Oybek rashidov


  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Markaziy  Davlat    arxivi    va  unda



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/103
Sana01.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#303253
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
Bog'liq
ozbekistonda arxiv ishi tarixi (1)

2.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Markaziy  Davlat    arxivi    va  unda 
saqlanayotgan  fondlar  tasnifi. 
Qoraqolpog‘iston  Respublikasi  Markaziy  Davlat 
arxivi  tarixida    1991-yildan  boshlab  yangi  sahifa  ochildi.Mustaqillikka 
erishganimizdan so‘ng  Qoraqolpog‘iston  Respublikasi  Markaziy Davlat arxivida 
fondlarni saqlash, qayta ishlash ishlari jadal suratlarda rivojlanmoqda va zamonaviy 
texnika vositalari joriy qilinib, aholiga xizmat ko‘rsatish yaxshilandi. O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004-yil  3-fevraldagi  49-son  qarori  bilan 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Arxiv  ishi  boshqarmasi  bo‘lib  qayta  tuzildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2010-yil 12-yanvardagi  9-b 
son  qaroriga  asosan  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Arxiv  ishi  boshqarmasi 
balansiga sobiq partiya arxivining binosi o‘tkazib beriladi. Ushbu bino 200 ming 
saqlash birligi hujjatlarini saqlash uchun maxsus bo‘lib qurilgan va hozirgi kunda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi joylashtirilgan.  
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“O‘zbekiston 
Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 26.08.08 yil 194-son qarori talablarini bajarish yuzasidan QR MDA va 
tuman  davlat  arxivlari  zamonaviy  konditsionerlar,  yong‘in  xavfsizligi  uskunalari, 
qo‘riqlash  signalizatsiyalari,  video  kuzatish  tizimi,  kompyuter  vositalari  va 
litsenziyali dasturiy ta’minat, korporativ tarmoqqa ulash uchun tegishli qurilmalar, 
metall stellajlar, arxiv hujjatlaridan nusxa olish bo‘yicha yuqori texnologik asbob 
uskunalar  bilan  ta’minlandi.  “Hujjatlarning  elektron  sug‘urta  fondini  yaratish 
qurilmasi”  yordamida  hujjatlarning  elektron  nusxasini  yaratish  ishlari  4-5 
barobariga  tezlashtirishga  va  bu  ko‘rsatkish  bo‘yicha  bir  kunda  300-400  kadr 
yaratish  o‘rniga  2000  gacha    kadr  yaratish  imkaniga  erishildi.  2013-yilda  o‘ta 
qimmatli  hujjatlarning    elektron  nusxalarini  yaratish  bo‘yicha  QR  MDAda  1000 
saqlov    birligidan      25346    kadr  yaratildi.  Ushbu  yaratilgan  elektron  nusxalardan 
tadqiqotchilar va arxiv xodimlari tomonidan foydalanish imkoni yaratildi.  
Vazirliklar,  idoralar,  shahar  va  tuman  hokimliklari  idoraviy  arxivlari 
faoliyatini  rivojlantirish,  idoraviy  saqlashdagi  MAF  hujjatlarining  saqlanishini  va 
ilmiy-texnik  jihatdan  ishlanishini  ta’minlash,  arxiv  ishi  va  ish  yuritish  xodimlari 


144 
 
malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat arxivlari 40ta 
kompyuter,  10ta  notebook,  32ta  printer,  8ta  skaner,  12ta  faks  apparatlari,  10ta 
ksersks, 
3ta 
raqamli 
fotoapparatlar 
bilan 
ta’minlangan.  
 
Fuqarolarni qabul qilish,  murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini 
ta’minlash  nazoratga  olingan.  Fuqarolar  murojaatlari  bo‘yicha  ish  olib  boruvchi 
xodimlarning ish o‘rinlari va ichki hujjatlarini (murojaatlarni qayd etish jurnallari), 
shu  bilan  birga  ularning  muomala  madaniyatini  har  bir  arxiv  muassasasi  rahbari  
tomonidan e’tibor qaratilmoqda.  
Arxiv  hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining tarkibi va hajmi 
ularning o‘zgarishi shuningdek, ularni saqlash joylari bo‘yicha yagona ma’lumotlar 
bazasi tizimli shakllantirildi. Davlat arxiv fondlari, shuningdek idoraviy arxivlarning 
arxiv  fondlari  va  ularning  jamlash  manbalari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  har 
kalendar  yilning  1-yanvar  holati  bo‘yicha  5-yanvardan  kechikmay  taqdim  etilishi 
yo‘lga qo‘yildi.  
Qoraqalpog‘iston  MDAga  1992-2016-yillarda  Shamshetov    Murat 
Perdebaevich direktor lavozimida ishlagan. Ushbu arxivga 2016-yildan hozirgacha  
Bekmuratov  Aymurza Mirzamuratovich  direktor lavozimida ishlamoqda. Hozirda 
Qoraqolpog‘iston Respublikasi MDA da 24 kishidan iborat xodim faoliyat yuriitadi. 
 
Qoraqolpog‘iston      Respublikasi      Markaziy    Davlat    Arxivi    fondlarida 
respublika  hokimiyatining    yuqori  organlari,  respublika    va  shahar  ahamiyatiga 
molik hujjatlar, sud va prokuratura organlari, jamoat, kooperativ muassasalar, o‘quv, 
madaniy-ma’rifiy  muassasalar,  kasaba  uyushmalari  va  boshq  tashkilotlarning  ish 
jarayonida  hosil  bo‘lgan  arxiv  materiallari  saqlanadi.  Arxiv  fondlarida  o‘zbek, 
qoraqalpoq, turkman, rus, arab va lotin alifbosida yozilgan asl nusxa va ko‘chirilgan 
nusxalardan iborat hujjatlarni uchratish mumkin.
 
 
2017-yil 15-dekabrdagi   holat   bo‘yicha   Qoraqolpog‘iston     Respublikasi   
Markaziy  Davlat  arxivida  575   fond   va   156707   yig‘majild saqlanmoqda. 
Shulardan  36  ta  shaxsiy  tarkib  hujjatlari  hisoblanadi.  Qoraqolpog‘iston     
Respublikasi   Markaziy  Davlat  arxivida   saqlanayotgan 575 fondning  dastlabki   
9  tasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Davlat  arxiviga  yuborilgan.  Bu    


145 
 
fondlarda “Petro  –Aleksandrovskiy  shahar    maktablari”, “Amudaryo boshqaruv 
kanselariyasi”  hujjatlari  bo‘lib,  ular  O‘rta  Osiyo  tarixi  uchun  muhim  ahamiyatga 
ega. SHuning uchun ham hozirda, bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Davlat Arxivining 275 fondida saqlanmoqda.
 
Qoraqolpog‘iston  ASSR  arxividagi  davlat  boshqaruvi  va  tuzilishi  
jamg‘armasida,  Qoraqolpog‘iston    ASSR    va    Nukus    shahri  tarixi    shuningdek, 
Turkiston  ASSR   Amudaryo  bo‘limi  tarixi  va  Qoraqolpog‘iston  ASSR ning  
1924-yilda    O‘z  SSR    tarkibidagi  tarixiga  doir  ma’lumotlar,  Qoraqolpog‘iston  
viloyati  va  qishloqlari  to‘g‘risidagi  ma’lumtlar, ocharchilik, vayrongarchilikka 
qarshi  kurash  to‘g‘risidagi  hujjatlar  jamlangan.  Shuningdek,  O‘rta  Osiyo 
xalqlarining  ko‘payishi  va  aholining    soni,  Qoraqalpog‘iston  Avtonom 
Respublikasining  birinchi  Konsititutsiyasini  qabul  qilinishi  haqidagi  ma’lumotlar 
mavjud.  Markaziy  va  mahalliy  sovet  tashkilotlari  jamg‘armasida  avtonom 
respublika xo‘jaligi va madaniy qurilishiga oid hujjatlar jamlangan. O‘lkadagi ishlab 
chiqarish    to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  paxta  tozalash  zavodlari  jamg‘armasida 
jamlangan  bo‘lib,  unda  shuningdek,  Xo‘jayli,  To‘rtko‘l,  Chimboy,  Beruniy  va 
boshqa  shaharlar  to‘g‘risidagi    ma’lumotlar  mavjud.  Bu  jamg‘armada  Mo‘ynoq 
baliqchilik konserva zavodiga,   shuningdek, Nukusdagi turli zavodlarga  oid  arxiv 
hujjatlari jamlangan. Yer boshqaruvi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligi tarixiga doir, 
ishchi dehqon deputatlar faoliyatiga oid, sovet hukumati davrida Qoraqolpog‘iston 
tarixiga doirma’lumotlar saqlanadi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish