So’z o’zlashtirish usullari. So’z o’zlashtirish bir tildan ikkinchi bir tilga aynanyoki kal‘kalab olish orqali sodir bo’ladi. Hozirgi o’zbek tilida rus tilidan va rus tili orqali o’zlashgan so’zlar ko’pdir.
O’zicha olish. Bunday so’z olish bir tildan ikkinchi bir tilga o’sha tildagi so’zni aynan o’zlashtirish yoki ayrim fonetik o’zgarishlar bilan olish tushuniladi: disk-diska, kosmos, dasturxon kabi.
Kalkalab olish. Boshqa til materialidan qismma-qism nusha olish bilan yasalgan so’zga kalka deyiladi. Kalka frantsuzcha bo’lib, nusha ko’chirishda ishlatiladigan yupqa, yaltiroq qog’oz, nusha degan ma‘noni bildiradi.
Kalkalashda o’zlashtiruvchi so’zning ma‘nosi va morfematik tuzumi saqlanadi, ammo bu morfomatik tuzum o’zlashtirilayotgan tilning materiali bilan to’ldiriladi. Maslan, chalasavot so’zi ruscha polugramotniy so’zidan. Ishchi so’zi esa rabochiy so’zidan nusha olish yo’li bilan hosil qilingan kalkadir kalkadir.
Asli haqiqiy kalka deb umumxalq (obshenarodniy), butunittifoq (vsesoyuzniy) kabi so’zlarni ko’rsatish mumkin. Boshqa til so’zidagi har bir qismga o’z tilidan qism keltirish va bu qismlarni mexanik ravishda birlashtirib so’z xosil qilish demakdir.
Kalkalash asosan ikki xil bo’ladi:
To’liq kalka. Bunda so’zning negizi va affikslari o’z tilniki bo’ladi (Umumillat, umumxalq, ishchi, shanbalik, ayblovchi, oqlovchi, darslik).
Yarim kalka. Bunda so’zning negizi o’zga tilniki, affiks esa o’z tilniki bo’ladi: traktorchi (traktorist), tabelchi (tabelshik), mexanizatsiyalash (mexanizirovanie).
Kalkalash asli grammatik usul hisoblanadi, chunki kalkalash so’zning morfematik tuzumidan nusha olishga asoslanadi. Ba‘zi hollarda ikkinchi bir tildagi so’zning ta‘sirida (so’z anglatgan tushunchani o’zlashtirish orqali) o’z tildagi biror so’zda leksik ma‘no taraqqiyoti ikkinchi bir tildagi so’zning ta‘sirida voqe bo’lganligi uchun, uni ham kalka deb yuritiladi. Bu xildagi kalkani grammatik kalkadan farqlash maqsadida semantik kalka deb yuritiladi.
Semantik kalkada ham nusxa olish printsipi saqlanadi: bir tildagi so’zga uning boshqa tildagi ekvivalenti qidirib topiladi va shu topilgan so’zga o’zlashtirilayotgan leksik ma‘no yuklanadi: yo’ldosh (Yer yo’ldoshi)-sputnik (sputnik Zemli), ish haqi (zarabotnaya plata), bosh (asosiy-glavniy)bo’lim (qism-chast, podrazdelenie) va b.
So’zlarning ishlatilish doirasi jihatdan xarakteristikasi. So’zlar ishlatilishi doirasi jihatdan: 1) ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam va 2) ishlatilish doirasi chegaralangan qatlamlarga bo’linadi.
Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga barcha o’zbeklar uchun umumiy bo’lgan so’zlar kiradi. Bunday qatlamning asosini yashash joyi, kasbi, madaniy saviyasi, jinsi, yoshi va boshqa belgilaridan qat‘iy nazar o’zbek tilida gapiruvchi barcha o’zbeklarga tushunarli bo’lgan so’zlar tashkil qiladi.
Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam semantik jihatdan quyidagicha gruppalanadi;
Kundalik turmushda ishlatiladigan, hamma uchun tushunarli bo’lgan so’zlar.
A) Oziq-ovqatga oid so’zlar: osh, yog’, gurunch, sabzi, piyoz, non, o’t, yo’l, go’sht, qatiq, bug’doy.
B) Tabiiy borliqqa oid nomlar:er, quyosh, oy, yulduz, suv, o’t, yo’l, bulut, tuman, tong, daryo, ko’l.
V) Odam,hayvon va boshqa tirik mavjudotlarga oid nomlar: kishi, bola, xotin, er, dehqon, yor, do’st, ot, qush, it, eshak, buzoq, baliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |