Pedagogik jarayonda o`yinning tutgan o`rni. - Bola shug`ullanadigan ko`pchilik jiddiy ishlar o`yin shaklida bo`ladi. O`yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o`ylaydi; o`yin jarayonida bolani xayoloti, xotirasi faol ishlaydi, ta'sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo`ladi. O`yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo`ladi.
Bolalar o`yinining o`ziga xosligi. - O`yinning bola tarbiyasidagi ahamiyati o`tmish va hozirgi zamonning ko`plab pedagogik sistemalarida tadqiq etilgan. Ko`pchilik pedagoglar o`yinni bola uchun juda jiddiy va muim faoliyat sifatida baholaydilar.
- Bola tarbiyasida o`yinning ikki yo`nalishi tarkib topgan:
- 1) o`yindan bolani har tomonlama uyg`un rivojlantirish maqsadida foydalanish;
- 2) o`yindan tor didaktik maqsadlarda foydalanish.
- Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyati qaxtiiy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o’quvchilar o’qish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta xajmda bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaningsh bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarininng taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nixoyat o’qishga bo’lgan yo’nalish o’qishga nisbatan maxsuliyatli munosabat o’qishni yuksak omillarini topishi kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlarini va ularning faoliyatida taraqqiy etishini harakterlab beramiz.
- Idrok. Kichik maktab yoshidagi bolalar idrokining o’tkirligi sofligi bilan farq qiladilar. O’quvchilarning idroki o’ziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan farq qiladi.
Pedagogik jarayonda o`yinning tutgan o`rni. - Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yinlar bola shaxsining yuzaga kelishisabablarining shakllanishiga katta ta'sir ko`rsatar ekan.
- “Ijodiy o`yin” tushunchasi syujetli-roli o`yinlarni, dramalashtirilgan o`yinlar qarish-konstruktsiyalash o`yinlarni o`z ichiga oladi.
- Ijodiy o`yinlarda bolalarning atrof-muhitdagi hayot haqidagi ta'surtlari u yoki bu hayotiy hodisalarni tushunish darajalari aks etadi. Ijodiy o`yinlarning mazmuni bolalarning o`zlari o`ylab topadilar. Bu guruh o`yinlarida bolalarning erkinligi, mustaqilligi o`z-o`zini uyushtirish va ijodiyligi namoyon bo`ladi. Rang-barang hayotiy ta'surotlar aynan takrorlanmaydi , ular bolalar tomonidan qayta ishlanadi, ularning biri ikkinchisi bilan almashinib turadi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |