Rejalashtirilgan o‘quv natijalari:
Magistrlarda Elbek (Mashriq Yunusov) ijodiy faoliyati haqida tasavvur paydo qilish. Uning asarlaridagi o‘ziga xos xususiyatlarni tahlil va tadqiq qilish qobiliyatlarini rivojlanishi.
Kirish:
1921 yilda Elbekning “Armug‘on” masalalar to‘plami nashr etildi. 30-yillarning o‘rtalarida tugallangan “Tozagul” she’riy romani esa uning eng so‘nggi asari bo‘ldi. 15-16 yilni tashkil etgan shu vaqt oralig‘ida “Yolqinlar”, “Ko‘zgu”, “Sezgilar”, “Bahor”, “Mehnat kuylari” kabi 9 ta she’riy kitobini, “Anorgul”, “Go‘zal qiz”, “Turkiston”, “O‘tmishim” singari 12 dostonini, Shuningdek, “Qushchi Turg‘un”, “Dademat” hikoyalar to‘plamini e’lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |