Bog'liq die deutschen wendungen und ihre bersetzung ins usbekische
Mavzuning o’rganilish darajasi va yangiligi Ilg’or tilshunos olimlarning fikricha, har qanday tarjima ilmiy umumlashtirishga
ehtiyoj sezgan holda, tarjimonning asliyatga aloqador barcha manbalarni ilmiy
ravishda aks ettirishi lozim.
O’zga tilda bitilgan badiiy yodgorlikning davr talabi darajasida tasavvur
beradigan tarjima matnini yaratish san’atkorning bu sohadagi amaliy va nazariy
bilimlar bilan puxta qurollanishi zaruratini tug’diradi. Chunki badiiy mahorat
sirlarini har tamonlama mukammal egallab olgan qalamkashgina mazkur ijod
mahsuli bo’lmish fikrni asliymonand tarzda ifoda etish san’atini o’zida puxta
singdirib olgan iste’dod sohibi sifatida to’laqonli badiiy tarjimalar yaratishdek o’ta
mas’uliyatli ishning uddasidan chiqishi mumkin.
Tarjimada shakl va mazmun munosabatini bejirm talqin etish zarurati san’atkor
oldiga asarning badiiy nafosati va milliy hususiyatini yuzaga keltiruvchi barcha
lisoniy-uslubiy vositalar vazifalarini ijodiy aks ettira oladigan muqobil til va nutq
birliklari tanlash vazifasini qo’yadi.