28
Suvsizlantirish, ya'ni quritish usulida oziq-ovqat mahsulotlarida suv miqdorini 15% dan kamaytirish ko’zda tutiladi. Bunda ko’pgina patogen, saprofit mikroorganizmlar, bakteriyalar va zamburug’lar-ning rivojlanishi uchun noqulay sharoitlar vujudga kelib mahsulot-larning buzilishiga yo’l qo’ymaydi. Suvsizlantirish, ya'ni quritish qu-ritilgan meva va sabzavotlarni konservalashda, qoqnon va quruq sut tayyorlashda qo’llaniladi.
Vodorod ioni konsentratsiyasini o’zgartirish usuli bilan konser-valash. Mikroorganizmlar neytral (pH = 7) muhitda yaxshi o’sib ko’payadi. Kislotah muhitda (pH 4,5 dan kam bo’lganda) chirituv-chi va patogen mikroblarning ko’payishi to’xtaydi. Konservalash uchun sirka, limon, sut kislotalaridan foydalaniladi. Oziq-ovqat mah-sulotlarini ular ustiga 2—3% li sirka kislota quyib, tuz, qand, zira-vorlar qo’shib dudlanadi (marinovka qilinadi). Ortiqcha ishqoriy mu-hitda ham mikroorganizmlar ko’paya olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |