
0‘g‘ulum senga kuzurmen ardam o‘gut xumaru,
Bilga erig bo‘lub sen baqqil aning tabaru.
O‘g‘lim, senga meros qilib ezgu xulq, odobni qoldiraman. Agar ilmli, aqlli odamlarga yo‘liqsang, ularga yaqinlash, ulardan foydalan'^.
Mazkur fikr «Hibat ul-haqoyiq»ning quyidagi misralari uchun ham g'oyaviy asos bo‘lib xizmat qilishi fikrimizga dalil bo‘la oladi:
Biliklikka, yo do‘st, o‘zungni ula.
Bilik birla bilinur saodat yo‘li,
Bilik bil saodat yo‘lini bula.
(HH, 40-bet)
Bilim haqida so‘zlayman, so‘zimga quloq sol, ey do‘st, ilmli kishiga o‘zingni yaqin tut.
Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, (shunga ko‘ra) ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.
«Hibat ul-haqoyiq» dostonini ko‘zdan kechirar ekanmiz, shoiming o‘zidan oldin yashab o‘tgan ijodkorlaming, xususan, Yusuf Xos Hojib- ning «Qutadg‘u bilig» dostoni bilan yaqindan tanisbganligi, uning yu- tuqlaridan ijodiy foydalanganligi, har ikkala asaming mazmun hamda g‘oyaviy jihatdan bir-biriga o‘xshash tomonlari mavjud ekanliginmg guvohi bo‘lamiz:
Qara bash yag'isi qizil til tumr,
Necha bash yedi bu taqi ma yeyur.
Bashingni tilasa tilingni ko‘daz,
Tiling tekma kunda bashingni yeyur 178
Qora boshning yovi qizil tildir, u qanchadan-qancha boshlarni yedi, yana ham yeydi.
Boshim omon bo‘lsin desang, tilingni ehtiyot qil, tiling istagan bir kunda boshingni yeydi.
Yusuf Xos Hojibning bu fikrlanga Adib Ahmadning quyida kelti- rilayotgan misralardagi qarashlari o‘zaro hamohangligi bilan ajralib tu- radi:
Sonip so‘zlagan er so‘zi so‘z sog‘i,
O‘kush yangshag‘on til ay olmas yog‘i.
So‘zung bushlug' esma yig‘a tut tiling,
Yetar boshqa bir kun bu til bushlig‘i.
(HH, 47-bet)
O‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to‘g‘ridir, o‘rinsiz ko‘p vaysagan til ayamaydigan yovdir.
So‘zing achchiq, ezma tilingni tiyib tut, achchiq (erk berilgan) til bir kuni boshingga yetadi.
«Hibat ul-haqoyiq» va «Qutadg‘u bilig» to‘rtliklarini solishtirish or- qali ular o‘rtasidagi bir qator o‘xshashliklami kuzatish mumkin:
«Qutadg‘u bilig»dagi to‘rtliklar ham, «Hibat ul-haqoyiq»dagi to‘rtliklar ham mavzu jihatdan didaktik xarakterdadir.
Har ikkala asardagi to‘rtliklar aruz vaznining mutaqorib bahrida yaratilgan.
O'zaro uyg‘unlik YusufXos Hojib va Adib Ahmad to‘rtliklarining kompozitsion xususiyatlarida ham mavjud.
Xullas, to‘rtliklaming turkiy adabiyotda o‘ziga xos taraqqiyot ta- rixi mavjud. Ular yozma adabiyotda qadimgi turkiy moniylik va bud- daviylik she'rlaridan boshlab kuzatiladi. Islomdan avvalgi she’riyatda alliteratsiyaning o‘rni beqiyosdir. Chunki she’rdagi ohangdoshlikning yuzaga kelishi asosan alliteratsiyaga bog‘liq bo‘lgan. Shuning uchun ham ularda qofiya hali islom davri adabiyotidagi kabi she’rning yetakchi unsuri darajasiga ko‘tarilgan emas. Bu - qadimgi turkiy she’riyatda qofiya bo‘lmagan, degan xulosaga olib kelmaydi. Balki uning shakllanish jarayonida ekanligini bildiradi. Shu bois to‘rtliklarning yaratilishi ham asosan alliteratsiyaga tayanadi.
Bizning kuzatishlarimiz shundan dalolat beradiki, alliteratsion she’r, garchi qadimgi skandinaviya she’rlari uchun xos bo‘lsa-da, u qadimgi turkiy adabiyotda ham yetakchilik qilgan. Bu xususiyat turkiy she’r rivoji ham dunyo xalqlari she’riyati biian umumiy jarayonga ega ekanligini ko‘rsatadi. Badiiy tafakkuming ilk bosqichdagi umumiy hola- ti she’riyatda, xususan, janrlardagi umumiylikni belgilaydi.
Qadimgi turkiy she’riyatdagi qofiya tizimi haqida gap ketar ekan, moniylik she’rlariga qaraganda, buddaviylik she’rlarida qofiyaning anc- ha shakllanib qolganligini kuzatish mumkin. Bundan keyingi davrlar she’riyatida qofiyaning ohangdoshlik hosil qilishdagi vazifasi orta bor- ganligi ko‘rinadi.
Turkiylar islomni qabul qilgach, yozma adabiyotda aruzning mav- qei ko‘tarila bordi va u turkiy she’riyatning asosiy vazni boiib qoldi. To‘rtliklar ham aruz vazniga moslashdi, qofiya ulaming yaratilishida yetakchi unsurga aylandi va alliteratsiyaning roli moniylik hamda buddaviylik muhitiga nisbatan ancha pasaydi. Bu hodisa she’riyatning shu davrdagi ehtiyoji bilan baholanadi. Albatta, islom davri to‘rtliklarining vujudga kelishida qadimgi turkiy adabiyotdagi tajriba va an’analar mu-
him ahamiyat kasb etdi.
Shunday qilib, to‘rtliklar qadimgi turkiy she’riyatdan islom dav- ri adabiyotigacha uziuksiz rivojlanish jarayonini bosib o‘tdi va har bir davrdagi (moniylik, buddaviylik, islom) adabiy an’analar asosida mu- kammallashib bordi.
MARSIYA
Har qanday odamning oTimi uni biladigan kishilarni, ayniqsa, ya- qinlarini chuqur iztirobga soladi. Inson ruhiyatidagi ana shu dardli kec- hinmalar, qayg‘u va alamli she’rlami yuzaga keltirishi mumkin. Mazkur she’rlar xalq og‘zaki ijodida yig‘i atamasi orqali nomlanadi. Yozma ada- biyotda esa ular marsiya deb ataladi.
Marsiya jamming taraqqiyotini o'rganish uning turkiy adabiyot- ning ichki imkoniyatlari asosida shakllanganligini ko‘rsatadi. U dastlab xalq og‘zaki ijodida paydo bo‘lgan va keyinchalik yozma adabiyotga o‘tgan. Mazkur fikrlami chuqurroq tadqiq etish maqsadida «Devonu lug‘otil turk»179 asariga murojaat etamiz. Garchi «Devonu lug‘otit turk» tilshunoslikka oid qimmatli asar bo‘lsa-da, unda berilgan badiiy ijod namunalari ma’lum darajada qadimgi turkiy adabiyotning o‘ziga xos tomonlarini tasavvur qilishga yordam bera oladi. Masalan, «Devon»da qadimgi turkiylar davlatining hukmdori Alp Er To‘nganing mardligi, olijanobligi, shon-shuhratini madh etuvchi, shu bilan birga, uning vafoti munosabati bilan paydo bo‘lgan bir qator to‘rtliklar uchraydiki, ulaming yaratilishi, shubhasiz, eramizdan oldingi davrlarga borib taqaladi. Mazkur to‘rtliklami marsiya janri namunalari, deb atash mumkin. Ulardagi chuqur dard, alam, iztirob, achinish, umuman, hazin ruh shunday deyish uchun asos bo‘la oladi.
Ma’lumki, Alp Er To‘nga miloddan avvalgi YII asrda yashagan turkiy xoqon edi. U turkiy qabilalami birlashtirib, qudratli davlat tuzishga erishadi va bu davlatning shon-shuhrati tez orada uzoq oTkalarga ham
,7‘’ Караш-. Фшрат. Энг эски турк адабиёти ламуналари. Тошкент, Мумгоз суз, 2008. Каюмов А. Қадимият обидалари. Тошкент, Адабиёт ва санъат, 7972; Стеблева И.В. Развитие тюркских поэтических форм X! века. Москва, Наука, 7977; Хайитмстов А. Қддимги туркий шеърият хдкида // Хаёгбахш чашма. Тошкент. Адабист ва санъат, 7974. В. 738-749- Маллаев Н. У збск адабисти тарихи. Тошкент, Уқигувчи, 1976. Б.55-66, I03-108; Узбек адабисти тарихи. 5 томлик, 1-том. Тошкент, Фан, 7978. Б.88-92; Махмуд Қошғарийнинг «Девону луготит турк» аенри ва у пинг туркий халклар мадапияги хамда жадон цивидизаниясида туи 'ан уряи. Халкаро конференция материаллари. Самарканд, 2002.
yoyiladi. Yusuf Xos Hojib ana shunday davlatning buyuk hukmdori - Alp Er To‘ngani bilimli, zakovatli, dono inson bo‘lganligi, tojiklar uni Afrosiyob deb atashganliklarini qayd etadi180. Mahmud Koshg‘ariy esa uni Koshg‘arda yashaganligini ta’kidlab, «yo‘lbars kabi kuchli bahodir odam»'0'
ekanligi to‘g‘risida xabar beradi.
Ulug‘ hukmdoming fojiali o‘limi turkiylarni chuqur qayg‘uga so- ladi. Xalqning qayg‘u-alamlari marsiyaning yuzaga kelishiga sabab beradi. Mahmud Koshg‘ariy turkiy urug‘lar yashaydigan hududlami kezib chiqar ekan, Alp Er To‘nga haqidagi marsiya parchalarini yozib oladi va «Devonu lug‘otit turk»ka kiritadi.
Marsiya asar tarkibida tarqoq ko‘rinishda uchrasa-da, olimlar ora- sida uni yaxlit tugal holda tiklashga harakatlar bo‘lgan. Bunday ishni dastlab Fitrat amalga oshiradi va 80 ta to‘rtlikni jamlab, «Eng eski turk adabiyoti namunalari» (1927) kitobiga kiritadi.
Marsiyada tasvirlanishicha, Alp Er To‘nganing o‘limi turkiylaming kuchsizlanishi, bilim ahlining e’tibordan chetda qolishi, ezgu ishlaming kamayishi va yovuzlikning kuchayishiga olib keladi. Hatto beklar ham qayg‘uga botadilar:
Beglar atin arg‘urub,
Qazg‘u ani turg‘urub,
Mengzi yuzi sarg'arib,
Ko‘rkum anga to‘rtulur.
Mazmuni: amirlar otlarini charchatib keldilar. Qayg‘u beklami oz- dirdi, yuzlari za’faron surgandek juda sarg‘aydi.
Marsiya bandlaridan biridagi barchaning bo‘ridek ulub, yoqa yir- tib yig‘lashi - qattiq qayg‘uga botishi Alp Er To‘nganing mard, jasur, olijanob kishi ekanligi va xalqning unga hurmati yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi:
Ulushib eran bo' rlayu,
Yirtin yaqa urlayu,
Siqrib uni yurlayu, 166 167
Do'stlaringiz bilan baham: |