Soda bor-yo’qligini aniqlashga qo’yiladigan reaksiya
Kerakli idish va reaktivlar: probirka; 10 ml li silindrsimon pipetkalar (2 ta); 0,2% li rozolat kislotaning 96% spirtdagi eritmasi.
62
Aniqlash yo 'li. Probirkadagi 3—5 ml sutga xuddi shuncha miq-dorda 0,2% h rozolat kislotaning 96% h spirtdagi eritmasi qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Sutning tarkibida soda bo’lsa, sut pushti rangga, soda bo’lmasa, zarg’aldoq rangga bo’yahb qoladi.
Sut, qaymoq va smetana kislotaliiigini aniqlash
Kerakli jihozlar,idishlar, reaktivlar: titrlash uchun byuretkali taglik; 10 ml li Mor tomizg’ichi; 150-200 ml h ko-nussimon kolbalar; 100 ml li o’lchov silindri; 100—150 ml h kimyo-viy stakanlar; kimyoviy texnik tarozi va toshlari; shisha tayoqcha (yo’g’oni); chinni hovoncha va dastasi, 1% li fenolftalein eritmasi; 0,1 N o’yuvchi natriy yoki o’yuvchi kahy eritmasi; 2,5% li kobalt sul-fat eritmasi.
Aniqlash yo 'li. Tekshirilayotgan sut yoki qaymoqdan Mor tomiz-g’ichi bilan 10 ml olinib, 150—200 ml h konussimon kolbaga solina-di. Xuddi shu kolbaning o’ziga 20 ml distillangan suv va spirtdagi 1% li fenolftalein eritmasidan 3 tomchi qo’shiladi. Hosil bo’lgan ara-lashma aralashtiriladi va nazorat etalonga to’g’ri keladigan hamda bir minut davomida yo’qolib ketmaydigan och pushti rang paydo bo’lguncha 0,1 N o’yuvchi natriy yoki o’yuvchi kaliy eritmasi bilan titrlanadi. Ushbu formulaga muvofiq bisoblab chiqiladi:
bu yerda: x — sut yoki qaymoqning kislotaliligi, °T; n — titrlashga sarflangan 0,1 N o’yuvchi natriy eritmasi millilitrlarining soni; 100 — 100 ml ga aylantirib hisoblash soni; 10 — titrlash uchun olingan sut yoki qaymoq miqdori.
Nazorat etalon tayyorlash uchun, yuqorida keltirilgandek, kol-baga 1 ml 2,5% li kobalt sulfat eritmasi, 20 ml distillangan suv va 10 ml sut qo’shiladi. Smetana yoki tvorog kislotaliligini aniqlash uchun bulardan 0,01 g gacha aniqlik bilan kimyoviy texnik tarozida 5 g tortib olinadi. Smetana 100—150 ml h stakanga, tvorog esa chin-ni hovonchaga sohnadi va dastasi bilan ezib, iylanadi. Tortimlarga shisha tayoqcha bilan tinmay aralashtirib turgan (tvorogni esa iylab turgan) holda 50 ml distillangan suv qo’shiladi (tvorogga qo’shila-digan suv 35—40 °C gacha isitiladi). Sut va qaymoq kislotaliligini aniqlashda qanday titrlangan bo’lsa, bu safar ham xuddi shunday titr-janadi, lekin nazorat etalon bo’lmaydi. Keyin titrlashga sarflangan *shqor millihtrlarining soni 20 ga ko’paytiriladi. Yangi qaymoq kislo-
63
talari 18—20 Tbo’lsa, smetana kislotalari 65—125 T, tvorog kislo-talari 210-270 T atrofida bo’ladi. Kislotaliligi standart talablaridan ortiq chiqqan sutni ivitib, boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |