Uning mazkur masnaviysi Alisher Navoiyga qadar yaratilgan doston
jamming o'zbek mumtoz adabiyotidagi noyob namunalaridan biridir.
O'zbek mumtoz adabiyoti tarixida doston janri ravnaqiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan «Gul va Navro‘z» 1411 yilda yozib tugatilgan.Asaming «Sababi nazmi kitob» faslida
e’tirof etilishicha, doston Amir Temuming nabiralaridan biri Iskandar Mirzoning topshirig‘i bilan ijod etilgan.
«Gul va Navro‘z»-ishq-muhabbat haqidagi dostondir. Undagi aksariyat obrazlar ramziy mohiyat kasb etadi. Asaming nomlanishidanoq ijodkoming bu masalaga diqqatni qaratganligi anglashilib turadi. Sharq xalqlari o'rtasida yil boshi sifatida bayram qilib kelingan Navro'z—21 martning kirib kelishi shodiyonalari bilan bog‘liq turli janrdagi folklor namunalari keng tarqalgan. Yozma adabiyotda esa ulug‘ fors-tojik shoiri Umar Xayyom «Navro‘znoma» nomli nasriy asarini, Hojui Kirmoniy (1341 yilda vafot etgan) «Navro‘z va Gul» nomli dostonini yaratishdi.
«Gul va Navro'z» esa turkiy adabiyotdagi shu mavzuga bag'ishlangan ilk
yirik dostondir.Asarda navshodlik shahzoda Navro'z bilan farxorlik malika Gulning
ishqiy sarguzashtlari hikoya qilinsa-da, unda ijodkoming markazlashgan davlat va adolatli shoh haqidagi qarashlari o ‘z ifodasini topgan.Dostonning asosiy voqealar tizimi Navshod eli hukmdori Farruxning tavsifi bilan boshlanadi. U hamma narsadan ogoh, saodat yulduzi porlab turgani bois iqboli baland, butun mamlakat uning hukmi ostida bo‘lib,adolati olamga mashhur, hisobsiz askari bo‘lgan, mulki m a’mur hukmdor edi. Biroq u «jahondin bir o ‘g‘ilga orzumand» bo'lib yashadi.
Bahoming kirib kelishi, Navro‘zi olam tashrifi kuni Tangri taolo unga bir o ‘g ‘il ato etadi.Dostonda tasvirlanishicha, Navro‘z ilm va hunarda yakto, jismonan baquvvat shahzoda sifatida tarbiyalanadi. Shu bois u chog'irda o‘z aksini ko'rib, o ‘z-o‘zidan g'ururlanadi. Shahzodaning ko'zlarini uyqu elitib,tushida Gulni ko‘radi. Malika Navro‘zga o‘zini tanitib, farxorlik ekanligini aytadi:
Otim Guldur vale Farxordinmen,
Ne ul gulkim, degaysen xordinmen (359-bet)
Navro'z uyqudan uyg'onib, tushining ta’birini eldan so'ramoqchi bo‘ladi. Ko'pchilik orasidan Bulbulni o ‘ziga yaqin olib, unga tushini bayon qiladi. Bulbul ham farxorlik edi. U shahzodaga Shohi Mushkinning qizi Gul haqida hikoya qilib beradi. Keyin Bulbul Navro‘zning holatidan Gulni xabardor qilish uchun Farxorga yo‘l oladi. Bulbul Gulning ko‘shki atrofida Navro‘z haqida nola-fig‘on chekib, xalqning tinchini buzib navo qiladi. Tongda uyg'ongan Gulning ham bu voqeadan holi parishon bo‘ladi. Malika o'zidagi o‘zgarishlami sehr-jodu, makr-hiylani o ‘z yurti Kashmirdan o ‘rgangan, «tili goh xanjar», ba’zan esa «so‘zan» bo‘lgan enagasi Savsanga aytib beradi. Savsan Bulbuldan ham Navro‘z sifatini eshitadi va malikaga malomat qiladi, uni uyatsizlikda ayblaydi. Tabiiyki,
qiz undan achchiqlanadi.Shahzoda Navro'z ham Gulning ishqi bilan yashaydi. Uning bu
holidan otasi Farrux ogoh bo‘ladi. Hukmdor beklar bilan kengashib,Bahman ismli bek bilan Navro‘zni Farxorga yuborishga ahd qiladi. Farrux o'ziga bir dona ham oltin qoldirmay, o ‘g‘li uchun xazina tayyorlaydi.Tangridan tilab olgan yolg‘iz farzandidan ajralish ota uchun bir musibat edi. Ammo shahzodaning ko‘ngliga qarshi chiqish ham tahlikali ekanligini Navshod hukmdori yaxshi bilardi. Dostonda bu holat quyidagicha tasvirlanadi:
Otasi yig‘lay- yig‘lay uyga yondi,
0 ‘g‘ul o‘ynay-o‘ynay yo‘lg‘a uzandi (372-bet).
Navro‘z o ‘z muhabbatiga erishishdek ko'nglining eng buyuk istagi yo‘lida juda xatarli safarga otlanadi. Shahzodaning m ol-u mulklari qiziqtirgani uchun uning «sodiq» yo‘ldoshiga aylangan Bahman o ‘z razil niyatini amalga oshirishga muvaffaq bo'ladi. U Navro‘zni g‘aflat uyqusida qoldirib, butun xazinani o ‘z hamrohlari bilan olib ketadi.Shahzoda esa Bahman bilan ketib qolmagan kishilarga ham yurtga qaytish uchun ijozat beradi. Biroq ular yo'llaridan qaytishmaydi. Navro‘z Farxorga yetib boradi. Bulbul va Savsanning sa’y-harakatlari bilan sevishganlar bir-birlari bilan ko‘rishadi. Ammo Shoh Mushkin Gulni Chin xoqoniga tortiq qilgandi. Chin xoqoni elchilari bilan Gul o ‘zga yurtga otlanadi. Navro‘z ham Chin sari yo‘l oladi. Chin xoqoni davlati sarhadlari yaqinida sevishganlar qochishni ixtiyor qiladilar.
Shunday qilib, muhabbat—oliy ilohiy ne’mat ekanligini qalbdan anglagan Gul va Navro'z shu buyuk tuyg‘u asiri sifatida barcha qiyinchiliklardan cho‘chimay, ulug‘ maqsad sari talpinadi. Chin xoqoni davlati sarhadlarida Yaldo ismli bir qonxo‘r qo‘lida bandilikka tushadilar.Xoqon vafotidan so‘ng yana qochib, devlar manziliga, Shayx Najdiyga duch kelishadi. Daryo to‘fonlari-yu dengiz po‘rtanalariga uchrab, ikki taxta ustida sevishganlar ikki tomonga ayrilib ketishadi. Dengizdan Gulni Javhar qutqazadi. U Adan mulkiga borib qolgan edi. Mamlakat hukmdori Bade’ uni o ‘ziga farzand sifatida ko‘radi. Gul yigit libosida bo'lgani uchun podshoh uni o'ziga o ‘g‘il deb biladi. Malika Gul bu yerda arslonlar
bilan kurashadi. Navro'zni esa bir kambag'al baliqchi dengizdan qutqaradi. U Yaman yurtiga borib qolgan edi. Baliqchi Yusufsifat shahzoda haqida mamlakat vaziriga xabar beradi. Vazir uni podshoh Rafe’ bilan tanishtiradi. Rafe’ ham Navro'zni o ‘g‘il sifatida qabul qilib, barcha beklardan uning mavqeini yuqori deb biladi. Bunga Bahrom ismli sardor
hasad ko‘zi bilan qaraydi. Gulning jasorati bilan kuchaygan Adan Yaman mamlakatiga qarshi hujumga o ‘tadi. Jang qizib, yakkama-yakka olishuv boshlanadi. Malika Gul hasadchi Bahromni shunday kurashda halok etadi. Maydonga Navro'z va Gul chiqishadi. Navro'z Gulning ovozidan uni taniydi. Shundan so'ng muhabbat adovatga chek qo‘yadi. Hukmdorlar yarashishadi, ginalar unut bo‘ladi. Adan va Yaman podshohlari Gul va Navro'z bilan birgalikda hajga borishadi. Sevishganlar Ka’bani tavof qilayotgan otalari Farrux va Mushkinni tanib qolishadi. Hukmdorlaming kelishuvlari asosida Navshod, Farxor, Adan, Yaman mamlakatlari birlashadi, Navro'z mamlakatni adolat bilan idora eta boshlaydi.
«Gul va Navro‘z»ning «Podshoh madhi bila kitob xotimasi» nomli so‘nggi bobida doston muallifi Sulton Iskandami madh etadi. Bu bilan ijodkor Amir Temur vafotidan so‘ng tobora parchalanib, inqirozga yuz tuta boshlagan mamlakat taqdirini o ‘ylab, temuriy shahzodalami birlashishga, buyuk sohibqironning markazlashgan davlatini saqlab qolishga chaqiradi. Shoir asardagi har bir so‘zning ma’no-mohiyatiga e ’tibomi qaratganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat, avvalo,qahramonlar va joy nomlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunonchi,
Farrux—go‘zal, baxtli, muborak, qutlug1 yuzli ma’nolarini anglatadi.Uning o ‘g‘li Navro'z esa, haqiqatdan ham, Navshod hukmdorining hayotiga yangi kunni baxsh etadi. Navro‘z bahoming fusunkor ko'rkiga ko‘rk qo'shgan Gulni sevadi. G o‘yoki bahoming ilk kuni go‘zallik shaydosi sifatida, olamdan go‘zallik izlayotganga, bu yo‘lda uchraydigan
barcha yovuzliklami yengayotganga o ‘xshaydi. Gul—Farxor elidan,Farxor—orasta, chiroyli, shinam degan ma’nolami anglatadi. Bu bilan shoir Gul va u unib o ‘sgan yurt bir-biriga mosligini qayd etgan bo‘ladi.
Dostondagi salbiy obrazlar Bahman, Yaldo, Shayx Najdiylaming nomlanishida ham shunday ramziylik mavjud. Bahman—qishning eng ayozli kunlari ma’nosini anglatsa; Yaldo—qish mavsumidagi eng sovuq,uzun va qorong‘u kecha demakdir. Najdning lug‘aviy ma’nosi esa yeming baland qismi, to‘siqdir. Dostondagi ijobiy obrazlar Bahor, yovuz
kuchlar timsollari esa Qish fasliga uyg‘un nomlar bilan atalganki, bu ham yoz bilan qish haqidagi qadimgi ajdodlarimiz qarashlariga yangi ma’no mujassamlashtirganligini anglatadi. Shuningdek, dostonda shoiming istiora, mubolag‘a, tashbeh kabi tasviriy vositalardan mahorat bilan foydalanganligi ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, dostondagi bosh
qahramonlardan biri Gul siymosi asarda nozik did bilan go‘zal tasvirlangan.
Gul—nafosat, go'zallik ramzidir. Shu bois uning tavsifi dostonda tadrijiy rivojlantirilib boriladi. Bulbul bu haqda Navro‘zga hikoya qilarkan,
Gulni shunday ta’riflaydi:
Uzori aksidin oy xiyra bo‘lg‘ay,
Yuzi 0‘trusida kun tiyra bo‘lg‘ay (362-bet).
Shunday qilib, aruzning hazaj bahrida (mafoiylun mafoiylun mafoiyl) bitilgan «Gul va Navro'z» dostoni tilining soddaligi va ravon uslubda yozalganligi, badiiy salohiyati yuksakligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shoir dostonning tilini xalq jonli tilidagi so‘zlar bilan boyitib,o ‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. «Gul va Navro'z» XVasr o'zbek adabiy tilining qimmatli yodgorligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |