Oybek rashidov


-Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxiv ishi sohasidagi xalqaro



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/103
Sana01.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#303253
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103
Bog'liq
ozbekistonda arxiv ishi tarixi (1)

15-Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxiv ishi sohasidagi xalqaro 
hamkorlik 
Reja: 
1. O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxivshunos kadrlar tayyorlashning dolzarbligi. 
2. O‘zbekiston arxivchilarning xalqaro aloqalari. 
1.  O‘zbekistonda  arxiv  ta’limi  va  arxivshunos  kadrlar  tayyorlashning 
dolzarbligi. 
Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  arxiv  sohasidagi  yangi  usullar  va 
texnologiyalarni joriy etish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy-uslubiy ishlanmalar 
yaratish,  xamda  arxiv  xizmatini  takomillashtirish  ishlari  borasida  sezilarli 
kamchiliklar  aniqlandi.  Sohada  malakali  kadrlarni  etishmasligi,  arxiv  hujjatlarini 
sifatli  shakllantirish,  komplektlash,  hisobga  olish,  saqlash  va  undan  foydalanish 
ishlarini tashkil etish dolzarb masalaga aylangan edi. 
Bugungi kunda respublikamiz arxiv muassasalarida yuqori malakali kadrlarga 
bo‘lgan talab juda yuqori. Mamlakatimizning yuzdan ortiq davlat arxivlarida 1500 
ta  shtat  o‘rinlari  mavjud  bo‘lib,  ularning  945  tasi  uchun  kvalifikatsiya  talablari 
bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxasislarni ishga qabul qilish lozim. Lekin 2009 yilgi 
statistik  ma’lumotlarga  ko‘ra  respublika  davlat  arxivlarida  faqat  280  ta  oliy 
ma’lumotli mutaxasis ishlamoqda. 
2007-2009-yillarda  122  ta  idoralararo  shaxsiy  tarkib  arxivlar  va  davlat 
arxivlarining  asosiy  komplektlash  manbasi  bo‘lgan  7000  tadan  ko‘proq  idoraviy 
arxivlarni ish yuritish va arxiv ishi holati o‘rganildi va ushbu arxivlarda mutaxasis 
kadrlarga  bo‘lgan  talab  juda  katta  ekanligi  aniqlandi.  Shu  bilan  birga  ushbu 
arxivlarda  va  ish  yuritish  soxasida  ishlayotgan  xodimlarni  ma’lumot  darajasidagi 
kamchiliklar aniqlandi. 
Xususan,  ko‘pgina  vazirlik  va  idoralardagi  ish  yuritish  tizimiga  javobgar 
bo‘lganlar hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga 
ega  emasligi  aniqlandi.  Ular  ish  yuritishning  o‘ziga  xos tomonlarini shu  vazifani 


149 
 
bajarish jarayonida shaxsiy kuzatish jarayonida o‘zlashtirib olishlari ma’lum bo‘ldi. 
Natijada  ushbu  bo‘lim  xodimlarida  ish  yuritish  madaniyati  va  uning  asosiy 
tushunchalari haqidagi bilimlar bir necha yil ishlagandan so‘ng paydo bo‘lar ekan. 
Hozirgi  vaqtda  respublikamizdagi  yigirmadan  ortiq  kasb-hunar  kollejlarida 
“Arxivshunoslik va ishyuritish mutaxassisi” kasbi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 
Ushbu kasb bo‘yicha ta’lim olgan o‘quvchilar quyidagi ixtisosliklarni egallaydilar: 
arxivarius,  hodimlar  inspektori,  ish  yurituvchi-kotiba.  Ushbu  yo‘nalish  bo‘yicha 
ta’lim  olayotgan  o‘quvchilar  umumta’lim  fanlari  bilan  bir  qatorda  umumkasbiy 
fanlarni ham o‘rganadilar. 
Kasb-hunar kollejlarida “Arxivshunoslik va ishyuritish mutaxasisi” bo‘yicha 
ishchi o‘quv rejasi bilan tanishish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, umumkasbiy 
va maxsus fanlar asosan 2-3 kurslarda o‘tiladi. Shu bilan birga ushbu fanlar bo‘yicha 
nazariy darslar kamroq, asosan amaliy darslar o‘tish rejalashtirilgan. Bu esa ushbu 
yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar egallayotgan yoshlarni bevosita amaliyotda ish olib 
borishga tayyorlash ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham o‘quv va ishlab chiqarish 
amaliyotlari maxsus fanlarni chuqur o‘zlashtirishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha 
malaka va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan. 
Shuningdek,  uzluksiz  ta’lim  tizimining  barcha  bosqichlarida  Davlat  ta’lim 
standartlari,  o‘quv  reja  va  dasturlari  hamda  darsliklarini  takomillashtirish, 
mazmunan uzviylashtirish bilan ta’lim uzluksizligini ta’minlash; o‘quv rejalaridagi 
turdosh  fanlarni  integratsiyalash  orqali  o‘quv  yuklamalari  ko‘lami  va  hajmini 
optimallashtirish;  kasb-hunar  kollejlarida  vertual  o‘quv-laboratoriya  zamonaviy 
axborot  kommunikatsiya,  elektron-texnik  va  masofadan  o‘qitish  imkonoyatlarini 
kengaytirish, darslik, qo‘llanma va o‘quv filmlarining elektron turlarini yaratish va 
ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish; uzluksiz ta’limning barcha 
bo‘g‘inlari  uchun  chop  etiladigan  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalarning  mazmuni, 
dizayni, matbaa sifatini yanada yaxshilash kabi vazifalar ham turibdi. 
Yuqori  malakali  arxiv  mutaxassis  kadrlarini  tayyorlash  masalalari 
O‘zbekiston  ta’lim  tizimidagi  eng  dolzarb  masalalardan  biri  bo‘lib  qolmoqda. 
Bugungi  kunda  respublikada  arxiv  kadrlari  tayyorlash  tizimi  yaratilgan. 


150 
 
“Arxivshunoslik”  (5220300)  bakalavr  ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha  mutaxassislar 
Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  universitetida,  Buxoro  Davlat 
universitetida,  Namangan  Davlat  universitetida  tayyorlanmoqda.  “Hujjatshunoslik 
va  arxivshunoslik”  (5A220301)  magistratura  mutaxassisligi  bo‘yicha    esa 
O‘zbekiston  Milliy  Universitetda  mutaxassislar  tayyorlanmoqda.    Shu  bilan  bir 
qatorda  ushbu  boradagi  muommolarni  hal  etishda  hozirda  arxivda  ish  olib 
borayotgan xodimlarda ham zamonaviy bilimlarni shakllantirish, bu borada ularning 
keng  ko‘lamda,  ayniqsa  qisqa  muddatlarda  malaka  oshirishlarini  tashkil  etish 
masalasi dolzarb tus olib bormoqda. 
     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son 
“O‘zbekiston  Respublikasida    arxiv  ishini    boshqarishni  yanada  takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi  qarori  ijrosini  ta’minlash  hamda  boshqaruv  siyosatini 
takomillashtirish  va  kadrlarning  malakasini  oshirish  maqsadida  Toshkent  axborot 
texnologiyalari universiteti qoshidagi Javaharlal Neru nomli O‘zbek-Hind axborot 
Texnologiyalari  markazining  qisqa  muddatli  o‘quv  qursi  tashkil  etildi.  Bu  o‘quv 
kursida turli arxivlardan kelgan arxivchi xodimlar malakalarini oshirdilar. 
       Bu  haqida  xorijlik  tadqiqotchi  Antonina  Burton  quyidagi  fikrlarni  keltiradi: 
“mustaqillik yillarida xorijdgi tadqiqotchilar ham O‘zbekistondagi nodir hujjatlarni 
o‘rganish  va  tadqiq  etish  imkoniyatiga  ega  bo‘ldilar.  Jumladan,  O‘zbekistonda 
ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan, ilk chet ellik tarixchilarga, sovet davridan keyingi 
davrni  ko‘zdan  kechirish,  o‘sha  paytdagi  ruhiyatni  o‘rganish  vazifasi  qo‘yilgan. 
Mustamlaka  davrdan  keyingi  yangicha  nazariyalar  bilan  tanishib  chiqqan  g‘arb 
tarixchilari  Markaziy  Osiyoga  dunyo  miqyosidagi  imperial  tizim  sifatida  qaray 
boshlashdi  va  mustamlakachilik  siyosati  mahalliy  madaniyat  hamda  jamiyat 
hayotida  kuchli  bosim  ostida  kiritilganini  ochib  tashlashdi.  Bir  necha  o‘n  yillar 
davomida berkitib qo‘yilgan arxivlarda ishlash juda quvonchli edi. Ammo, shu bilan 
birgalikda ularni qayta yopib qo‘yishdan qo‘rquv hissi bo‘lgan tarixchilar uchun u 
yerda ishlash ko‘plab imtiyozlarni yaratdi. Shuningdek, arxiv hujjatlari ustida olib 
borilayotgan  tadqiqotlar  dolzarb  o‘zgarishlar  sharoitida  mamlakatning  mavjut 
holatini  yoritishdan  ko‘ra  oldingi  tuzum  ruhiyatini  ochishni  nazarda  tutardi” 


151 
 
(Antonina  Burton.  Archive  Stories  (facts,  fictions  and  the  writing  of    history).  - 
London.2005.-P.54.). 
      “O‘zbekistonda  arxivlarning  ochilishi  bir  tomondan  g‘arb  tarixshunosligi  va 
sobiq Ittifoq arxivi orasida, boshqa tomondan esa xorijiy tarixchilar hamda ularning 
o‘zbek hamkasblari orasida “aloqa ko‘prigi” ning yaratilishiga imkon yaratdi. O‘z 
tajribalarimni  ilmiy  izlanishlar  olib  borayotgan  9  nafar  olimning  natijalari  bilan 
uyg‘unlashtirganimda  shu  narsaga  amin  bo‘ldimki,  odamlar  bilan  kutilmagan 
uchrashuvlar,  rasmiy  marosimlar  arxiv  hujjatlarining  ijtimoiy-siyosiy,  hattoki 
intelektual  ahamiyatini  ochib  berishda  ba’zan  yordam  bergan  bo‘lsa,  ba’zan  esa 
to‘sqinlik  qildi.  Chunki,  o‘sha  davrning  tarixnavislari  tuzum  siyosatini  tarix 
zarvaraqlariga  yozayotgan  paytda  uni  balandparvoz  gaplar  bilan  buzganida 
O‘zbekistonning bugungi nufuzi haqida o‘ylashmagan albatta” (Antonina Burton. 
Archive Stories (facts, fictions and the writing of  history). -  London.2005.-P.54.). 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish