O`zb tarix 11 узб indd



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Sud hokimiyati. 
Sud hokimiyati – O‘zbekiston Res-
publikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga ko‘ra, 
O‘z-bekiston  Respublikasida  sud  hokimiyati  qonun 
chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyatlardan,  siyosiy 
partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil 
holda ish yuritadi.
Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  sud  hokimiyati 
sohasida ham islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  2000-yilda  qabul 
qilingan  «
Sudlar to‘g‘risida
»gi  Qonuni  (yangi  tahrirda) 
sud islohotlarining huquqiy asosidir. 
Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin. 
1) 1991–2016-y.y; 2) 2017-yildan keyingi davr. Dastlabki 
davrda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil 
muddatga saylanadigan quyidagi sudlar kirgan: 
 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi; 
 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi
 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi; 
 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  fuqarolik  va  jinoyat 
ishlari bo‘yicha oliy sudlari; 
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari
 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari
Yodda tuting
!
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida 
Shukrullo Mirsaidov
  (1990–1992),  Bosh  vazir  lavozimida Abdulhoshim 
Mutalov
  (1992–1995),  Oʻtkir  Sultonov  (1995–2003), 
Shavkat Mir-
ziyoyev
 (2003–2016)lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla 
Aripov Bosh vazir etib tasdiqlangan.
O‘. Sultonov
Sh. Mirziyoyev
A. Aripov


18
 
viloyatlar va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari; 
 
harbiy sudlar. 
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida 
sud  ishlarini  yuritish  o‘zbek  tilida,  qoraqalpoq  tilida  yoki  muayyan  joydagi 
ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. 
Sudlarning  alohida  hokimiyat  sifatida  belgilanishidan  maqsad 
O‘zbekiston  Respublikasida  shaxs  huquqi  va  erkinliklarining  xolis  organ 
sifatida faqat sud orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi 
organdan  shaxs  huquq  va  erkinliklarini  to‘laqonli  himoya  qila  oladigan 
organga aylantirishdir.
Sudlar  sud  qarorini  ijro  etish  kabi  o‘zlariga  tegishli  bo‘lmagan  vazi-
falardan ozod etildi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor 
qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan 
sudlarga o‘tkazildi. Mamlakatimizda jinoiy jazolashning insonparvar 
huquqiy tizimi tashkil etildi.
Islohotlar  ikkinchi  davrining  asosiy  xususiyati  Prezident  Shavkat 
Mirziyoyevning  2017-yil  21-fevraldagi  «O‘zbekiston  Respublikasi  sud 
tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Yodda tuting
!
2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2 ming 700 
nafar mahkumni, shu jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridan 956 
nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yashash joyi va jazoni 
ijro etish muassasasida ijobiy tavsifl angan shaxslarni mamlakatimiz tarixida 
ilk marotaba afv etish to‘g‘risida farmon qabul qilindi.
Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy 
xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish 
yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy 
harbiy sudlar shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazildi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016-yil  21-oktabrdagi  «Sud-


19
huquq  tizimini  yanada  isloh  qilish,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini 
ishonchli  himoya  qilish  kafolatlarini  kuchaytirish  chora-tadbirlari  to‘g‘-
risida»gi  farmoniga  ko‘ra,  sudyalik  lavozimiga  tayinlash  (saylash)  mud-
datlariga  qat’iy  aniqlik  kiritildi.  Ya’ni  sudyalik  lavozimiga  birinchi  maro-
 
taba tayinlash besh yilga, ikkinchi marotaba – o‘n yil, keyingisida 
muddatsiz  tayinlanish  (saylanish)  imkoni  yaratildi.  Bu  sudyalarning  yoshi, 
malakasi,  kasb  mahoratini  inobatga  olgan  holda  uzoqroq  muddatga  faoliyat 
ko‘rsatishini kafolatlaydi.  

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish