O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘zbek adabiyoti fanidan 1-kurs talabalari uchun



Download 0,93 Mb.
bet5/55
Sana01.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#523683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
1 курс Узбек адабиёти 2020 21yil uchun МАЖМУА tayyori (2)

“Avesto” talqinlari. “Gohlar” yoki “Gotlar” daftari, yuqorida aytganimizday, “Avesto”ning birinchi qismi bo‘lib, beshta qo‘shiqdan iborat. Qo‘shiqlarda, asosan, Zardusht Axura Mazdani sharaflab, unga hamdlar aytadi, uning sifatlarini bayon etadi. Zardusht Axura Mazdani Ashah, ya’ni Haqiqat degan nom bilan ataydi1. Gohlarda Axura Mazdaga murojaat etish va uni sharaflash barobarida, Axura Mazda hamma narsani bilguvchidir, o‘tmishda insonlar qanday qabih ishlar qilganini va kelajakda insonlar nimalar qilishlarini Axura Mazda bilib turadi.. SHuningdek, Zardusht Axura Mazdani yagona adolatpesha hakam deb talqin qiladi.
Axura Mazdaning kalomi muqaddas, shu bois u “hushyorlar”ga - ezgu niyatli insonlarga qarata shunday murojaat qiladi: “Quloqlaringiz bilan puxta eshitingiz eng ezgu kalomlarni va yorug‘ niyat bilan – xoh er, xoh ayol – har biringiz nazar tashlangiz, to buyuk hodisa ro‘y bermasdan va oimlarimiz so‘nggi manzilga etmasdan ikki yo‘ldan birini o‘zingizga ixtiyor etingiz-da, bu kalomlarni o‘zgalarga ham etkazingiz!” Muqaddas kalomlarni boshqalarga etkazuvchilar – bu ham toza ko‘ngilli insonlardir, deb aytiladi “Avesto”da.
Gohlarda bayon qilinishicha, Axura Mazdadan oldin ham insoniyat nimagadir e’tiqod qilgan. Ammo bu e’tiqodning oqibati insoniyatni yaxshilikka emas, balki yovuzlikka undagan, insoniyat o‘sha e’tiqoddan faqat kazzob va xudbinlikni orttirdi, insoniyat “qabih niyatga qarindosh” bo‘ldi, Insonning bu holatga tushishini Axura Mazda yomon tarbiyachiga bog‘laydi: “YOmon tarbiyachi o‘z ta’limi bilan ilohiy so‘zlarni teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob aylaydi” (14-bet). YOvuzlik
Mazda haqiqatan hushyor, donishmand, insoniyatga bergan o‘giti va ta’limoti bilan jamiyatni o‘zgartirishga undadi. Zardusht uning maqsadlarini amalga oshirishda vositachi. “O‘zgalarni yaxshilikka olib borgan kimsalargagina yaxshilik nasib etadi” (14-bet), deb Axura Mazda o‘zining a’molini e’lon qildi.
Abadiy zamon tushunchasi SHarq xalqlarining qadimgi yozma diniy- falsafiy matnlarida tizimli holda mavjud. Bu diniy-falsafiy tizimga ko‘ra, hamma jamiki yaratilgan narsalar, shuningdek, jonzotlar, hayot, xullas, ruhiy, ma’naviy mavjudotlar ham abadiy borliq sifatida yashaydi. Shumerlarning “Gilgamish” dostonida Enkidu insonni o‘lmaydigan, abadiy hayot bag‘ishlaydigan ichimlik suvini izlagani ma’lum. “Oltun yorug‘” dostonida ham uch zamon – o‘tgan, hozirgi va kelasi zamon hamda bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘lajak yaxshi-yomon ishlar haqida so‘z ketadi (III 7b va boshqa qismlar). “Avesto”ning Gohlar qismidagi abadiy zamon tushunchasi ham ayna o‘sha ma’noda – abadiy hayot g‘oyasini aks ettiradi. Zardusht Axura Mazdaga: “Sendan o‘zga hech kim baxsh etolmaydigan boqiy tiriklikni nasib ayla. Bu armonli tiriklik haqida Olam Shahriyoridan bashorat bo‘lgandi” (19-bet), deya iltijo qilganda, Axura Mazdaning tanho Xudo kabi qudratini e’tirof ham etyapti. Zardusht buyuk faylasuf sifatida olamning yaratilishi haqida bilim berish, olam haqidagi tasavvur-tushunchalarini kengaytirish uchun Axura Mazdadan madad so‘raydi. Borliqning paydo bo‘lishi, uni kim yaratgani, Koinotning tuzilishi, shaklu shamoyili ham Zardushtning e’tiboridan chetda emas. Borliqning Yaratuvchisi va Haqiqatning otasi kimligini, zaminni kim yaratganini, tabiat hodisalariga, yomg‘iru qorlarning er yuziga shiddat bilan yog‘ilishini, xullas, yaratilish va harakatning paydo bo‘lishini Zardusht bilishni istaydi. Bu – Zardushtning ibtidoiy qarashlaridan paydo bo‘lgan tasavvurlari emas, balki olamni ilmiy bilishga intilishining mahsuli sifatida qarashni talab etadi.
Gohlarning diqqatga sazovor tomoni shuki, Axura Mazdaning ta’limoti, yo‘l-yo‘riqlari, o‘gitlari orqali Zardusht insoniyatning komil bo‘lishlarini istaydi. Bir-biriga hamqadam bo‘lgan inson bolalariga “ilohiy ta’limot gavhari”ni - Axura Mazdaning ta’limotini etkazishga jahd aylashni Mazda unga topshiradi.
Gohlarda ruh olami bor, moddiy olam bor. Bu olamning yo‘llarida Kavayga (Kavay yoki Kay – Kayoniy podshohlarining unvoni) ishonganlar – aqldan ozganlardir. Unday zotlar Zardushtni xushnud qila olmaydi, chunki ular bu olamda yashashdan maqsadlarini ruh olamidan, ya’ni ma’naviy olamdan emas, balki moddiy olamning chuqurliklari, so‘qmoq va puchmoqlaridan izlaydilar.
Gohlarning nihoyasida Zardusht erkagu ayollarni hushyorlikka, olamning soxtaliklariga uchmaslikka, to‘g‘ri yashashga chaqiradi. Uning aytishicha, duruj – dev firibgar, aldamchidir. Erkagu ayol devning olg‘a yurishiga, ularning ichiga kirib olishlariga yo‘l qo‘ymasliklari lozim. Dev rostlikni va to‘g‘rilikni tubanlikka uloqtiradi, insonlarni ham tubanlikka boshlaydi va tiriklik olamini oyoqi osti qiladi. Zardusht inson tabiatiga xos mehr-muhabbatni ulug‘laydi, insonlar doimo bir-birlarini qaynoq muhabbat bilan sevishga chorlaydi. Devlarning yo‘rig‘iga yuradiganlar qabihlik, qalloblikka mubtalo bo‘ladilar, shikast topadilar, deb ogohlantiradi Zardusht. YOlg‘onchilik – rostlikning bo‘ynidagi o‘lim zanjiri chil-chil sinib bitishini istaydi.
“Yasna” daftari Ashah – Haqiqatga hamdu sano, unga olqishlar bildirish, duolar, olovni qo‘riqlaydigan iloh Ozarni, din peshvolarini va boshqa ilohlarni, borliqni ulug‘lash bilan boshlanadi. “Avesto”ning shiori – ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal ham aynan YAsna qismida olqishlanadi. Zardusht ezguliklarning bu uch turini olqishlab: “Barcha yomon fikr, yomon so‘z va yomon amaldan yuz buraman” (34-bet) deb o‘zining maqsadini bayon qilar ekan, o‘zining mazdoparast, zardushtiy, devlar dushmani va ahuraviy ekanini o‘rni-o‘rni bilan ta’kidlaydi.
Yasnada zardushtiylar ilohlarni ulug‘lab, ularga olqishlar aytar ekanlar, insonning kundalik hayoti uchun zarurat bo‘lgan egulik, ichgulik va boshqa narsalarni ham ulug‘laydilar, jumladan, suvlar, giyohlar, yaylovlaru o‘tin-cho‘plar, tog‘larga, shuningdek, adolatga, Zardushtning odilligiga azaliy nurga olqish aytadilar. Ular Spiytamon Zardushtga alohida izzat-hurmat bajo keltirib, YAsnaning bir necha o‘rnida “Ashavan Spiytamon Zardusht fravashiysini olqishlaymiz” (46-bet), deb madh qilish bilan birga, unga xushnudlik bo‘lsin deya tilak ham bildiradilar. Bu olqishlar orqali zardushtiylar kundalik farovon hayotni, mehnatni va o‘zlarining rahnamosi Zardushtni ulug‘laganlar, degan fikrga kelish mumkin. Zotan, Zardusht o‘z ta’limotini yaratib, ijtimoiy-siyosiy hayotda ilk bor chorvadoru dehqonlarning, hunarmandlarning manfaatini himoya qildi. Qoraversa, zardushtiylik diniy-falsafiy oqim sifatida hayotga yaqin bo‘lib, insoniyatga faqat pand-nasihat qilish bilan cheklanib qolmasdan, kundalik turmushning farovon bo‘lishiga ham yo‘l ko‘rsatdi. SHu bois ham bu diniy-falsafiy oqimlarni targ‘ib qiladigan yozma asarlar uzoq asrlar davomida paydo bo‘ldi, xalqning qarashlari, udumlari, aqidalari bu matnlarning yozma asar sifatida paydo bo‘lishida tayanch vazifani bajardi.
YAsnada olqish va hamdu sanolardan so‘ng Jamshid haqidagi afsona keladi. Astumand olamida yashovchi insonlar orasidan Yima (Jamshid)ning otasi Vayvanghon havm degan o‘simlikni siqib, undan suvini oladi. Buning evaziga farzandi Yima dunyoga keladi. Yima Jam, Jamshid deb ham yuritiladi. Afsonada aytilishicha, Jamshid yazshi suruvlar egasi, odamlar orasida eng e’tiborlisi, nihoyatda go‘zali bo‘lib etiladi. Jamshid hukmronligi davrida odamzod ham, boshqa jonzotlar ham abadiy yashaydigan, o‘t-o‘lanlar, daraxtlar ham qurimaydigan bo‘ldi, inson va hayvonlar uchun emish mo‘l-ko‘l edi. Jamshid hukmronligi paytida qish, na jazirama issiq, na keksalik, na o‘lim, na devlar bor edi. Ota va o‘g‘il bir-biriga o‘n besh yashar yigitchaday ko‘rinardi.
Shundan keyin Vayvanghon o‘simligi suvidan Otbiyn degan odam ichdi va Faridun o‘sha odamdan tug‘ildi. Faridun Aji dahokni mag‘lub qilgan qahramondir. Uchinchi bo‘lib o‘sha o‘simlik suvini Som xonadonidan Atrat degan odam ichgan edi, undan Gershasp tug‘ildi. Gershasp esa shoxli ajdahoni o‘ldiradi. Gershasp choshgoh payti temir o‘choqda ajdahoning ko‘ragida ovqat pishirayotgan edi. Issiqlik ta’siridan ajdaho qattiq qalqib ketadi va o‘choqdagi qaynoq suv to‘kiladi. Garshasp epchillik bilan o‘zina chetga oladi va ajdahoni o‘ldiradi. To‘rtinchi bo‘lib esa bu o‘simlik suvidan Purushaspa degan odam ichdi va undan mazdoparastlik dinining asoschisi Zardusht tug‘ildi.
“Yasna”ning bir necha boblarida suvga madhiya aytiladi. Suvga madhiya bir o‘rinda Zardusht tomonidan bayon qilinsa, boshqa o‘rinlarda din arboblari tomonidan olqishlanadi. Jumladan, din arboblaridan Rospiy suvlarga hamdu sano aytar ekan (68–hot), suvga nafaqat moddiy, ayni paytda ruhiy ma’no yuklaydi: “Ey suvlar! Sizlar yaxshilik bilan ravonasiz, xilqatni yuvib, pok etasiz va ikki jahon saodatiga sazovorsiz. Biz sizlarni e’zozlaymiz. Sizlarni, ey yaxshi suvlar, xushnudlik bag‘ishlaguvchi Axura Mazda in’om aylagan ismlar bilan olqish etamiz. O‘sha nomlar vositasida sizlarni madh etamiz. O‘sha ismlar vositasida sizlardan do‘stlik orzusidamiz” (98–bet). Bu parchadan ko‘rinib turibdiki, suv poklik timsoli sifatida yaratilgan jamiki narsalarni poklovchi vosita va shu bois ham har qancha olqishlarga sazovordir.
“Vandidod” daftari “Devlarni uzoqlashtiruvchi qonun” yoki “Devlarga qarshi nizom” ma’nosini ifodalaydi. “Vandidod” ibtidosida Zardusht Axura Mazdadan, mendan boshqa yana kimlardan hol–ahvol so‘rading, Ahura va Zardusht dinini kimga oshkor qilding, deb so‘raydi. Jam (Jamshid) – Zardushtdan keyin turadigan ikkinchi shaxs. Zardusht er yuzida mazdakiylikni yoyuvchi birinchi zot bo‘lsa, Jam zaminga farovonlik olib kelgan ilk podshoh, er yuzidagi jamiki insoniyat va jonzotlarning homiysidir. Axura Mazda Zardushtning savoliga javob berar ekan, quyosh yuzli, go‘zal qiyofali Jamdan hol–ahvol so‘rab, Zardusht dinini unga oshkor qilganini aytadi.
A xura Mazda bilan Jam o‘rtasidagi suhbat “YAsna”dagi Jam haqidagi afsonaning davomidir. Jam – zardushtiylikni targ‘ib qiluvchi emas, balki Axura Mazdaning amriga ko‘ra, er yuzining podshohi bo‘lishni afzal biladi. U Axura Mazdaga shunday va’da beradi: “Men sening jahoningga kengglik baxsh etaman. Men sening jahoningni ardoqlayman. Jahon ahliga peshvo va asraguvchi bo‘laman. Mening saltanatimda na sovuq bod, na issiq bod, na kasallik va na o‘lim bo‘ladi” (109–bet). “YAsna”dagi Jam afsonasi bayoni “Vendidod”da uzluksiz, izchil davom etadi. Voqealar davomida er yuziga hayvonot va parrandalar, insonlar sig‘may qolganidan Axura Mazda Jamni ogoh etganda, Jam zaminning janub tomoniga havo purkab, er yuzini qamchi bilan savaladi. U Axura Mazdadan “shafqat nurlarini zamin uzra yog‘dir, kengliklar ato ayla”, deya iltijo qiladi. Zamin kengayib, hayvonlar va insonlar maskan qiladigan joylar paydo bo‘ladi. Ammo “o‘shanda Jam saltanatiga olti yuz zimiston bostirib keldi. Er yuzi suruvlar, tevalar uyuri, odamlar, itlar, parrandayu darrandalar va kuydirguvchi qizil olovlarga to‘lib ketdi. Suruvlar, tevalar uyuri va odamlar er yuziga sig‘may qolishdi” (109–bet). YAna er yuzi torlib qilib qolgach, Axura Mazdaning amri bilan Jam, yana ilgarigiday, zaminni kengaytiraveradi va bu bir necha marta davom etadi.
Markaziy Osiyo chorvachiligini va transport vositasida ham foydalaniladigan tuyachilikka alohida e’tibor berilayotgani hududning iqtisodiy hayotini rivojlantirish omillarini ham ko‘rsatadi. Ana shu beshta fazilatning aksi - g‘am-g‘ussaga giriftor bo‘lgan besh maskan haqida ham alohida bayon qilinadi. Insoniyatga tamomila befoyda, shu bilan birga, zardushtiylar e’tiqodiga tamomila zid bo‘lgan maskanlar quyidagilardir: mifologik tog‘ Arzivar - do‘zaxdan chiqqan devlar yig‘iladigan maskan; odamlar va itlarning jasadlari tuproqqa ko‘miladigan joylar; odamlarning jasadlari qalashtirib ko‘miladigan daxmalar; Axrimandan yaralgan maxluqlar in qurgan makon; g‘uborli ko‘chada o‘ldirilgan to‘g‘ri odam ortidan xotini va farzandlari ohu fig‘on chekib borayotgan joydir. Zaminni bulg‘agani uchun insonga beriladigan jazo, turmush tarzi haqidagi qonun-qoidalar “Vendidod”ning muhim qismlaridandir.
Axura Mazdaning yaxshi va yomon maskanlarga bergan bu bahosi ostida faqat real hayot hodisalarini ko‘ramiz. Ayrim timsollar mifologik mazmun kasb etsa ham, real voqelikka va real borliqqa bog‘langan.
Mitra – jasoratliligi, o‘z ahdigi saodiqligi bilan ajralib turadi. U devlarning kallasini majaqlashga, e’tiqodsiz, ahdida turmaydiganlarni jazolashga qodir, yolg‘onchi, subutsizlarga shafqatsiz, afsungarlarni yo‘q qilib tashlaydi. Mitraga sig‘inganlarning mamlakati darvozalarini mustahkam qiladi, odamlarning hayoti farovon bo‘lishini ta’minlaydi, ularga suruvlar in’om qiladi, u yaxshilarga – yaxshi, yomonlarga – yomon. Kazzoblarni bor narsasidan mahrum qiladi. Uni tan olmaganlarga shunday g‘azabini sochadiki, ularning yaylovlari g‘azabga to‘lib-toshadi. Uni tan olganlarga esa zarracha zarar etkazmaydi. Mitra etib borgan mamlakatlarning vodiylari va yaylovlari podaga to‘ladi, odamlaru jonivorlar o‘sha mamlakatda emin-erkin yashaydi. U cheksiz qudrat sohibi, ulug‘vor ilohdir. Shu bois:
Biz Mitrani e’zozlaymiz,
Biz Mitrani e’zozlaymiz,
Qachon borar esa ellar, yurtlar sariga,
Qachon qoim bo‘lsa mulku mamolik aro,
Biz Mitrani e’zozlaymiz.
Urush va G‘oliblik ilohi Vartragnaga bag‘ishlaangan qasida ham bor. Vartragna Zardusht qoshida o‘n marta paydo bo‘ladi va har safar paydo bo‘lganda, boshqa-boshqa qiyofada zohir bo‘ladi: shamol qiyofasida, oltin shoxli novvos, oppoq uchqur tulpor, bo‘ron singari nortuya, qobon, o‘n besh yoshli yigitcha, mifologik Varagni qush, tog‘ qo‘chqori qiyofasida, yovvoyi echki va nihoyat, ajoyib er yigit qiyofasida. Har bir qiyofaga kirganda, u qudratli bo‘ladi, uni hech kim o‘ldirolmaydi.
Bu daftarda yana saxovatli taqdir va baxt ma’budasi Asha qasidasi, baxt va qudrat sohibi Huvarnoga bag‘ishlangan qasida ham bor.
“Vispirad” – beshinchi daftar, 24 bobdan iborat. Asosan, jamiki olam peshvolarini madh qiladi. Ayrim o‘rinlarda Zavt va Raspiy birgalikda, olqish aytsalar, ayrim o‘rinlarda yo Zavt yoki Raspiy olam peshvolariga olqish aytadilar. Bu daftarning umumiy mohiyati, butun olam Xudoniki degan ta’limotni ilgari surishdan iborat.
“Kichik Avesto” yoki “Xurda Avesto” oltinchi daftar deb yuritiladi. Bu daftar “Avesto”ning umumiy mundarijasini ifodalaydi va bugungi “Avesto”ning bo‘limlaridan biri. “Kichik Avesto” asosan, zardushtiylarning kunduzgi toat-ibodatlari, duo va aloqalaridan tashkil topgan. Jumladan, dastlabki uch alqov Axura Mazdaning Ashah – Haqiqat ekani, olam Hukmdori ekani, Haqiqat nurlari ostida eng go‘zal amallarni bajaruvchilardan ogoh ekani haqida bo‘lib, darvishlarni asrash uchun Zardushtni tanlaganini aytadi. “Belbog‘ bog‘lamoq duosi” qismida Pozand degan din arboblaridan biri Mazdaga hamdu sano aytadi va gunohlari uchun tavba qiladi. U Axura Mazdaga shod-xurramlik va Axrimanga mag‘lubiyat tilaydi. Axuraning hamma xohishi bajo bo‘lishini istaydi. “Avesto”ning asosiy shioriga ishonishini bayon etadi. Bu shior quyidagilardir: “Men ezgu andisha bilan andisha yuritganga ishonaman. Men ezgu so‘z so‘zlaganga ishonaman. Men ezgu amallining amaliga ishonaman. Men mazdoparastlik diniga ishonaman, zero u qurol ushlaganga chang soladi va uni biryoqlik qiladi; u qon-qardoshlik robitalarini mustahkamlaydi. U shu qadar pok dindirki, hozirgi va keyingi keladigan dinlar orasida eng ulug‘i va eng yaxshisidir. Axuraviy, Zardushtiy din” (298-bet).
“Surush boj” duosi har kuni bomdod mahali, uyqudan turgach o‘qiladigan mashhur mazdoparastlik duolaridandir. Duoning mazmuni – Pozand gunohlari uchun tavba qiladi, mazdoparast, zardushtiy va devlar dushmani ekanini ta’kidlaydi, ilohlarga hamdu sano aytadi, Surushni olqishlaydi, g‘animlar adovatidan asrashni Mazda va Zardushtdan so‘raydi va h.k. Umuman, “Avesto” kitobi Markaziy Osiyo xalqlari hayotining hamma tomonlarini qamrab olgan.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish