Oz tilim – o‘zbek tilim



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/89
Sana01.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#291138
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
ozbek tilining boyligi

Savol va topshiriqlar: 
1. “Boburnoma” da Hindistondan boshqa yana qaysi o‘lkalar haqida ma’lumot 
bor? 
2. Asarning ilmiy-badiiy qimmati nimalarda namoyon bo‘ladi? 
3. “Boburnoma” dan Boburning sarkardalik mahoratiga tasvirlangan o‘rinlarni 
topib o‘qing va sharhlang.  
 
 
 


 
114 
JENSHEN – HAYOT ILDIZI 
Bundan 4000 yil muqaddam jenshen Sharq xalq meditsinasida juda muhim 
o‘rinni egallagan edi. Xitoy tabiblari uni turli-tuman xastaliklarni davolovchi dori, 
keksalarni yoshartiruvchi eleksir sifatida ishlatganlar. Qadimgi farmakopiya 
kitoblaridan birida “Ildiz sharbati” hatto o‘lim oldidan behush yotgan kishiga 
ichirilganda ham bu ajoyib o‘simlik o‘zining shifobaxsh ta’sirini juda tez ko‘rsata 
oladi, deb yozilgan. 
Jenshenning bu xususiyatlari Xitoyda juda ajoyib usullar bilan aniqlangan. XI 
asrda yashagan Xitoy vrachi Su Sunaning hikoya qilishicha, barobar jismoniy 
quvvatga ega bo‘lgan ikki yigitning biriga tekshirilayotgan jenshen ildizidan bir 
bo‘lakni tishlatib, 3 yoki 5 km ga choptirilgan. Agarda ildiz tishlagan chopqir 
marraga bemalol, hansiramay yetib kelsa-yu, ikkinchisi yo‘lda charchab, halloslab 
qolsa, shundagina obro‘li tabiblardan tashkil topgan maxsus hay’at 
 
tekshirilayotgan ildizning qimmati haqida xulosa chiqargan. 
Jenshenning Tibet meditsinasida ham ahamiyati katta bo‘lgan. Uni tabiblik 
bilan ham shug‘ullanuvchi, Tibetning martabali ulamolari – Lamalar o‘z qo‘llarida 
saqlaganlar. X asrning boshlarida O‘rta Osiyoliklar ham jenshen to‘g‘risida yaxshi 
bilganlar. Buyuk Abu Ali ibn Sino o‘z kitobida u haqda mufassal yozadi. Hozirgi 
davrgacha jenshen haqida yozilgan asarlarning soni bir yarim mingdan oshib ketdi. 
Ko‘pincha jenshenning ildizlari kichik odamlar shaklini eslatadi. 
Agar uning poyasi shamol, hayvonlar tomonidan yoki boshqa sabablarga 
binoan sindirilsa, ildizi uzoq muddat uyquga kiradi. Bu holatni terimchilar 
“jenshen yerga kirib ketdi” deb talqin qilishadi. Ildizning uyqusi 20 yil va undan 
ham ko‘proq davom etishi mumkin, so‘ng sharoit qulay bo‘lganida undan yangi 
poya va barglar o‘sib chiqadi – normal hayot boshlanadi. 
Jenshenning tabiiy zahiralari endi ancha kamayib ketgan. Har mavsumda 
Ussuriy o‘rmonlaridan uni 100 kg dan ortiq terib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham 
uning sun’iy plantatsiyalarini barpo qilish ustida katta ishlar qilinmoqda. Hozirgi 
vaqtda Uzoq Sharqda jenshen ekish uchun moslashtirilgan yirik xo‘jaliklar 
mavjud. Ukraina, Belorussiya va Boltiqbo‘yi respublikalaridagi botanika 
bog‘larida hamda tajriba dalalarida o‘stirilmoqda. 
Yillarni quvib yillar o‘tmoqda, shifobaxsh o‘simlik ildizining shuhrati esa 
tobora ortib bormoqda. 
 
 
 
 
RAHMDIL O‘SIMLIK 
Madagaskar orolida o‘sadigan barglari tovusning quloch yozib turgan nafis 
patlarini eslatuvchi bu o‘simlik –  Ravenala. Uni, ayniqsa, sayyohlar maroq bilan 
tilga oladilar, chunki ravenala turli maqsadlarda cho‘l va sahrolarda kezib yurgan 
kishilarni o‘z bag‘riga olib, ularni jazirama oftobdan saqlaydi hamda barg 
qo‘ltig‘ida saqlab kelayotgan shudring va yomg‘ir tomchilaridan hosil bo‘lgan 
suvdan bahramand etadi. 


 
115 
Ravenala gigant o‘tlardan hisoblanadi. Uning butun tanasi barglardan iborat. 
Barglarning joylashgan qismi (tubi) tana vazifasini bajaradi. 
 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish