Oyoq kiyimi. Oyoqni issiq, sovuq, nam, loy, chang va shikastlanishdan saqlaydi


Charm poyabzallarniag tasnifi va assortmenti



Download 343,76 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi343,76 Kb.
#236704
1   2   3   4   5
Bog'liq
Poyabzal

Charm poyabzallarniag tasnifi va assortmenti. Charm poyabzallari ishlatilishi bo‘yicha maishiy, sport, ishlab chiqarish, ortopedik va profilaktik poyabzallarga bo‘linadi. Undan tashqari, milliy poyabzallar (maxsi va kovushlar) ham ishlab chiqariladi.

Maishiy poyabzallar charm poyabzallari assortimentida asosiy o‘rinlarni egallaydi; sport poyabzallari - sport bilan shug‘ullanishda, ishlab chiqarish poyabzallari - issiq sexlarda, kimyo korxonalarida va sanoatning boshqa tarmoqlarida; ortopedik poyabzallar - oyoq shikastlanganda, oyoq kaftida kasallik bo‘lganda; profilaktik poyabzallar - oyoq kaftining o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlatiladi.

Maishiy poyabzallar yuza qismi tanavorining materiali, rangi, ishlab chiqarish usuli, tagcharmining ashyosi hamda mahkamlanish turi va xillari bo‘yicha bo‘linadi.



Ustki qismi materiali bo‘yicha poyabzallar bulg‘ori, xromli, to‘qimachilik materiali, sun’iy charmli va aralash materialli bo‘ladi. Bulg‘ori poyabzallar maishiy poyabzallar assortimentida uncha yuqori bo‘lmagan o‘rinni egallaydi. Ular ko‘pincha ishlab chiqarish poyabzallari sifatida ishlatiladi; mustahkam, suvga chidamli va tagcharmi rezina hamda kamroq tabiiy charmdan ishlab chiqariladi. Ularning assortimentiga etiklar, yarim etiklar, botinkalar, baxillar, untlar va boshqa maxsus poyabzallar kiradi (baliqchilar, ovchilar hamda o‘rmonchilar uchun).

Xromli poyabzallar charm poyabzallari assortimentida katta o‘rinni egallaydi. Ular xromli oshlangan charmlardan (yuzali xromlar, shevro, shevret, velyur, lokli charmlar, ayrim hollarda zamsha va bulg‘or charmlari) tayyorlanadi. Bundan tashqari, sun’iy charmlar hamda to‘qimachilik materiallari ham ishlatiladi. Xromli poyabzallar nisbatan yengil, egiluvchan, yaxshi gigiyenik va estetik xususiyatlarga ega.

Sun’iy charmdan tayyorlangan poyabzallar 7 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, aholining barcha yosh va jins guruhlari uchun ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqarish usuli bo‘yicha maishiy poyabzallar mexanik va qo‘l usuliga ajratiladi. Qo‘lda ishlab chiqariladigan poyabzallarda rantni tikish va tanavorni qolipga tortish qo‘lda bajariladi.

Tayyorlash tarzi bo‘yicha erkaklar va ayollar poyabzallari ommabop, modabop, bolalar hamda yosh bolalar poyabzallari ommabop va bezakli guruhlarga bo‘linadi.

Zamonaviy poyabzallar ommabop poyabzallarga nisbatan yuqori sifatli qimmatbaho materiallardan tikiladi, yaxshi bezalgan va patagi tabiiy charmdan tayyorlanadi. Shuning uchun ular bejirim, yengli va murakkab bezak pardozli bo‘ladi.



Bolalarning bezatilgan poyabzallari ham ko‘proq qimmatbaho materiallardan (xromli lok, upuka va boshq.), ochiq, rang-barang tusli, qismlari bir rangli, qurama, turli shaklli qoplamalar va dekorativ bezaklar bilan bezalgan holda chiqariladi.

Poyabzallarning tumshuq qismi fasoni va poshnasi modaning ta’sirida tez-tez o‘zgarib turadi. Tumshug‘i ingichka, kesik, oval va aylana, poshnasi stolbaga o‘xshash, shpilka, ponaga o‘xshash va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Poshnalar balandligi bo‘yicha past (26 mm.gacha), o‘rta (26-45 mm), baland (46-60 mm) va juda baland (60 mm. dan yuqori) bo‘ladi.



Modelining murakkabligi ustki qismi tanavorining bichilish shakli bilan tavsiflanadi. Murakkablilik darajasi bo‘yicha ommabop poyabzallar uch toifaga bo‘linadi: silliq, pardozli va shaklli bichilgan. Modabop erkaklar poyabzallari birinchi va ikkinchi, ayollar modabop poyabzallari birinchi, ikkinchi va uchinchi murakkablilik toifalarga bo‘linadi. Bolalarning bezatilgan poyabzallari faqat shaklli bichimda tayyorlanadi.

Etiklar bichilgan va kamroq tortilgan (ustki qismi bir bo‘lak charmdan tayyorlangan) holda ishlab chiqariladi.

Etikchalar, yarim etikchalar etiklardan qo‘njisining balandligi, modelining xilma-xilligi, bezaklari va berkililadigan ilmog‘i (zastyojka) bilan farq qiladi. Ular har xil balandlikdagi poshnalarda ishlab chiqariladi. Botinkalar oyoqni pastki boldir qismigacha, yarim botinkalar to‘piqqacha yopib turadi. Bichilishi va konstruksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha turli-tuman bo‘lishi mumkin. Ilmog‘i esa xilma-xil (shnur, rezinka. pryajka, «molniya» ilmoqli va boshq.).

Tufli yarim botinkaga nisbatan ko‘proq tanavorining (taxminan uzunligining 2/3 qismi, yarim botinkada uzunligining yarmigacha) ochiqligi bilan farq qiladi. Tuflilar uchun ko‘proq murakkab bichimlar, bezakli pardozlar va chiroyli siluetlar xosdir. Tuflilar tanavorining an’anaviy bichimiga qayiqcha (lodochka) bichimi, yozgi ochiq tumshuqli hamda ochiq o‘kchali, pantolet turidagi (qayishsiz ochiq o‘kchali), qayishlardan bichilgan va boshqalar kiradi.

Sandallar sandal usulida mahkamlangan, astar va pataksiz, mayda, katta-katta teshikli, bir yoki ikki berkitiladigan qayishli hamda poshnasiz poyabzal.

Sandaletlar har xil bichimli yozgi yarim botinka, odatda, katta-katta teshikli, rantli, yonbosh va qurama uslublarda mahkamlangan bo‘ladi. Sandaletlar erkaklar, ayollar, o‘g‘il bolalar va maktab yoshidagi bolalar uchun ustki qismi tabiiy charm hamda sun’iy materiallardan tayyorlanadi.


Download 343,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish