Oxirigacha ma’lum bir ketma-ketlikda amalga oshiriladi



Download 394,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi394,02 Kb.
#249043
TuriПротокол
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5330244913315450271

 

 

 

§1.2. Kriptografik protokollar klassifikasiyasi 

 

Foydalanish  turiga  ko’ra  kriptografik  protokollar  quyidagicha 



klassifikasiyalanadi: 

Shifrlash (dastlabki matnga o’girish) protokollari.   

Elektron raqamli imzo (ERI) protokollari.  



Identifikasiyalash/autentifikasiyalash protokollari.  

Autentifikasiyalangan kalitlarni taqsimlash protokollari.   



Shifrlash  (dastlabki  matnga  o’girish)  protokollari.  Bu  turdagi 

protokollarga  ayrim  simmetrik  yoki  asimmetrik  shifrlash  (dastlabki 

matnga  o’girish)  algoritmlarini  kiritish  mumkin.  Shifrlash  algoritmlari 

xabarlarni  jo’natishda  foydalaniladi.  Natijada  xabar  ochiq  matn 

ko’rinishidan shifrlangan ko’rinishga almashtiriladi.  

Dastlabki  matnga  o’girish  algoritmlari  xabarni  qabul  qiluvchi 

tomonidan  amalga  oshiriladi  va  bu  harakat  natijasida  shifrlangan  xabar 

ochiq  matn  ko’rinishiga  aylanadi.  Xabarni  maxfiyligi  mana  shu  tarzda 

ta’minlanadi. 

  

Uzatiladigan  xabarlarni  butunlik  xossasini  ta’minlash  maqsadida 



simmetrik  shifrlash  (dastlabki  matnga  o’girish)  algoritmlari  odatda 

xabarlarni  jo’natishda  imitohimoyani  qo’yish  (IHQ)  ni  hisoblash 

algoritmlari  bilan  va  xabarlarni  qabul  qilishda  IHQ  ni  tekshirish 

algoritmlari  bilan  birgalikda  foydalaniladi.  Buning  uchun  shifrlash 

kalitlaridan foydalaniladi. 

 

Asimmetrik  shifrlash  (dastlabki  matnga  o’girish)  algoritmlaridan 



foydalanilganilib  xabarlarni  jo’natishda  ERI  ni  hisoblash  bilan  va 

xabarlarni qabul qilishda ERIni tekshirish yo’li bilan xabarlarni butunlik 

xossasi ta’minlanadi.  

 

Elektron  raqamli  imzo  protokollari.  Bu  turdagi  protokollar 

xabarlarni  jo’natishda  jo’natuvchining  maxfiy  kalitidan  foydalanadi. 

ERIni  hisoblashning  qandaydir  algoritmi  va  xabarni  qabul  qilishda 

o’zgartirishga  yo’l  qo’yilmaydigan,  ma’lumotlar  bazasida  saqlanadigan 

jo’natuvchining  ochiq  kaliti  yordamida  ERIni  tekshirishga  asoslangan. 

Agar  protokolni  tekshirish  jarayoni  ijobiy  yakun  topsa,  odatda  qabul 

qilingan xabarni, uni ERIni va unga mos keluvchi ochiq kalitni arxivlash 

bilan bu jarayon tugallanadi. Agar ERI qabul qilingan xabarni faqatgina 

butunlik  va  autentlik  xossalarini  ta’minlash  uchungina  ishlatilsa, 

arxivlash  amali  bajarilmasligi  ham  mumkin.  Bu  holda  tekshiruvdan 

so’ng yoki ma’lum bir chegaralangan vaqtdan keyin ERI yo’q qilinishi 

mumkin. 

Identifikasiyalash 

(autentifikasiyalash) 

protokollari. 

Identifikasiyalash  protokoli  asosida  qandaydir  nom  (identifikator)  ni 

taqdim  etgan  identifikasiyalanuvchi  ob’ekt  (masalan,  ob’ekt,  qurilma, 

jarayon...)  qandaydir  maxfiy  ma’lumotni  bilishini  tekshirishuvchi 

algoritmdan  foydalanishga  asoslangan.  Tekshirish  jarayoni  maxfiy 

ma’lumot oshkor qilinmasdan  amalga oshiriladi. 




 

Ayrim  hollarda  identifikasiyalash  protokoli  autentifikasiyalash 

protokoligacha  kengaytirilishi  mumkin.  Bunda  identifikasiyalanuvchi 

ob’ekt  buyurtirilayotgan  xizmatlarga  vakolati  bor  yoki  yo’qligi 

tekshiriladi. 

 

Agar  identifikasiyalash  protokolida ERI  ishlatilsa, u holda  maxfiy 



ma’lumot  sifatida  ERIni  maxfiy  kaliti  ishlatiladi,  ERIni  tekshirish 

ERIning ochiq kaliti yordamida amalga oshiriladi.   



Autentifikasiyalangan  kalitlarni  taqsimlash  protokollari.  Bu 

turdagi  protokollar  3  ta  ishtirokchi  tomonidan  amalga  oshiriladi. 

Uchinchi  ishtirokchi  sifatida  kalitlarni  generasiya  qiluvchi  va 

tarqatuvchi,  server  deb  nomlanuvchi  S  markaz  ishtirok  etadi.  Ushbu 

turdagi protokollar generasiya qilish, qayd qilish va kommunikasiya deb 

nomlanuvchi 3 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda server S 

tizimning  sonli  parametrlari,  shu  jumladan,  o’zining  ochiq  va  yopiq 

kalitini generasiya qiladi.  

Qayd 

qilish 


bosqichida 

server 


hujjatlar 

bo’yicha 

foydalanuvchilarni  (ular  yoki  ularni  vakolatli  shaxslari  ishtirokida) 

identifikasiyalaydi.  Har  bir  ob’ekt  uchun  kalitli  yoki  identifikasiyalash 

ma’lumotlarini  generasiya  qiladi  hamda  tizimning  sonli  qiymatlaridan  

(zarurat  bo’lganda  server  S  ning  ochiq  kalitidan  ham)  iborat  bo’lgan 

xavfsizlik belgilarini shakllantiradi. 

 

Kommunikasiya  bosqichida  umumiy  seans  kalitini  shakllantirish 



bilan tugaydigan autentifikasiyalangan kalit almashish protokoli amalga 

oshiriladi. 

 


Download 394,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish