Uchinchi mashg`ulot
3. I i harfi:
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan,
biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so‘zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun
yoziladi;
2) o‘tin, o‘rik, bo‘lim kabi oldingi bo‘g‘inida o‘ unlisi keladigan so‘zlarning
keyingi bo‘g‘inida i aytiladi va yoziladi.
Quyidagi so‘zlarning yozilishi va o‘qilishiga e’tibor bering:
Ikki
girgitton
iboratdir
ibrat
ivrit
idroki
ijodiy
iztirobli
izhor
ilinjida
inshootlari
iste’dodi
istiqlol
ishtiroki
iqtisodiyot
kurtaklari
milliy
muhitda
nazarimizda
rivojlanish
sifat
bilak
faoliyati
xiyobonlari
Xitoy
chiqishiga
qiynaladi
hamkorlik
hisobidan
Italiya
Quyidagi uchtadan so‘zlarni qatnashtirib gap tuzing:
Ikki, girgitton, iborat; ibrat, ivrit, idrok; sifat, bilak, milliy.
She’rni ifodali o‘qing.
Do'stlaringiz bilan baham: |