Ovqatlanish


Gigiyena ekspertizasi natijalarini rasmiylashtirish



Download 1,07 Mb.
bet25/100
Sana22.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#154056
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi (1)

Gigiyena ekspertizasi natijalarini rasmiylashtirish

Odatda mahsulot partiyasi deyilganda, sifatiga ko’ra bir toifali har qanday miqdordagi mahsulot tushuniladi. Partiyani oldin ko’zdan kechirib chiqilganda olingan ma'lumotlar, laboratoriya tekshiruv-larining natijalari gigiyena ekspertizasi dalolatnomasi (akti) ko’rinishi-da rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mahsulotning sifati, uni ovqat-ga ishlatish mumkin-mumkinmasligi to’g’risidagi gigiyena xulosasi bilan tugallanadi. Laboratoriyada tekshirish uchun olingan barcha mahsulotlar muhrlanib, o’ralgan namunalar plombalanadi. Surg’uchli muhrlar bilan olingan namuna to’g’risida dalolatnoma to’lg’aziladi. Gigiyena ekspertizasi o’tkazilayotgan paytda mahsulotlar shartli ra-vishda yaroqli deb topilsa va boshqa korxonalarga jo’natilayotgan bo’lsa, shu mahsulotlarning yuk xati (nakladnoy)da ularni tarqatish muddatlari va sharoitlari ko’rsatib qo’yilgan bo’lishi kerak.

Sifati yomon mahsulotlar xususida DSENM bosh shifokori yoki ovqatlanish gigiyenasi bo’limi shifokori mahsulotlarni yo’q qilib tashlash, veterinariya sanitariya nazorati organi ruxsati bilan mollar-ga yem o’rnida ishlatish yoki texnik maqsadlar uchun qayta ishlash to’g’risida qaror chiqaradi. Sanitariya shifokori yoki assistenti va

34

mahsulot partiyasi qaysi korxonaga tegishii bo’lsa, o’sha korxona rahbarlari ishtirokida ifloslangan mahsulotlar ustiga 20% li xlorli ohak, o’yuvchi natriy yoki 2,5% li sulfat-karbol aralashmasi sepib zararsizlantiriladi, yo’q qilinadi va bu haqda albatta dalolatnoma to’ldiriladi. Chiqit (brak) mahsulotlarni ovqatga ishlatib qo’ymaslik-lari uchun ularning ustiga bo’yoq, kerosin to’kiladi, natijada ularni ovqatga ishlatish mumkin bo’lmay qoladi.



Dalolatnoma

10.XI.2006-yil Qarshi shahri

Men Qarshi shahri Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati marka-zi (DSENM) ovqatlanish gigiyenasi bo’limi mutaxassisi - sanitariya shi-fokorining assistenti Fozilov Qobil, go’sht kombinatining Sputnik mav-zesidagi omboridan ombor mudiri LNaimov ishtirokida baliqlardan 3 ta namuna oldim. Namunasi olingan baliq partiyasi (Orol karpi) Mo’ynoq shahridagi baliq zavodidan 53-sonli yuk xati hamda sifatni tekshiradigan nazoratchi Z.Safarov imzolagan 96-sonii sifat shahodatnomasi bo’yicha 2006-yil 15-oktabr kuni keltirilgan, partiya massasi 300 (uch yuz) kg. Orol karpi Mo’ynoq shahar baliq zavodining tamg’asi tushirilgan 16 (o’n olti) ta yog’och bochkada keltirilgan va shularda saqlanadi. Hamma boch-kalar butun. Barcha partiyaning 10-15% joyi, ya'ni 2 (ikki) bochkasi ochib ko’rilganda baliqdan bir qismining yuzasida ozgina shilimshiq g’ubori borligi aniqlandi, baliq hidi sal chirimsiq. Har bir ochilgan boch-kadan umumiy massasi 1 (bir) kg 200 (ikki yuz) gramm keladigan o’rta namunalar olindi. Nel namuna massasi 700 (yetti yuz) gramm, Nq2 na-muna massasi 500 (besh yuz) gramm, bu namunalar pishiq qog’ozga o’ralib, Qarshi shahri DSENMning surg’uchli muhri bilan muhrlandi. Baliq partiyasi DSENM rejasiga muvofiq ekspertizadan o’tkazildi. Sifati shubhali bo’lgani uchun baliq namunalari baliq sifatini va uni ovqatga ishlatish mumMn-mumkinmasligini aniqlash maqsadida Qarshi shahar DSENM laboratoriyasiga yuborildi. Ombor mudiri LNaimovning shaxsiy javobgarligi ostida massasi 300 (uch yuz) kg bo’lgan 16 (o’n olti) bochka karp balig’ini DSENMdan maxsus ruxsat olinguncha tarqatmay turish va sovuq omborda saqlash taklif etiladi.

Sanitariya shifokori assistenti hamda
namunalar olishda hozir bo’lgan
maxsus shaxsning imzosi

35


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish