Frazeologizmlarni qo‘llashda ham alohida munosabatdan ko‘ra an’anaviylik, tilda mavjud variantlarga murojaat qilish ko‘proq seziladi. Mana Navoiyni, Hofizni biram o‘qiydiki, sel qilib yuboradi (32), Ularning tili bir, bir yoqadan bosh chiqarganlar (147), -Qilning ustida turipti hammasi:-javob beradi onam xo‘rsinib (175), -Mo‘m tishlab o‘tirasanmi! Gapir! (215), -
Pashshalarga yem bo‘lib o‘tiravering! - deydi kinoyali tovush bilan Turg‘un (220).
Oybek epitetlari badiiylikdan ko‘ra ko‘proq realistik obraz yaratishga xizmat qilgan ko‘rinadi: jing‘il hassa /13/, saxtiyon mahsi /16/, qora sho‘rva /20,28/, yovg‘on xo‘rda /38/, gardinpiyola /129/, sag‘ri kovush /3/ kabi. Ba’zi o‘rinlarda epitetlarni qo‘llash muvaffaqiyatli chiqmagan. Tor ko‘chada, qo‘shnimizning eski, shaloq eshigi oldida mening chol bobom o‘z o‘rtog‘i - uzun soqolli, yirikjussali, kar quloq mo‘ysafid bilan nimalar to ‘g ‘risidadir ezmalanib so‘zlashadi /3/. Ammo quyidagi gapda isimlik so‘zini istarasi issiq ma’nosida original qo‘llagan: G‘affor akaning xotini Rohat kelinoyi oppoqqina, ko‘zlari o‘ynoqi, isimlikkina juvon /39/.
Oybek uchun qorning rangi emas, muloyimligi muhim. Shuning uchun daraxt novdalariga yopishgan qorni ham «momiq qor» deb ataydi.
Xuddi epitetlar singari o‘xshatishlarni qo‘llashda ham tasvirning aniq, ifodaning tushunarli, kitobxonbop bo‘lishiga harakat qilingani seziladi: yosh bolaning gapirishi to‘tining g‘ujillashiga, olmaning kichikligi yong‘oqqa /4/, qor mayinligi momiqqa /35/ kabi. Shu bilan birga asarda noan’anaviy, Oybek qalami mahsuli bo‘lgan o‘xshatishlar ham anchagina. Masalan: Qing‘ir-qiyshiq ko‘cha ular uchun go‘yo sichqonning qopqoniday bo‘lganidan tiqilib qolishgan /6/, Osilgan lablarida har yoqqa ko‘pik sachratib, boshlarini jahl bilan keskin silkitishadi, shunda bo‘yinlariga osig‘liq qumg‘onday qo‘ng‘iroqlar qattiq jaranglab ketadi /6/. -Lekin bir zamonlar xo‘p qilichbozlik qilganmiz. Tulpor otlarni osmonga sapchitib, qilich solardik. E-e, bu qilich ham endi menday keksa /15/, Issiq baland. Cho‘l simobday erigan /89/.
Izohli lug‘atlarda qalin, zich, tig‘iz sinonimik qatoridagi qalin_so‘zi asosan narsa va predmetlarga, zich esa ham narsa-hodisalar, ham odamlarga nisbatan ishlatilishi qayd etilgan.4 Ammo Oybekda u, aksincha, insonlarga nisbatan kop so‘zining sinonimi sifatida faol ishlatilgan va o‘ziga xoslikni keltirib chiqargan. «Bolalik»da o‘nga yaqin o‘rinda shu ma’noda keladi
(24,63,70,75,91,178,182,219,241 - betlar): Bozorda odam qalin (219), Xalq qalin, bobomni qo‘lma-qo‘l olib ketmoqda (241), Aksariyat hollarda u o‘z ma’nosi bilan kop so‘ziga yaqinlashadi. «Bolalik»da biz faqat bir o‘rinda zich so‘zi ishlatilganini kuzatdik: Supalar, so‘rilardagi namatlar, sholchalarda xalq zich o‘tiribdi (231).
Do'stlaringiz bilan baham: |