Uyatchan mimoza
Kundalik hayotda biz doimo o‘simliklarga duch kelamiz. Ularni sug‘oramiz,
tagini yumshatamiz, mevasini teramiz, xushmanzara turlarining gullaridan
guldastalar tayyorlaymiz va hokazo. Ularga qanchalik ta’sir qilmaylik o‘simlikning
asosiy organlarida hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi. Lekin biz hikoya
qilmoqchi bo‘lgan o‘simlik butunlay o‘zgacha, u har qanday tashqi ta’sirotga
befarq qarab tura olmaydi. Agar uning biror qismiga, xususan, bargining biror
joyiga tashqi kuch ta’sir qilsa, u shu daqiqadayoq barglarini pastga osiltirib, mayda
bargchalarini berkitib oladi.
(Ne’matjon Hoshimov, Muborakxon Payziyeva, Ahmadjon Mamatkarimov,
“Ajabtovur o‘simliklar” kitobidan).
Do'stlaringiz bilan baham: |