So‘z o‘zlashtirish
So‘z o‘zlashtirish boshqa til so'zlarining o'zbek tiliga olinishidir. Bu jarayon, yuqorida ko'rilganidek, o'zbek tili leksikasining o'zlashgan qatlamini yuzaga keltirgan.
So'z o'zlashtirish til taraqqiyotining qonuniy ko'rinishidir: xalqlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy aloqalar birtildan ikkinchi tilga so'z va atamalarning o'tib turishini taqozo qiladi. O'zbek tiliga arab, tojik-fors va rus tillaridan so'z o'zlashtirilishi ham ana shunday ijtimoiy-tarixiy omillar tufayli sodir bo'lgan. (Bu haqda «0‘zlashgan qatlam» mavzuiga qaralsin.)
So'z o‘zlashtirishning ikki yo‘li bor:
Jonli so'zlashuv orqali so‘z o‘zlashtiriladi. Bunda boshqa til so‘zlari o‘zbek tiliga mahalliy aholining og'zaki nutqi orqali o‘tadi. Masalan, ruscha rami(paMbi), klubnika, podnos so‘zlari o‘zbek tilining jonli so‘zlashuvida rom, qulubnay va patnis deb talaffuz qilingan, keyinchalik o'zbek adabiy tiliga ham shu shaklda o‘zlashgan.
Bosnia manbalar orqali so‘z o'zlashtiriladi. Bunda boshqa tildagi matnni o‘zbek tiliga taijima qilish yoki o‘zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy asarlarda boshqa til so‘zlarini (ayniqsa, termin va atamalarni) ishlatish orqali bo‘ladigan o‘zlashtirish nazarda tutiladi. Matematikadagi katet, gipotenuza, adabiyotshunoslikdagi Iculminatsiya, sujet kabi terminlar, ocherk, roman, povest kabi so'zlar shu yo'l bilan o'zlashtirilgandir.
So‘z o‘zIashtirish usullari
So‘z o‘zlashtirish usullari ham ikki xil bo'ladi:
0‘zicha olish. Bunda boshqa tildan o'zlashtirilayotgan so'z hech qanday o'zgarishsiz yoki ayrim (juz’iy) fonetik o'zgarishlar bilan olinadi. Mas., g‘o‘za (f-t.), gul (f-t.), poya (f-t), kaptar(< f-t: kabutar); balo (ar.), bil’aks (ar.), davlat (ar.), muallim (< ar. mua’l/im); direktor (r-b.), rektor(r-b.), institut (r-b.), metro (r-b.), cho't (< rus. cueTb/), cho'tka (< rus. iqemka) kabi.
Kalkalab olish. Bunda boshqa tildagi (mas., rus tilidagi) so'zning morfemik tarkibidan qismma-qism nusxa olish orqali o'zbekcha so'z yasaladi va shu so'z bilan boshqa til (mas.,rus tili) leksemasining ma’nosi ifodalanadi. Qiyos qiling: yarimo''tkazgich < rus. nonynpoeoduuu, ilmiy-ommabop < rus. uayHHO-nonyjiupHbiu kabi. Kalkalashning bu turi to'liq kalka sanaladi, chunki unda boshqa til so'zining ifoda materiali o'zbek tili materiali bilan to'liq almashtirilgandir. Ba’zan boshqa til so'zining bir qismi o'zgarishsiz olinadi, qolgan qismi esa o'zbek tili materiali bilan almashtiriladi. Qiyos qiling: mikroo‘g‘it < rus. MUKpoydoöpenue, ultratovush < rus. ynbmpa3eyK, rekordli < rus. peicopdubiü, meshchanlik < rus. Meufaucmeo kabi. Kalkalashning bu turi yarim kalka hisoblanadi.
To'liq va yarim kalkalar so'z o'zlashtirishning grammatik usuli deb ham qaraladi, chunki bunda boshqa til so'zlarining ma’noli qismlaridan nusxa ko'chirilishi orqali so'z yasaladi. Ammo tilda ba’zan yangi so'z yasai- may, azaldan mavjud bo'lgan birorta leksemaga boshqa til leksemasining birorta ma’nosini yuklash orqali ham ma’no o'zlashtirilishi ta’minlanadi. O'zlashtirishning bu turi semantik kalka sanaladi. Masalan, til so'zi «so‘zlashuv quroli» nomi sifatida ruscha H3biK so'ziga ekvivalentdir. Ayni shu holat rus tilidagi jbmk so‘zining «asir» ma’nosini o'zbek tilidagi til so‘zi bilan ifodalashga turtki bo'lgan: «Qo‘mondonlik Ostonaqullar keltirgan «til»dan hujum jangining planini tuzish uchun eng kerakli ma’lumotlarni oldi». (A.Rahm. Ellik birbahodir.)
O'zbek tilidagi o‘zak leksemasida «so'zning o‘zagi» ma’nosining paydo bo'lganligi ham ruscha KopeHb leksemasining «KopeHb cjiobo» ma’nosiga asoslangandir.
So‘z o'zlashtirishning chet so‘zlarni qo'llashdan farqlari
So'z yoki ma’no o'zlashtirilishini chet so'zlarni qo'llashdan farq qilish kerak. So'z yoki ma’no o'zlashtirilishi muayyan til leksikasini boyituvchi qonuniy hodisadir, chunki bir til boshqa tildan o'zi uchun zarur bo'lgan leksik-semantik birliklarni o'zlashtiradi. Chet so'zlarni ishlatish hodisasi esa g'ayri qonuniydir, chunki o'zbek tilining o'zida biror so'z mavjud bo'lgani holda, uning o'mida chet so'zni ehtiyojsiz, maqsadsiz qo'llash tilni boyitmaydi, aksincha, ayrim shaxslarning o'z nutqiga e’tiborsiz qarashinigina aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |