O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)



Download 2,17 Mb.
bet6/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Tayanch so‘z va iboraiar; ko‘hna badiiy tafakkur, mif, afsona, adabiy jarayon, muqaddas afsonalar, etiologik mif kosmogonik mif ant- ropogonik mif urxun-yenisey yodgorliklari.
Qadimgi davrdagi adabiy yodgorliklar sifatida qadimgi mif va afso- nalami ham nazarda tutish mumkin.
Mif nima? Bu savol har doim ko'ndalang bo‘lib turadi. Mif, sodda qilib aytganda, olamning yaratilishi, insoniyatning kelib chiqishi, shu- ningdek, xudolaming, qahramonlaming paydo bo‘lishi, ulaming faoli- yati haqidagi badiiy, sodda va ko'pincha g‘alati ko‘hna badiiy tafakkur mahsuli bo‘lgan adabiy parchadir. Mif yunoncha so‘z bo‘lib, “afsona”, “rivoyat” ma’nolarini bildiradi. Ammo mifni afsona bilan bir deb qarab bo‘lmaydi. Mif badiiy tafakkuming eng kichik, sodda, epik syujetga ega bo‘lmagan ilk badiiy shaklidir. Mif adabiy jarayoiming birinchi bosqi- chidir. Yoki quyidagi ta’rif mif bilan afsonani yanada aniqroq farqlash- ga, ular o‘rtasidagi ayirmani yanada tushunarli qilib ko‘rsatishga xizmat qiladi: “Miflar - biz hozirda afsona deb ataydigan muqaddas rivoyatlar xarakterini qabul qiladi, Mif bilan afsona o'rtasidagi farq tushunarli: mif - tafakkuming beixtiyor shaklidir, afsona - ongli ijodning mahsulidir”.37 Insoniyat azalda mif yaratishni maqsad qilib qo‘ymagan, balki ma’lum kultlar, udumlar, urf-odatlami bayon qilish va amalda qo‘llash natijasida miflaming turlari kelib chiqqan. Bular ko'proq totemistik miflarga, kos- mogonik miflarga va boshqa qator mif turlariga tegishli.
Mif og‘zaki adabiyotning shakli sifatida. Badiiy adabiyotning ilk ko‘rinishi - og‘zaki shakli mifdan boshlangan. Mif qaysidir xalqlarda yozma shaklda saqlanib qolgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Sharq- dagi aksariyat yozma manbalar - shumer, misr, bobil, xet kabi qator qa- dimiy xalqlaming yozma yodgorliklaridan bir qator miflar bizgacha ye- tib kelgan. Jumladan, yaratilish (ismlaming, udumlaming, buyumlaming paydo bo‘lishi haqidagi etiologik miflar, yoki dlamning paydo bo‘lis'hi haqidagi kosmogonik miflar, msonning paydo bo'lishi haqidagi antropo- gonik miflar - bu har uchala mif turi arxaik miflaming asosiy mazmunini tashkil qiladi) haqidagi miflar yuqorida aytib o‘tilgan xalqlaming deyarli hammasida bor. Zotan, miflami qiyosiy-tarixiy o‘rganish asosida olimlar shunday xulosaga keldilarki, dunyodagi ko‘pchilik xalqlaming miflari- da bir qator mavzular va motivlar takrorlanavergan. Masalan, yuqorida aytilgan uchala mif turini madaniy rivojlangan xalqlaming hammasida uchratish mumkin.
Ibtidoiy jamiyatda mif olamni tushunish va anglashning asosiy usuli bo‘lgan edi. Shuning uchun mif ijod qilish insoniyatning madaniy taraqqiyotida muhim hodisa hisoblangan. Bu jarayon hamma mif turi- ga aloqador. Ayni paytda mif shunchaki qisqa matndan iborat adabiy parcha bo‘lib qolmay, u yaratilgan davrdagi olamni his qilish va olamni anglashni ifodalaydi. Inson ilk yaratilgan davrdan boshlab atrofga mu- nosabatini bildirib qolmasdan, “idrokli inson” sifatida olamni anglab yetishiga zarurat tug‘ilgan. Demak, mif idrokli msonning aqliy faoliyati mahsuli. Mif orqali inson ibtidoiy holda bo‘lsa ham, olamni ilmiy bilish- ga harakat qilgan.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish