Va zehni yuguruk va shirin so‘zluqlar manga gulgun ot qo‘yubturlar.
Har kimning paymonasi to‘lubtur mening bilan o'chashur. 0‘chashgach, shaksiz choparmen. Tangri manga bu durda* oncha kuch va tahawur* beribturkim, agar bahodirlar bir-biriga chiqsalar, men yuzga chiqarman va jigardori eranlar o‘sh kuni mening haqimda o‘qubturlar.
Bayt:
Yuraksizni yurakliklarga qotg‘on,
Sariq yuzni qizil qilg‘on chog‘irdur.
Va bilmon tag‘i mening zo‘rumni ko‘rub aytibtur. Nazm:
Zi obi surxi may uftodaast Zoli xirad,
Chi joyi Zol, ki Rustam biyoftad az surx ob.
(Mayning qizil suvi al-Zolini yiqitmish, Zolning xoli ne bo‘lg‘ayki, qizil suv Rustamni ham yiqitadi).
(*durd - suyuq narsa (masalan, may)ning quyqasi, sirqindi; * lahavvur — g ‘azab va shiddat bilan hujum etish, masalaga tushunmay turib, birdaniga qizishib, hovullab ketish, hovliqish)
Qur’oni Karimu Aflotun va Jolinus kabi buyuk mutafakkirlaiming Chog‘ir haqida aytganlari ham yuqoridagiday kinoya va mazax usuli bilan bayon qilinadi. Quyida Chog‘irning o‘z qiyofasini ro‘yi rost oshkor qilgani bois bu o‘rinda yana sharhlash ortiqcha:
Va manfaat olaminda ul xizmatkoridurmen to jonim bor, elga kuch berurmen va Haq taolo Qur’onda zikr qilibturkim, naf bobinda oyatedur- men va har nechukkim, zikr qilibtur ul hurmat menga yetar. Bayt:
Hayhotki nomai ba zaboni tu baroyad,
Yo hamchu te tuero chu mane dar nazar oyad.
(Sen qayerdayu meni tilga olishing qayerda, yoki ‘’Sen kimu men kim”)
Va mening xosiyatimni ul kishi bilurkim, o‘zini hikmat qonunida bu alo* tutar. Aning uehunkim, muddatlar kub* ichinda Aflotun bikin riyozat tortibturmen va hakim muni ko‘rub aytibtur. Nazm:
Ey davoyi naxvatu nomusi mo,
Ey tu Aflotunu Jolinusi mo
(Ey bizning vijdonimiz, nomusimiz davo! Ey bizning Aflotunimiz, Jolisunimiz!)
Do'stlaringiz bilan baham: |