O`zb tarix 11 узб indd



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Hujjat nomi
Bir xil 
me’yorlar
Faqat 
Deklaratsiyada 
mavjud moddalar
Faqat qonunda 
mavjud 
moddalar
«Mustaqillik Deklaratsiyasi»
«O‘zbekiston Respublikasining 
mustaqillik asoslari to‘g‘risida»gi qonun
5.  Islom  Karimovning  O‘zbekiston  rahbari  sifatidagi  dastlabki  siyosiy 
qadamlarining tarixiy ahamiyati nimada?
2-mavzu.
  O‘zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligining 
shakllanishi va rivojlanishi
Prezidentlik  institutining  shakllanishi. 
  O‘zbekiston    mustaqillikka  
erishgandan    keyin    davlat    boshqaruvining  yangi,  zamonaviy  va  samarali 
tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi.
?
Yodda tuting
!
Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida 
Prezident lavozimi ta’sis etilgan.
1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik instituti-
ning vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida 
mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan 
O‘zbekiston  Respublikasining  «O‘zbekiston  Respublikasida  ijroiya  va 
boshqaruv  hokimiyatining  tuzilishini  takomillashtirish  hamda  O‘zbekiston 
SSR  Konstitutsiyasi  (Asosiy  Qonuni)ga  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar 
kiritish  to‘g‘risida»gi  Qonuni  bilan  davlat  boshqaruvining  uyg‘un  tizimini 


12
yaratish,  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va 
sud  hokimiyatini  bir-biridan  qat’iy  farqlab 
qo‘yish  muhim  ekanligini  hisobga  olib,  pre-
 
zidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Soveti-
ning ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yubo-
rildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  ayni  vaqtda  Vazirlar 
Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Res- 
publikasi Prezidentining va O‘zbekiston 
Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.
Mazkur  qonun  mamlakatimizda  davlat  bosh-qaruv  shakli  –  prezidentlik 
respublikasiga  asosla-nishini  mustahkamlab  qo‘ydi.  Prezidentlik  instituti 
ta’sis  etilganidan  so‘ng  davlatimizda  keng  qamrovli  islohotlar  boshlandi. 
1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga 
soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun 
qabul  qilindi.  Shu  asosda,  1991-yil  29-dekabrda  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi. 
Oliy  lavozimga  ikki  nomzod  –  O‘zbekiston  Xalq  Demokratik  partiyasi 
va  O‘zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  nomzodi  Islom  Karimov 
va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) 
nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 
86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3% esa Saloy Madaminov  nomzodini 
yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 
1997-yildan  2000-yilgacha  uzaytirish  masalasi  bo‘yicha  umumxalq  refe-
rendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Pre- 
zidenti  saylovi  o‘tkazildi.  Islom  Karimov  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentligiga  muqobillik  asosida  o‘tkazilgan  saylovda  O‘zbekiston  Pre-
zidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda 
prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-de-
kabrda  bo‘lib  o‘tgan  saylovda  88,1  foiz  ovoz  bilan  Islom  Karimov  7 
yilga 
1991-y. Prezidentlikka 
nomzodlar.


13
saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil 
dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. 
2015-yil  29-mart  kungi  prezident  saylovida  Islom  Karimov  90,39  foiz 
ovoz bilan g‘alaba qildi. 
2016-yil  2-sentabrda  Islom  Karimov  og‘ir  xastalik  tufayli  vafot  etdi. 
Shu  munosabat  bilan  navbatdan  tashqari  umumxalq  prezidentlik  saylovlari 
o‘tkazildi.  2016-yil  4-dekabrda  O‘zbekiston  Konstitutsiyasi  va  «O‘zbekis-
ton  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to‘g‘risidagi»gi  qonunga  muvofi q, 
muqobil-lik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 
88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish