Muammoli vaziyat:
Elbekning “Qaysi biri bo‘ri?” masaladagi muallif maqsadi nima?
Vazifa:
Elbekning “Tozagul” she’riy romanini o‘qib, tahlil qiling.
Maslahat:
Bolaligi inqilob arafasida, og‘ir iqtisodiy sharoitda kechgan Elbek singari ziyolilar 1917 yil voqealariga katta umid bilan qaraganlarini unutmang. Ularning 20-yillar arafasida va boshlarida yetim-esirlarga bolalar uylari, maktab va internatlar ochgan sho‘ro davlatining har bir tadbirini, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri olqishlaganlarini sababi shundan ekanini yodda tuting.
Magistrlarga keysni yechish uchun zarur bilimlar: adabiyotning tarixiy taraqqiyot qonunlaridan xabardorlik, poetik mahorat masalalari haqida bilimga ega bo‘lish.
Magistrlarga keysni yechish uchun zarur vositalar: tegishli tarixiy manbalar, darslik, ma’ruzalar matni.
Muammoni bosqichma-bosqich tahlil qilish va hal etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Do'stlaringiz bilan baham: |