Eng umumiy sabab-bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy xayot kechirishga intilishidir. Bu intilish bir tomondan bolaning uni amalga oshirishga tayyor emasliklariga,
ikkinchi tomondan ularning o`sib kelayotgan mustaqilligiga duch keladi.
Vujudga keladigan ziddiyatlar esa ijodiy o`yin chog`ida xal etiladi: unda bola o`ziga katta kishi rolni qabul qilib, uning xayotini, faoliyati va munosabatlarini qayta aks ettiradi.
Syujetli-rolli o`yin
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaning asosiy o`yin turidir.
Syujetli -rolli o`yin o`z ifodasiga ko`ra inson faoliyatidir. Bola o`yinini oziqlantiruvchi manba bu, borliq dunyo kattalar va tengdoshlarining hayoti hamda faoliyatidir.
Syujetli rolli o`yin keng asosiy hususiyati unda hayolni vaziyatning mavjud bo`lishidir.
Xayoliy vaziyatlar bolalar o`yin chog`ida qabul qiladigan syujet va rollardan tarkib topadi, ular buyum va narsalarning o`ziga xos qo`llanilishini o`z ichiga oladi.
O`yin syujeti bir-biriga hayotiy aloqador bo`lgan qator voqealarning yig`indisidir. Syujetda o`yinning mazmuni ochiladi-voqealar ishtirokchilari bilan bog`liq bo`lgan xarakatlar va munosabatlar ifodalanadi.
Qoidali o’yin turlari
Didaktik o’yinlar
Harakatli o’yinlar
Musiqiy o’yinlar
Qoidali o`yinlar
Qoidali o`yinlar kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarining murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo`ljallangan bo`ladi. Tayyor qoidali o`yinlarning katta guruhni xalq o`yinlari tashkil etadi, ularning ko`plari avloddan avlodga o`tib, bizga etib kelgan.
O`yinning bola tarbiyasidagi ahamiyati o`tmish va hozirgi zamonning ko`plab pedagogik sistemalarida tadqiq etilgan. Ko`pchilik pedagoglar o`yinni bola uchun juda jiddiy va muhim faoliyat sifatida baholaydilar. Bola tarbiyasida o`yinning ikki yo`nalishi tarkib topgan: 1) o`yindan bolani har tomonlama uyg`un rivojlantirish maqsadida foydalanish; 2) o`yindan didaktik maqsadlarda foydalanish.
Didaktik o'yinlar
Narsa va o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar.
Stol ustiga qo’yib o’ynaladigan o’yinlar.
Og’zaki didaktik o’yinlar.
Shunday qilib, o`yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan vazifalarni bajaradi - boshqa tarbiya vositalari qatorida to`plangan ijtimoiy tajribani bir avloddan ikkinchi avlodga o`tkazilishini, bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. O`yinning ijtimoiy tabiatini shundan ham bilsa bo`ladiki, u faqat muayyan ijtimoiy sharoitda voqe bo`la oladi. Jamiyatning katta a'zolari bolalarning yashashi va o`sishi uchun zarur moddiy sharoit yaratish asnosida o`yinlarning rivojlanishi uchun ham ob'ektiv imkoniyatlar yaratadilar. Adabiyotlar ro’yhati
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq, 1997 y. P.Yusupova. Maktabgacha pedagogika. – T.: O‘qituvchi., 1993 y. N.Qayumova. Maktabgacha pedagogika. – T.: Ilm-ziyo., 2013 y. U. Qoraboev. O‘zbek halq bayramlari. T.: T.: Sharq, 2000 y. T.Usmonxo‘jaev. Ming bir o‘yin. T.: O‘qituvchi. 2004 y.