O’zбbеkisтоn rеspublikasi оliy vа o’rta махsus ta’liм vаzirligi мirzo ulug’bek nомidagi o’zбbеkisтоn мilliy universiteti


Xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar



Download 50,05 Kb.
bet5/6
Sana30.06.2022
Hajmi50,05 Kb.
#720385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi M Nazira

2.2 Xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar
Insonga ko‘plab turli-tuman jismlar va hodisalar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, lekin bir muncha muddatdan so‘ng biz idrok qilgan jismlardan ba’zilarining obrazlarini tasodifan yoki bilgan holda xotiramizda tiklashimiz mumkin. Bu hodisa tasavvur deb ataladi.
Tasavvurlarni xotiraning birlamchi va emotsional ta’sir obrazlaridan farqlash zaruriyatiga e’tibor qaratish lozim.
Xotiraning birlamchi obrazlari deb, bevosita ob’ektning idrok qilinishidan so‘ng paydo bo‘ladigan va soniyalar bilan o‘lchanadigan vaqt oralig‘ida saqlanib qoladigan obrazlarga aytiladi. Masalan, bir-ikki soniya biror jism – ruchka, stol lampasi, suratga tikilib turing, so‘ng ko‘zlaringizni yumib, uni iloji boricha yorqinroq tasavvur qilishga harakat qiling. Siz darhol tez orada so‘nuvchan va g‘oyib bo‘ladigan yorqin va jonli obrazni hosil qilasiz. Xotiraning birlamchi obrazlari izchil obrazlarga o‘xshash ma’lum xususiyatlarga ega bo‘ladilar: a) ob’ektni idrok qilishdan so‘ng paydo bo‘ladi; b) davomiyligi juda oz; v) yorqinligi, jonliligi va ko‘rgazmaliligi ko‘rgazmali tasavvurlarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi; g) yagona idrok ildiziga ega, umumlashtirishdan iborat bo‘lmaydi.
Ikkinchi tomondan, ular izchil obrazlardan farq qiluvchi, haqiqiy tasavvurlarga yaqinlashtiruvchi xossalarga ega. Birinchidan, xotiraning birlamchi obrazlari idrok qilishda diqqatning ma’lum ob’ektga yo‘nalganligiga bog‘liq. Ikkinchidan, yorqin izchil obrazni hosil qilish uchun uzoq vaqt (15-20 soniya) ma’lum ob’ektga tikilib turish lozim, xotiraning yorqin birlamchi obrazlari esa davomiy bo‘lmagan idrok qilish (1-2 sek.) vaqt oralig‘ida hosil bo‘ladi.
Emotsional ta’sir obrazlari deb, bir jinsli ob’ektlar yoki kuchli hissiy ta’sir ko‘rsatgan ob’ektni davomli idrok qilgandan so‘ng ongda o‘ta jonlilik bilan paydo bo‘ladigan ixtiyorsiz obrazlarga aytiladi. Masalan, qo‘ziqorin terib, o‘rmonda uzoq vaqt sayr qilgan odam uxlashga yotib, ko‘zlarini yumganida uning ongida o‘rmon manzaralari, barglar, o‘t-o‘lanlar obrazlari etarlicha yorqin ranglarda paydo bo‘ladi. YOki, qandaydir kuyni tinglaganingizdan so‘ng u uzoq vaqt «quloqlaringiz ostida jaranglab turadi». Ko‘pincha, bu hissiyotlarni junbushga keltirgan kuy bo‘lib chiqadi. Emotsional ta’sirli obrazlar aniqligi va ko‘rgazmaliligi, va ixtiyorsizligi, shuningdek, umumlashtirishga ega bo‘lmagan idrokning oddiy nusxasi ekanligi bilan izchil obrazlarga o‘xshash bo‘ladi. Lekin ular izchil obrazlardan idrokdan vaqt bo‘yicha bir necha soatlar, ba’zida esa hatto bir necha kunlar bilan ajratilgan bo‘lishi bilan farq qiladi.
Barcha odamlar bir-birlaridan u yoki bu ko‘rinishdagi tasavvurlarning ular hayotida ijro qiladigan rollariga ko‘ra tafovutlanadilar. Ba’zilarda ko‘rish, boshqalarda – eshitish, qolganlarida – harakatli tasavvurlar ustunlik qiladi. Barcha odamlar tasavvur tipining ustunligiga ko‘ra ko‘rish, eshitish, harakatli va aralash tasavvurlar ustunligi ifodalanadigan guruhlarga ajratilishi mumkin.
Ko‘rish tipiga mansub odam matni esga tushiradi, kitob sahifasini tasavvur qilib, xayolan uni mutoala qiladi. Agar qandaydir raqamlarni, masalan telefon raqamini eslab qolish kerak bo‘lib qolsa, uni qog‘ozda yozilgan tarzda tasavvur qiladi.
Eshitish tipiga mansub odam matnni xotirlab, talaffuz etilayotgan so‘zlarni eshitgandek bo‘ladi. Raqamlar ham eshitish obrazi shaklida yodda saqlanadi.
Harakatli tipga mansub odam matn yoki raqamlarni yodda saqlab qolish uchun ularni ichida qaytaradi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, yorqin ifodalangan tasavvur tiplariga ega bo‘lgan insonlar juda kam uchraydi. Ko‘pchilik odamlarda u yoki bu darajada tasavvurning barcha ko‘rsatib o‘tilgan tiplari mavjud bo‘ladi, va ushbu odamda qaysi tip etakchi o‘rinni egallashini aniqlash mushkul ish. Ushbu vaziyatda individual farqlar faqat tasavvurlar ustunligida emas, balki, tasavvurlarning o‘ziga xosligida ham ifodalanadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlarda tasavurlarning barcha tiplari yorqinroq, jonliroq va to‘laroq ifoda etilsa, boshqalarda u yoki bu darajada rangsiz va chizmalarga asoslangan bo‘ladi. Yorqin va jonli tasavvurlar ustunligi kuzatiladigan odamlar tasavvurlarning obrazli tipiga mansubdir. Bunday odamlarning psixik hayotida tasavvurlar katta ahamiyatga ega. Masalan, qandaydir voqealarni xotirlab, ular xayolan bu voqealarga tegishli bo‘lgan alohida sahnalarni «ko‘radilar»; biror narsa haqida mulohaza yuritib yoki gapirib, ko‘rgazmali obrazlar va h.k.lardan keng foydalanadilar.
Qator tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bolalar hayotidagi hodisalar to‘g‘risidagi birinchi xotiralar 1,5 yoshda paydo bo‘ladi. SHuning uchun aynan shu vaqtda bolalarda «erkin tasavvurlar» paydo bo‘ladi. Uch yoshga kelib esa, ko‘rish tasavvurlari bola hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ikki yoshda nutqiy tasavvurlar yuqori rivojlanish nuqtasiga etadi. Bunday tasavvurlarsiz bolaning nutqni egallashi, uning kattalar bilan muloqoti jarayonlarini amalga oshirib bo‘lmaydi.
Tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik hayotida o‘ta muhim o‘rinni egallaydilar. Odatda, bu yoshdagi bola obrazlar yordamida ko‘rgazmali fikr yuritadi. Lekin bolalardagi birlamchi tasavvurlar yorqin bo‘lmaydi.
Psixologik tadqiqotlarga ko‘ra, tasavvurlarning aniqligi va yorqinligi mashqlarni bajarish ta’sirida oshib boradi. Tasavvurlar rivojlanishining muhim sharti bo‘lib etarlicha boy bo‘lgan perseptiv ma’lumotlarning mavjudligi hisoblanadi. Bunday tasdiqlanishning mohiyati tasavvurlarning idrokning odatiy usuliga bog‘liqligidan iboratdir va bu holat aniq muammolarni hal etishda hisobga olinishi zarur. Masalan, ko‘pchilik chet tilidagi so‘zlarni ko‘rish orqali, o‘z ona tilidagi so‘zlarni esa eshitish-harakat orqali tasavvur qiladi. Bu o‘z tilimizni doimo eshitishimiz va odamlar bilan muloqot jarayonida nutqni o‘rganishimiz, chet tilini esa, odatda, kitoblar yordamida o‘rganishimiz bilan tushuntiriladi. Natijada chet tilidagi so‘zlarni tasavvur qilish ko‘rish obrazlari ko‘rinishida shakllanadi.
O‘qitish jarayonida tasavvurlarning perseptiv obrazlar asosida shakllanishini hisobga olish lozim. Tasavvurlardan erkin ravishda foydalanish uchun o‘quvchi mos bo‘lgan perseptiv obrazlar asosida ma’lum turdagi tasavvurlarni shakllantirib olishi va ularni qo‘llay bilish amaliyotiga ega bo‘lishi zarur.
Tasavvurlar rivojlanishining muhim bosqichi bo‘lib, ularing ixtiyorsiz paydo bo‘lishidan kerakli tasavvurlarni ixtiyoriy hosil qilish malakasiga o‘tish hisoblanadi.

XOTIRANI YAXSHILASH VA XOTIRA MASHQI


Kishilarning ismini yoki berilgan bob materialini tezroq va yaxshiroq eslab qolish uchun kundalik hayotimizda biz nima qila olamiz?
Ba’zan bizni xotiramiz pastligi xavotirga soladi: biz tanish ismlarni yoki eng muhim narsalarni eslab qola olmasligimizdan; suhbatimiz mavzusini yo‘qotib, kirgan xonamizda bizga nima kerakligini yoddan chiqarib qo‘yishimizdan qo‘rqib ketamiz (Neggtapp, 1982). Bunday xotira susayishini bartaraf etish uchun nima qilish kerak?
Kirish qismida gap borgan PRTR (esda olib qolish) metodi mazkur mashqlarni taklif etadi :
Materialni bir necha bor qaytaring, uzoq muddat eslab qolish imkonini beradi. Erinmang. Ismni yodda saqlab qolish uchun uni talaffuz qilgan zahotiyoq takrorlang, biroz kutib, yana qaytaring.
• Takrorlash va material bilan ishlashga ko‘proq vaqt ajrating. Minimal darajada takrorlash bilan murakkab materialni tez o‘qish (yuzaki ko‘z yugurtirish) uning xotirada qolishiga yordam bermaydi. Materialni takrorlab, uni tanqidiy anglash katta foyda keltiradi. Faol mashq qilish (yodlash) lozim.
• Materialni eslab qolish uchun uni o‘zingizga qulay qilib tashkil eting. Keyin ularning mazmunini yaxshi eslab qolish uchun mantlarni konspekt qilib, ma’ruzalarni o‘z so‘zlaringiz bilan yozib oling. Axbarotning ongsiz ravishda takrorlashdan ma’no yo‘q. YAxshisi assotsiativ (bog‘lanishli) aloqalarni o‘rnatib, ma’lumotlarni tartibga solish, yangi materialni siz o‘zingiz bilgan va boshingizdan o‘tkazgan narsalar bilan solishtiring hamda o‘z fikringiz bilan qayta hikoya qilib bering. Bularsiz siz noqulay vaziyatga tushib qolishingiz va agar savol siz rejalashtirmagan shaklda berilgan paytda ushbu savolni tushunmay qolishingiz mumkin. Gaplarni eslab qolishning mufassal guruhini tashkil etishning ko‘proq tasavvurlariga ega bo‘ling.
• Notanish tushunchalarni yodda saqlab qolish uchun mnemoik (esga olishni osonlashtiradigan) uslublardan foydalaning, notanish so‘zlarni tayan-so‘zlar bilan bog‘lang. Nomlanishlarni obrazli tasavvur qilish uchun vaziyatlarni o‘ylab toping. Ma’lumotlarni akronimlarga ajratib chiqing.
• Assotsiativ (bog‘lanishli) aloqalar orqali xotirada axbarotni yangilab turing.
• Hayolan eslab qolish ro‘y bergan vaziyat va kayfiyatni o‘zingizda tasavvur qiling. Hayolan usha joylarga qaytib boring. Har bir aytmoqchi bo‘lgan fikringiz ketma-ketligi avvalgisining ortidan kelishi uchun qulay tarzda vaziyatlarni yodga oling.
• Voqealar yaxshi yodda saqlanib turganida hamda siz ularni esdan chiqib qolishi darajasiga etkazmasdan esga olishga harakat qiling.
• Turli xil ma’lumotlarning aralashib ketish ehtimolini minimum darajaga keltiring. Bir vaqtning o‘zida bir-biriga o‘xshash mavzularni, masalan ispan va fransuz tillarini birgalikda o‘rganmang, chunki biri ikkinchisiga halaqit qiladi.
• Bir vaqtning o‘zida biladigan bilimlaringizni ham mustahkamlab, ham aniqlashtirib olish uchun o‘z bilimlaringizni takrorlang. Keyinchalik axbarotlarni yodga olish kerak bo‘lganda, o‘zingizga ortiqcha darajada ishonib yubormang. O‘zlashtirganlaringizni takrorlang. Toza qog‘ozga bo‘limlar rejasini tuzib oling. Turli xil tushunchalarga mustaqil tarzda bobning so‘ngida ularni o‘qib chiqqinungizga qadar ularga ta’rif bering. Mashq qiling. Matnlarda, xususan mazkur bobdagi yaxshi o‘zlashtirish maslahatlari sizga yordam berishi mumkin.
• O‘zini tekshirib ko‘rmasdan o‘ziga ishonish, o‘ziga ortiqcha baho berishga olib kelishini Yudjen Sexmeyster va Djon Shognessilar talabalarning ikki guruhi bilan tajribalar o‘tkazish jarayonida aniqladilar. Birinchi guruh talabalari o‘nlab aniq faktlarga asoslangan fikrlarni bir necha marotaba qayta-qayta o‘qib chiqib, so‘ngra o‘z fikrlarini har bir faktga nisbatan so‘zlab berdilar, keyin esa ularni qay darajada yaxshi eslab qolganliklarini bilish uchun tekshirib ko‘rishdi. Keyinchalik tekshiruvda o‘zlari javob bera olmagan savollari uchragan bo‘lsa xam, ushbu guruh talabalari o‘z kuchlariga juda ishonar edi. Ikkinchi guruh talabalari fikrlarni o‘qib chiqishdi, biroq qolgan vaqt mobaynida amaliy mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishdi – savollarga javob qaytarishdi. Buning uchun o‘qib chiqqanlarini esga olishga to‘g‘ri keldi. “Ko‘p karra o‘qib chiqqan” guruh talabalari bilan taqqoslaganda, ikkinchi guruh talabalari xotirani tekshirish testlarida bir xil yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdilar. Undan tashqari, ushbu guruh talabalari nimani yaxshi bilishlari-yu, nimani yaxshi bilmasliklari to‘g‘risidagi savollarga yaxshi javob bera olishdi. SHunday qilib, o‘zi-o‘zini tekshirib ko‘rish uslubi materiallarni yaxshi eslab qolib, muammolarni aniqlash va shu orqali biz hali bilmaydigan narsalarimizga ko‘proq diqqatimizni jamlash imkoniyatini beradi. Bir safar Britaniya bosh vaziri Bendjamin Dizraeli shunday degan edi: “Siz kam bilishingizni tushuningiz, bu- bilim olish uchun qo‘yilgan katta qadamdir”.
• Xotira psixologiyasi uni mukammallashtirishning aniq va ravon uslublarini taklif etadi. Ular orasida: uzoq muddatga eslab qolish; faol tarzda takrorlash, foydali, jonli, obrazli assotsiativ aloqalarni tashkil etish, yodda tutish mashqlari; hayolan aniq bir vaziyat va kayfiyatga murojat etish; xotiradagilar yolg‘on xabar orqali yo‘qolib ketmasdan oldin qayta xikoya qilish; axborotlar aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; o‘zi-o‘zini nazorat qilish va takrorlashdir.


XULOSA
Xotira inson hayotida goyat katta axamiyatga egadir. Xotira tufayli ongimizda faqat xozirgi paytdagi narsalar, xodisalar aks etib kolmay, balki utmishda idrok qilingan narsa va xodisalar, kechirgan tuygu-fikrlar xam aks etadi. Odam xotira tufayli malaka va kunikmalar xosil qiladi, bilimini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. Xotira boshqa psixik jarayonlarning faoliyati va tarakiysi uchun kata axamiyatga egadir.
Yaxshiyamki xotiramiz bor. Xotira tufayli bizda ajoyib imkoniyatlar borligini so‘zsiz qabul qilamiz. Xotira hayotimizni belgilaydi.Xotira tufayli biz oilamizni taniymiz, o‘z tilimizda gapira olamiz, uyimizga olib boradigan yoini yo‘qotmaymiz hamda oziq-ovqat va suv joyini aniqlaymiz. Xotira tufayli biz tajribalarimizdan bahramand bo‘lamiz va uni qayta qo‘llay olamiz. Ammo, ba’zida aynan xotira tufayli aybdorlami va aybdorligimizni kechira olmaymiz. Biz nimani ko‘proq eslasak, u xotiramizning katta qismini egallaydi. Agar xotiramiz bo‘lmaganida, o‘tgan quvonchli va alamli lahzalarimizni, aybdorlik hissini yoki g‘azabni sezmagan bo‘lardik. Uning o‘miga biz hozirgi yangi lahzada yashagan bo‘lardik. Bunday holatda har bir kishi begona va har bir til yangi hamda har safarda kiyinish, ovqat pishirish va velosiped haydash muammosi kabi muammolar bo‘lardi. Biz hatto o‘zimizga ham begona bo‘lardik. Uzoq o‘tmishimiz va hozirgi lahzamiz o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik bo‘lmasdi. Xotira tadqiqotchisi Jamesning ta’kidlashicha: “Agar sen oldingi xotiralaringni eslash qobiliyatini yo‘qotsang sen uchun hayot tugaydi”.
Kundalik tajribamiz ko'rsatadiki, esda qolgan narsalarning ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unitish ham xotiraga oid hodisadir.Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi.



Download 50,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish