MAVZU :
O'zbek tilida so'z o'zlashtirish. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik, tarixiy etimologik qatlamlari
Reja:
O’z qatlam. O’z qatlamning semantik belgilari.
O’z qatlamning fonetik-struktura belgilari.
O’zlashma qatlam. Forscha-tojikcha so’zlar.
Arabcha so’zlar. Rus tili orqali kirgan so’zlar.
So’z o’zlashtirish yo’llari va usullari.
So‘z o‘zIashtirish usullari
So‘z o'zlashtirishning chet so‘zlarni qo'llashdan farqlari
O’zbek tilining lug’at tarkibi o’zbek xalqining butun taraqqiyot yo’lini o’zida aks ettiradi. Til tarixi jamiyatning tarixiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog’langanligi tufayli uning lug’at tarkibi hayotdagi har qanday o’zgarishni har taraflama ifodalaydi.
O’zbek tili leksik tarkibi va grammatik vositalari shu tilning boyligi hisoblanadi va bularning barchasi birdaniga paydo bo’lgan emas.
O’zbek tilining lug’aviy tarkibi juda uzoq davrlardan beri leksik semantik hamda shakliy tuzilishiga ko’ra ma‘lum o’zgarishlarga uchrab bugungi holatga kelgan.
Bizga ma‘lumki, har qanday tilning lug’at tarkibi faqat o’z so’zlaridan iborat bo’lmaydi. Unga boshqa tillardagi so’z va vositalar ham o’tishi mumkin.
O’zbek tili ilk davrlarda turkiy qabila va chet tillarga xos ayrim leksik birliklardan tashkil topgan bo’lsa, keyinchalik o’zbek tili lug’at tarkibiga fors-tojik, arab, rus tillaridan so’zlar o’tib o’zlashadi va o’zbek tilining lug’at tarkibi boyidi.
O’zbek tili leksikasining tarixiy shakllanishini bilish uchun so’zlarni tarixiy etimologik jihatdan o’rganib, ularning etimologik qatlamlariga ajratish zarur.
O’zbek tili O’rta Osiyodagi qadimiy xalqlarning turkiy tillar sistemasidagi tillardan biri bo’lib, uning lug’at sostavi ham qadimiydir.
O’zbek tili leksikologiyasining tarixiy etimologik shakllanishini taxlil qilishda dastlab o’zbek tilining qardosh tillar bilan aloqasi, so’ngra qardosh bo’lmagan tillar bilan aloqasi aniqlanadi. Bu bilan ularning o’zaro ta‘siri ham ko’rib o’tiladi.
Kelib chiqish nuqtai nazardan ko’ra o’zbek tilining o’ziniki bo’lgan so’zlar ajratib olinadi. Bularga turkiy so’zlar kirib, o’zbek tilining asosiy qadimiy qatlamini tashkil qiladi. Bularni umumturkiy so’zlar deb ham nomlanadi.
Turkiy xalqlar qadimda boshqa xalqlar bilan ham aloqa bo’lgan. Shunga o’zbek tili leksikasi tarkibida chet tillarga xos bo’lgan negiz qadimiy uyg’ur, so’g’d, xitoy, arab, mo’g’il, fors-tojik tili elementlari ham mavjud. Shu nuqtai-nazardan o’zbek tili leksikasi ikki qatlamga bo’linadi: o’z qatlam va o’zlashgan qatlam.
O’zbek tili leksikasi ikki qatlamdan iborat.
Lekin tilda shunday so’zlar uchraydiki, o’z qatlamga ham, o’zlashgan qatlamga ham xos ekanligini ajratib bo’lmaydi. Eng muhim tomoni bunday so’zlar qardosh bo’lmagan tillarda unda ham bunda ham mavjud bo’ladi.
Ya‘ni o’zbek tilida qo’llanayotgan kunjut (xunjut) tumov, tanglay kabi so’zlar mo’ng’il tilida ham qo’llanadi. Bu so’zlarning genetik belgisi ilmiy tahlilga muhtoj. Tilda mana shunday so’zlar guruhi ham bor.
O’z qatlam.
A). Umumturkiy so’zlar;
B). O’zbekcha so’zlar;
V). Paralel so’zlar;
G). O’z qatlamga oid so’zlarning fonetik belgilari;
D). O’z qatlamga oid so’zlarning fonetik strukturasi;
E). O’z qatlamning tematik tasnifi;
O’zbek tilining leksikasi qadimda turkiy negiz asosida shakllangan bo’lib, turkiy negiz asosida shakllangan bo’lib, turkiy til barcha turkiy xalqlarning tili sifatida xizmat qilgan. Keyinchalik turkiy xalqlarning tili sifatida xizmat qilgan. Keyinchalik turkiy xalqlarning bir qancha davlatlardan tarkib topishi, o’zlarining alohida markazlashuvi natijasida turkiy til bir necha mustaqil turkiy tillarga ajralib ketgan.
O’z qatlam deganda aslan shu tilniki bo’lagn so’zlar va shular asosida yasalishlar, shuningdek, o’z affiks bilan boshqa til so’zlardan yasalishlar tushuniladi.
O’zbek tili lug’at sostavidagi eng qadimiy so’zlar umum turkiy so’zlardir. Bu so’zlar turkiy tillarda hozir ham ishlatiladi. Umum turkiy so’zlarning asosini bosh, ko’z, qosh, yuz, uch, kel, yot, bo’l kabi bir bo’g’inli so’zlar tashkil qiladi.
Bundan tashqari, o’zbek tili lug’at sostavida achchiq,kishi, og’iz, og’ir, kabi ko’p bo’g’inli tub va yasama so’zlar ham bor.
Hozirgi o’zbek tili lug’at tarkibida umum turkiy so’zlardan tashqari, o’zbek tilining o’z mustaqil taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan so’zlar ham bor. Bular birinchidan, o’zbek tilining o’zi doirasidagi yangi-yangi yasalishlardan ko’rinadi, ikkinchidan, leksik ma‘no taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan differantsial so’zlardir. Masalan: boshlang’ich yollanma, topshiriq, yutuqli, yozuvchi, belgili, yonilg’i, yoqilg’i, yashasin kabi so’zlar o’zbek tili bazasida voqe bo’lgan yasalishlaridir.
Tilimizda yana shunday so’zlar mavjudki, o’zak qism o’zga tilniki, yasovchi affiks o’zimniki: jangchi, zakazchi, traktorchi, ekskovatorchi, paroxodchilik, jonli, planlashtirmoq. Yoki aksincha bo’lishi ham mumkin:
Asos o’zbek tiliniki, yasovchi o’zga tilniki: bebosh (bevosh), beish, bilimdon, to’g’ruqxona kabilar ham o’zbekcha modellar asosidagi yasalishlar bo’lagni uchun o’zbekcha tili manboida yasalgan so’zlardir.
O’z qatlam haqida,o’zbek tilining o’z lug’at boyligi haqida gapirganda, so’zlarning leksik ma‘no taraqqiyotini ham hisobga olish kerak.
O’z qatlamga xos so’zlar bilan o’zlashgan qatlamga xos so’zlarni o’zaro farqlash qiyin masalalardandir. Bularning farqlashda so’zlarning fonetik tuzilishini (ba‘zan grafik xususiyatini) xisobga olib ish ko’riladi. So’zlarning semantik tuzilishi ham bu so’zlarni o’z qatlam yoki o’zlashgan qatlamga xos ekanligini aniqlaydi. Ma‘no tarmoqlanishi ko’p ma‘nolilik, ko’pincha, o’z qatlamga oid bo’ladi. O’zlashgan so’z odatda ko’p ma‘noli bo’lmaydi, ko’p ma‘nolilikni anglatish uchun o’zlashgan so’z tilda uzoq yashashi, tilga juda singib ketishi kerak bo’ladi. Bulardan tashqari, o’z qatlamdagi so’zlarning ko’pchiligi konkret ma‘noli so’zlar bo’lsa, o’zlashgan qatlamdagi so’zlar abstrakt ma‘noli so’z bo’ladi.
O’z qatlamga xos bo’lgan so’zlarning asosiy belgisini uning fonetik strukturasida ko’rinadi.
O’zbekcha turkiy so’zlar asosan bir bo’g’inli: yer, yem, tez,oz,ikki bo’g’inli: (tinti, tolqon, tirna) uch bo’g’inli so’zlar: tirqira, yo’ng’ichqa, yigirma.
Bir bo’g’inli turkiy so’zlar ko’proq undosh unumli undosh (SVS) kul, kun, do’q, do’l.
Ikki bo’g’inli so’zlar ko’proq ochiq bo’g’inlardan tuzilgan: ikki, olma, opa, aka, og’riq, etik, erkin, erta.
Turkiy so’zlar R, L, V, H, Ts tovushlar bilan boshlanmaydi. Bu tovushlar bilan boshlanuvchi so’zlar o’zlashma qatlamga mansubdir.
Turkiy so’zlar oxirie, ye, o’ unlisi bilan tugmaydi. Ba‘zi undov va mimemalar, shuningdek, de so’zi bundan mustosno:he, ehe, o’he, bo’, mo’.
O’zbekcha so’zlarda h bo’g’iz tovushi qatnashmaydi. (Undov va mimemalardan tashqari).
Turkiy so’zlar tarkibida oraliq tovush j, bo’g’iz tovushih, qorishiq tovush ts kelmaydi. Undov va mimemalar bundan mustasno.
Turkiy so’zlarda birinchi bo’g’indan keyin bo’g’inlar hech vaqt unli tovush bilan boshlanmaydi.
Bo’g’in boshida, o’rtasida va oxirida ikki undosh tovush yonma-yonma kelmaydi.
O’zbek tilidagi ost, berk, bo’rt, yirt, ko’ks, mo’lt, ort kabi so’zlar bilch, gurs, zirq, yilt, tert, pirq singari taqlidiy so’zlar bundan mustasno.
Grafik jihatdan o’zbek tilidagi so’zlarda ‘, belgilari uchramaydi.
Yuqoridagi holatlarning aksi sanalgan so’zlar asosan o’zlashgan qatlamga hosdir.
Hozirgi o’zbek tilining lug’at sostavida o’z qatlamdan tashqari o’zlashgan qatlam ham mavjud. Bu qatlam o’zbek halqining boshqa halqlar bilan madaniy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari orqali o’zlashgan. O’zlashgan qatlamni asosan forscha-tojikcha, arabcha, internatsional-ruscha so’zlar tashkil qiladi.
O’zlashgan qatlam. Hozirgi o’zbek tilining lug’at sostavida o’z qatlamdan tashqari o’zlashgan qatlam ham mavjud. Bu qatlam o’zbek halqining boshqa halqlar bilan madaniy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari orqali o’zlashgan. O’zlashgan qatlamni asosan forscha-tojikcha, arabcha, internatsional ruscha so’zlar tashkil qiladi.
O’zbekcha so’zlar turkiy tillarning O’rta Osiyo va Qozog’iston territoriyasida yashovchi xalqaro tiliga xos so’zlar hamda forscha-tojikcha, rus tili orqali o’tgan so’zlarga qo’shimchalar qo’shish orqali yasaolag so’zlar kiradi: ayacha, buva, dada, ulfatchilik, bog’dorchilik, purkagich, ekskavatorchi kabilar.
Fors-tojikcha so’zlar. O’zbek tilining lug’at sostavida fors tillariga oid so’zlarning bo’lishi bu xalqlarning uzoq tarixiy o’tmishi bilan bog’liq. Bu xalqlar asrlar bo’yi iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo’lganlar. Shuning uchun ham hozirgi o’zbek tilida xom, ko’p, kalta, dasturxon, dazmol, xokandoz, barkash, obdasta, objuvoz, xum, gurgut, choyshab, marvarid, paypoq va boshqa ko’plab so’zlar uchraydi.
Arabcha so’zlar o’zbek tiliga 7-8 asrlarda kirgan. Bu narsa arablarning O’rta Osiyoni bosib olishlari bilan bog’liq bo’lib, ular turkiy yozuvlarni yo’q qilib,arab grafikasiga asoslangan yozuvni joriy qiladilar. Arab tili bilan Davlat, sud ishlari va maorif ishlari olib borilgan. Shuning uchun ham shu sohalarga oid ko’pgina so’zlar arabcha so’zlardir. Masalan, muassasa, xizmat, mehnat, asbob, muallif, millat, rais, idora, askar, xavf, hujum va boshqalar.
So’z o’zlashtirish asosan ikki yo’l bilan bo’ladi:
1)Jonli so’zlashuv orqali. Bunday o’zlashish ikki til
vakillarining o’zaro so’zlashuv aloqalari asosida o’tadi. Keyinchalik bu so’z adabiy nutqqa ham o’tishi mumkin. Adabiy nutqqa oliniida ba‘zan bu so’zning so’zlashuv nutqiga xos formasi saqlanadi, ko’pincha esa adabiy nutq formasida olinadi. Masalan, tanur,kabutar so’zlar jonli so’zlashuv orqali tandir,kaptar formasida o’zlashgan va adabiy nutqqa shu shakli olingan;padnos, krovat shaklida o’zlashtirilgan, adabiy nutqqa ham shu formasi qabul qilingan.
Bunday holat o’zlashtirilayotganda so’z fonetk jihatdan noqulay
bo’lganida yoki o’zlashtirilayotgan tilga fonetik jihatdan bo’ysundirish kerak bo’lganida yuz beradi.
2) Bosma manbalar orqali. So’zlar bir tilda yozilgan asarlarni ikkinchi bir tilga tarjima qilish orqali o’zlashtiriladi. Bunda asosan, kundalik matbuot, publitsistikaning roli katta bo’ladi. Yangi o’zlashgan so’zlarni birinchi marotaba gazeta sahifalarida uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |