O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘zbek adabiyoti fanidan 1-kurs talabalari uchun



Download 0,93 Mb.
bet4/55
Sana01.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#523683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
1 курс Узбек адабиёти 2020 21yil uchun МАЖМУА tayyori (2)

Zardushtiylik ta’limoti. Ayrim evropalik olimlarning aytishlaricha, Zardusht o‘z davrida ta’qibga uchragan. Ammo u buyuk payg‘ambar, insoniyat najotkori deb e’tirof etilgan. Ko‘pchilik adabiyotlarda Zardusht miloddan oldingi XII-VII asrlar oralig‘ida, miloddan oldingi X asrda yashagan deb ko‘rsatiladi. Zardushtning o‘z davridagi siyosiy vaziyatda muhim rol o‘ynagani uni najotkor sifatida talqin qilishga sabab bo‘lgan bo‘lsa ehtimol. Kohinlar xalqqa qarshi yaylovlarni tortib olib, xalq jamoa bo‘lib ishlaydigan ibodatxonalarni vayron qilib, o‘zlarining siyosatini yurgizar edilar. Buning ustiga, eski kultlarga sig‘inish oqibati ham kohinlar va zodagonlarning manfaati uchun mos edi. Mana shunday tarang vaziyatda Zardusht keng ommaning manfaatlarini himoya qilib, o‘troq chorvador qabilalarning vakili sifatida maydonga chiqdi va payg‘ambar deb e’tirof etildi. Zardusht ta’qibga uchragani uchun ham ongli ravishda unutilgan bo‘lishi aniqroq. YAngilik va yangi g‘oyalarning taqdiri har doim oson kechavermagan.
Xo‘sh, Zardusht yaratgan ta’limotning mohiyati nimadan iborat? U qanday shakl va mazmundagi ta’limot edi? Uning ta’limoti – ezgulik va yovuzlik ruhlari o‘rtasidagi kurashdan iborat edi, jamiyatdagi mutanosiblikni buzadigan nomutanosiblikka qarshi kurash edi. Zardushtiylik ta’limoti dastlab yaratilgan paytda diniy emas, balki axloqiy qarashlarning majmui sifatida yuzaga keldi.
Zardusht yaratgan islohot shundan iboratki, u yakka xudolik va dualistik qarashlarning original birikuvini yaratib, dinda o‘ziga xos tizimni barpo qildi. Zardushtiylikda eng qiziqarlisi – xohish-iroda erkinligi konsepsiyasi o‘zining rudiment shaklida tasavvur qilinadi (predstavlyaetsya). Bu rudiment shakli mantiqiy ziddiyatni bartaraf qilishga yo‘l bermaydi.
Axura Mazda (yoki Xo‘rmuzd) oliy Xudo sifatida hamma qarama-qarshi kuchlarning yaratuvchisi hisoblanadi. Ammo uning egizak o‘g‘illari Spentaman (muqaddaslik Ruhi) va Axriman (yovuzlik Ruhi) haqiqat (osha) va yolg‘on (do‘st yoki drudj) o‘rtasida tanlov qilishiga to‘g‘ri keladi. Ular yaxshi yoki yomon fikrlari, so‘zlari va ishlarida ana shu haqiqat va yolg‘onni namoyon qiladilar.
Axura Mazdada mujassamlashgan ezgulik va yovuzlikni Zardusht ijtimoiy muammo sifatidagina ilgari surib qolmadi, balki bu muammo ijtimoiy-siyosiy jarayondan diniy-falsafiy jarayonga aylandi va ilohiy tus oldi.
“Avesto”dagi obrazlar – Xo‘rmuzd obrazi “Oltun yorug‘”da Budda timsolidan keyin turadigan timsoldir. Xo‘rmuzdning “Oltun yorug‘”dagi yana bir ismi Kavsikiyadir. Xo‘muzd - to‘rt maxaranch tangrilarning rahnamosi, to‘rt maxaranch tangrilar esa olamning to‘rt tomoni qo‘riqchilaridir. Xo‘rmuzd tangri Indra bilan birligiga va roliga quyidagicha baho beradi: “(Ey) Kavsikiya! Sen endi o‘lmaydigan ko‘p jonzotlarni yovuz qilmishlaridan, iflosliklaridan poklab, haqiqiy, to‘g‘ri poklanishga etkazmoqchisan, najot topmoqlik yaxshiligi bilan (ularni) xotirjam, xursand qilmoqchisan, (ular o‘zlarining) xohishi bilan komil olamga shafqat ko‘rsatib, jamiki jonzotlarga solihlik, katta foyda etkazadi(gan bo‘lgan) lari uchun, u(lar) (uchun) bu singari nihoyatda zarur (narsani) iltimos (qilib) so‘rayapsan” (III 2b-3a). Xo‘rmuzd solihlik, poklik, jamiki jonzotlarning homiysi ramzi sifatida namoyon bo‘ladi.
“Oltun yorug‘”dan keltirilgan bu parchani “Avesto”dagi Xurmuzd (Axura mazda)ga berilgan ta’rif va tavsiflarga solishtirib ko‘raylik. “Avesto”ning Gohlar qismida Axura Mazdaning insoniyatni bu olamni gunohlardan poklaydigan kurashchi ekanini Zardusht unga tavallo qilib, birma-bir bayon qiladi: Xo‘rmuzd – bu olamning tanho adolatpeshasi, ilk donishmand, Ezgu Niyatning otasi, Haqiqatning chinakam yaratuvchisi va h.: “Qachonki kimsa oshkor yoki pinhon nimanidir so‘rsa, kichik gunohlardan xalos bo‘lib, ulkan gunohlardan parhez qilmoqchi bo‘lsa, sen uni o‘zingning o‘tkir nigohlaring bilan nazorat qil va barchani Ashah – Haqiqat nurlari ostida hidoyatga boshla”.
Xullas, Xo‘rmuzd “Avesto”da qanday vazifa bajarsa, “Oltun yorug‘”da ham o‘sha vazifani bajaradi. YOki Zervanning vazifasi ham “Oltun yorug‘”da (Azrua deb nomlanadi) “Avesto”dagi Zervon bilan aynidir. Masalan, “Oltun yorug‘”da Azrua tangrining maskanida jonzotlar qayta tug‘ilishi uchun gunohlaridan pushaymon bo‘lib, iltijo qilish va tavba etishi pok so‘zlar bilan yomon qilmishlarini, kirlarini, iflosliklarini yuvib, tozalashi kerak (III 9a). Azrua “son –sanoqsiz olamning xoni” (III 19a), Azrua tangri podshohlar, xonlar rioya qiladigan Rachashastir degan qonun bitigini so‘zlagan va bitig holiga keltirgan (VIII 26a). U Buddadan, no‘m g‘ildiragini aylantirishni – maxayana mazhabini jonzotlarga berishni iltimos qiladi va shu orqali er yuzida solihlikni barpo qilishni, jamiki jonzot bolalarini tinch – omon, shod – xurram qilishni ko‘zlaydi. Umuman, Azrua tangri “Oltun yorug‘”da komil jonzotlarni yaratadi va ko‘paytiradi.
Mazkur qiyoslardan ma’lum bo‘ladiki, “Avesto” va “Oltun yorug‘” o‘rtasidagi muvofiqlik O‘rta Osiyo bilan “Oltun yorug‘”ning ilk vatani Hindiston o‘rtasidagi tarixiy aloqalarga ishora qiladi. Ko‘p tarqalgan nuqtai nazarga ko‘ra, II ming yillikdan oldin O‘rta Osiyodan, xususan, Amudaryo va Sirdaryo oqimi bo‘ylab joylashgan o‘lkadan tortib, Orol va Kaspiy dengizlarigacha cho‘zilgan yurtgan Hindistonga ariylar qabilasi bostirib kirgan (M. Mayrxofer, I.Dyakonov, T. Borrau va boshqa ko‘p sharqshunoslar shu fikrda). Ana shu davrdan boshlab ariylarning alohida qabilalari turga tomonga ko‘cha boshlaganlar. Bu ko‘chish miloddan oldingi II ming yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ular O‘rta Osiyodan Afg‘onistonga, u erdan Hindikush tog‘lari orqali Hindistonga – hozirgi Panjob viloyatiga o‘tganlar. Ariy degan nomni Hindistondagi qabilalar qo‘ygan emas, balki O‘rta Osiyodan borgan qavmlar o‘zlari bilan birga olib borganlar. Ariylar “nafaqat harbiy iste’dodi bilan, balki badiiy so‘z sohasidagi iqtidori bilan ham ajralib turganlar. Bu qabilalarning eng asosiy xazinasi madhiyalar bo‘lib, kelgusida jamlangan Rigvedalarning asosida ana shu madhiyalar yotgan edi”. Ariylarning boshia o‘lkalardan Hindistonga kirgani to‘g‘risida boshqa fikrlar ham bor, ammo ko‘pchilik rus va Evropa sharqshunoslari ariylar dunyoning ko‘p tomonlariga O‘rta Osiyodan tarqalganini aytadilar.
“Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd hamda Zervan obrazlarining birligi ularning ijodkorlari bir xalq ekanini ko‘rsatuvchi bitta dalil bo‘lsa, ikkinchisi, Axura Mazda bilan Buddaning, Zardusht bilan tangrilar xoni Xo‘rmuzdning faoliyatidagi o‘xshashliklardir. “Avesto”da Zardusht muhim qonunlar so‘rab, Axura Mazdaga murojaat etadi, Axura Mazda jamiki er yuziga Zardusht orqali qonunlar beradi. “Oltun yorug‘”dani bir misol keltirish bilan cheklanamiz: Xo‘rmuzd maxayana yo‘l- yo‘riqlari bo‘yicha yurmaydigan insonlar o‘zlarining qilgan himmatlaridan xursand bo‘lishga loyiqmi, deb so‘raganda, tangrilar Tangrisi Budda shunday yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi: “Qaysi bir jonzotlar xoh muqaddas maxayana no‘midagi yo‘l – yo‘riq bo‘yicha yurishga qodir bo‘lsinlar, xoh yana muqaddas maxayana no‘midagi yo‘l – yo‘riq bo‘yicha yurishga qodir bo‘lmasin(lar), qodir bo‘lganlar (va qodir bo‘lmagan) o‘sha aslzodalar o‘g‘li, aslzodalar qizi kechayu kunduz olti zamonda janub tomonga o‘ng elkalaridagi to‘nlarini ochib, o‘ng tizzalari bilan cho‘kkalab, kaftlarini (bir – biriga) qovushtirib, ko‘p hurmat – ehtirom (bilan) g‘oyat pok sodiq ko‘ngil bilan, bir maqsad, idrok va his – tuyg‘ular bilan o‘ng tomondagi olamlarning jonzotlari qilgan himmatli, ezgu ishlariga, ezgu sa’y – harakatlariga muvofiq xursand bo‘lib, sevinsa, keyin o‘sha aslzodalar o‘g‘li, aslzodalar qizi hisobsiz, tengi yo‘q himmatli, ezgu ishlarini qiladi” (III 12b- 13a).

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish