Oyoq kiyimi. Oyoqni issiq, sovuq, nam, loy, chang va shikastlanishdan saqlaydi



Download 343,76 Kb.
bet2/5
Sana31.12.2021
Hajmi343,76 Kb.
#236704
1   2   3   4   5
Bog'liq
Poyabzal

Koʻn-poyabzal sanoati — yengil sanoatnpnt hayvonlar terisidan yumshoq va qattiq charm tayyorlaydigan hamda tabiiy va sunʼiy charmdan poyabzal ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Bundan tashqari, charmdan kiyim-bosh, egar-jabduq, attorlik buyumlari, toʻqimachilik mashinalari va boshqa mashi-valar uchun detallar tayyorlanadi.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda koʻnpoyabzal buyumlar 19-asrning 2-yarmidan sanoat usulida tayyorlana boshlandi. Koʻn ishlab chiqarishda dastlabki charm tayyorlash va pardozlash jarayonlarining bir qismi mexanizatsiyalashtirildi, 19-asrning 80—90-yillarida esa charmni xrom tuzlari bilan tezkor oshlash usuli joriy etildi. Bu yangilik terini oshlovchi oʻsimlik materiallari bilan ibtidoiy sodda usulda oshlab, charm tayyorlashni siqib chiqardi. Poyabzal ishlab chiqarish da mexanizatsiyalash jarayoni 19-asrning 50-yillarida poyabzal tanovari (ustki qismi)ni tayyorlashda tikuv mashinalaridan foydalanish bilan boshlandi. Shu paytdan to 19-asrning oxirigacha poyabzallar tayyorlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtiradigan maxsus mashinalar ham ixtiro etildi.

19-asrning oxiriga qadar Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda koʻnchilik, poyabzal tikish hunarmandchilikning qad. turi sifatida oʻz anʼanalariga ega boʻlgan. Qadimdan poyabzal tikuvchi kosiblar qoʻlda har xil andoza va turda etik, maxsi, kavush tikkanlar. 20-asrning 20-yillaridan poyabzal sanoati korxonalari paydo boʻlishi bilan tufli, botinka, sandal, shippak, piy-ma, kalish hamda maxsus ish poyabzallari ishlab chiqara boshlandi.

Charm ishlab chiqarish tarmogʻidagi birinchi eng yirik korxona — Toshkent koʻn zavodi 1928 yilda ishga tushirildi. 1941—45 yillarda Xonobodda (Andijon viloyati) teri ishlash zavodi, poʻstin uchun qoʻy terisini oshlaydigan 2 korxona, 1996 yil Toshkentda yangi koʻn zavodi qurildi.

1927 yil Toshkentda birinchi poyabzal fabrikasi ish boshladi. 1935 yilda Toshkentda yana bir poyabzal fabrikasi, Buxoro (1938), Samarqand (1938), Toʻrtkoʻl, Termiz (1939), Andijon, Qoʻqon, Chirchiq (1942), Namangan (1940), Yangiyoʻl (1943) shaharlarida kichikroq poyabzal fabrikalari foydalanishga topshirildi. 1940 yil ga kelib respublikada keng tarmoqli poyabzal sanoati shakllandi.

20-asrning 60-yillaridan Pop rezina poyabzal fabrikasi (I960), Fargʻona poyabzal fabrikasi (1969), Qoʻqon koʻn zavodi (1972), Fargʻona sunʼiy charm zavodi (1974) ishga tushirildi. Toshkentda 1-va 2-poyabzal fabrikalari, Chirchiq, Qoʻqon poyabzal fabrikalari kengaytirildi va qayta jihozlandi, korxonalar mahsulot turlari boʻyicha ixtisoslashdi. Respublika boʻyicha 1980 yil da 30,3 mln. juft charm poyabzal ishlab chiqarildi va uning deyarli yarmini bolalar poyabzali tashkil etdi. 1990 yilga kelib, Oʻzbekiston Koʻn-poyabzal sanoatida 46,6 mln. juft poyabzal ishlab chiqarildi.

1995 yil "Fargʻona poyabzal" aksiyadorlar jamiyati bilan Germaniyaning "Salamander" firmasi ishtirokida "Oʻzsalaman" qoʻshma korxonasi mahsulot chiqara boshladi (yillik loyiha quvvati 8 turdagi 500 ming juft erkaqlar poyabzali). 1997 yilda Chirchiq shahrida "Kibo bolalar poyabzali" qoʻshma korxonasi ish boshladi.

Hozir "Poyabzalchi", "Orzu" (Toshkent), "Vaxt" (Chirchiq), "Kichkintoy" (Yangiyoʻl), "Mahsi" (Samarqand), "Qoʻqon poyabzali" (Qoʻqon), "Poyabzal" (Andijon), "Fargʻona poyabzal" (Fargʻona), "Naqshbandiya" (Buxoro), "Koʻnchi" kabi aksiyadorlik jamiyatlari tarmoqdagi eng yirik korxonalar hisoblanadi.

2000 yildan Oʻzbekistondagi Koʻn-poyabzal sanoati korxonalari "Oʻzbekcharmpoyabzal" uyushmasi tarkibiga kiradi. Ayni paytda poyabzal sanoati korxonalarini eng zavonaviy chet el uskunalari bilan qayta jihozlash, xom ashyo sifatida sintetik va sunʼiy mate rial l ar dan keng foydalanish ishlari amalga oshirilmokda. 2000 yilda respublikada 4,2 mln. juft poyabzal ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlar orasida AQSH, Italiya, GFR, Fransiya, Chexiyada Koʻn-poyabzal sanoati rivojlangan boʻlib, poyabzal sanoati mahsulotlarining katta qismini chet davlatlarga, shu jumladan, Oʻzbekistonga eksport qiladi.

Charm poyabzallari ishlab chiqarish jarayoni ularning assortimenti va sifatini belgilashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi operatsiyalardan iborat: modellarini loyihalash, materiallarni bichish, tikish va poyabzalni so‘nggi pardozlash. Poyabzallar assortimentini ishlab chiqish va yangilash loyihalash davrida, sifatini shakllantirish esa ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.



Poyabzallarnl loyihalash (modellashtirish va konstruksiyaiash) ularning modeli, ishchi chizmasi va qismlar andozasini ishlab chiqishdan iborat. Poyabzal materiallari ushbu model, ishchi chizmalar va andozalar bo‘yicha bichiladi.

Poyabzal modellari ishlab chiqarish laboratoriyalarida rassom-modelyerlari tomonidan tayyorlanadi. Rassom bo‘lajak poyabzalning andoza nusxasini yaratadi. Charm poyabzallarning asosiy belgilari ularning o‘lchami va to‘laligi hisoblanadi. Metrik raqamlash tizimi bo‘yicha poyabzalning o‘lchami oyoq kaftining mm. dagi uzunligini tavsiflaydi. Bir o‘lchamdagi patakning uzunligi oyoq kaftining uzunligidan katta bo‘lishi kerak (oyoqning poyabzal ichida erkin harakati uchun). Chegaradosh o‘lchamli poyabzallarning uzunligi bo‘yicha oralig‘i bulg‘orli va maxsus poyabzallardan tashqari (bular uchun 7,5 mm) barcha poyabzallarda 5 mm. ga teng. Poyabzalning to‘laligi uning ichki shakli (panjalar va to‘g‘ri do‘ng joyi bo‘yicha) va iz tomonining (panja va tovonidan) eni aylanasi bilan tavsiflanadi. Panjalarning aylanasi bo‘yicha chegaradosh to‘lalikning o‘zaro oralig‘i, 6-8 mm. ga teng. Charm poyabzallar to‘qqizta (1-9) to‘lalikka bo‘linadi, lekin amalda faqat 1-6 to‘lalik oralig‘ida ishlab chiqariladi; ayollar, erkaklar va bolalar poyabzallari uchun to‘lalik soni birdan uchtagacha.



Charm materiallarini bichish ularni o‘lchami va xususiyatlarining bir xilligi bo‘yicha ishlab chiqarish partiyalariga ajratilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Poyabzallarning yuza va tag qismiga ishlatiladigan tabiiy charmlar qoliplari presslarda maxsus metall qoliplar (keskich-rezak) yordamida; sun’iy charmlar va to‘qimachilik materiallari qavat-qavat to‘shalib, tasma pichoqli elektr mashinalari bilan bichiladi. Poyabzallarning sifati qoliplarning joylanishiga bog‘liq. Shuning uchun qismlarningcho‘zilishi poyabzalning uzunasiga minimal bo‘lishi kerak. Eng muhim qismlar charmlarning cheprak qismidan bichiladi.

Poyabzallarni tikish jarayoni bichilgan qismlariga oldindan ishlov berish (yaxshiroq egish uchun qismlar chekkasini yupqalatish, tagcharmni silliqlash, rantli uslubda mahkamlanadigan poyabzalda patak labini shakllantirish va boshq.), ustki tanavorlarning to‘plangan qismlarini birlashtirish yoli bilan yig‘ish va poyabzal modeli bo‘yicha bezak berish, qolipga ustki qismining yig‘ilgan tanavorini tortish yo‘li bilan ustki qismi shaklini berish va tag qismi detallarini tanavorga yopishtirish kabi operatsiyalardan iborat.

Poyabzallar tagini mahkamlash uslublari mahkamlaydigan material turiga qarab burama mixli, yelimli (yelimlash, issiq vulkanizatsiyalash va quyma), ipli (tikish, sandal, doppel, rantli va rantli tikilgan, parko, og‘darma, yonbosh), qurama (rantli-yelimlash, doppelli-yelimlash, tikish-yelimlash) va boshqa uslublarga bo‘linadi.

T ag qismini mahkamlashdagi mixlash, burama mixli va tikish uslublari, asosan, og‘ir ishchi va sport poyabzallari tayyorlashda foydalaniladi.

Yelimlash usuli keng tarqalgan bo‘lib, tagcharm yelim orqati tanavoraning tortilish chekkasiga biriktiriladi. So‘ngra poyabzal ma’lum vaqt maxsus taxtakash tagida qolipda ushlab turiladi.

Issiq vulkanizatsiya usulida tayyor rezinali tagcharm o‘rniga xom rezina aralashmasi qo‘llaniladi. Aralashma taxtakachda tagcharm shakliga kiradi, vulkanizatsiyalanadi va poyabzalning ustki qismiga mahkamlanadi. Bu usulda olingan poyabzalning tagcharmida taxtakach shakhning izi qoladi. Bu usulda har xil xromli va to‘qimachilik materiallaridan qilingan poyabzallar tayyorlanadi.

Sandal usuli ko‘proq sandallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Bunday poyabzallarda patak va ustki qismining astari bo‘lmaydi.

Doppelli usul sandal usulidan deyarli farq qilmaydi, lekin poyabzalning astari bo‘ladi. Bu usul bilan yozgi yarim botinkalar (sandalet), bolalar yarim botinkalari va botinkalar tayyorlanadi.


Download 343,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish