Ovqatlanish



Download 1,07 Mb.
bet78/100
Sana22.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#154056
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100
Bog'liq
Ovqatlanish gigiyenasi (1)

Kartoshka hamma xush ko’radigan eng muhim mahsulotlardan biri hisoblanadi. U 2% oqsil, 19% gacha kraxmal, kuzda 30—40 mg % gacha va erta bahorda 7—10 mg % gacha vitamin C, shuningdek, B guruh vitaminlarini saqlaydi. Kartoshka va boshqa sabzavotlarning oziqltk qiymatini pasaytirmaslik uchun ularni ratsional saqlash g’oyat mu-him ahamiyatga ega. Noto’g’ri saqlanganda sabzavotning oziqlik qiymati 50% ga va bundan ham ko’pga pasayib ketishi mumkin.

Karam yaproqli boshqa sabzavotlar kabi mineral tuzlarga, xusu-san, kalsiy va temirga boy. Vitaminlar, ayniqsa askorbinat kislotaning (30 mg % gacha) qimmatli manbayi hisoblanadi. Kartoshka, karam qish va bahor oylarida vitamin C ning asosiy manbayidir. Tuzlangan karamdagi osh tuzi (2,5 %) va achish natijasida hosil bo’ladigan sut kislota konservalovchi omillardan hisoblanadi. To’g’ri tuzlangan va salqin joyda bosilgan holda saqlangan, ko’p tuz qatlami (rassol) bilan qoplangan tuzlangan karamda vitamin C 6 oy ichida atigi 10-20% yo’qotiladi, xolos.

Sabzi o’zida karotin moddasini ko’p saqlashi (0,09 g/kg) jihatidan ayniqsa qimmatli, unda suvda eruvchan vitaminlar va mineral tuzlar ko’p. Sabzi to’g’ri saqlanganda karotin moddasi yaxshi saqlanadi.

6 ~ M.R. Tilovov va boshq. 81

Ovqat mahsulotlari tarkibida nitrit kislota tuzlari bo’lmish nitrit-larning me'yoridan ortib ketishi tuproqqa hosilni oshirish maqsadida haddan ko’p azotli o’g’itlar solinganda kuzatiladi. Nitritlarni o’sim-liklar yaxshi o’zlashtiradi. o’g’itlangan dalalarga ekilgan karamlarda nitrit miqdori 34 mg/kg, sabzida 104 mg/kg, rediskada 810 mg/kg gacha to’planganligi aniqlangan. Nitrit saqlovchi nitroz birikmalar orga-nizmda metgemoglobin hosil bo’lishiga va surunkasiga organizmga tushishi natijasida kanserogenlik xossasini hosil qilib, yomon sifatli o’simta hosil bo’lishigacha olib keladi. Bundan tashqari, ekinlarni sug’orish uchun foydalaniladigan suv manbalarida ham nitroz birik-malar kam bo’hshi kerak.

Ammiakli selitralarni poliz mahsulotlariga (qovun, tarvuz, bod-ring, qovoq va h.k.) solish tavsiya etirmaydi. Kattalar uchun bir kun-lik nitrat miqdori 0,5 mg/kg, nitrit esa 0,4 mg/kg dan oshmasligi kerak. Shu sababli poliz mahsulotlarining tarkibi, awalo, labora-toriya sharoitida tekshirihb, keyin sotuvga ruxsat etiladi. Sabzavot-lar, mevalar va ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni saqlashga alo-hida gigiyenik talablar qo’yiladi: sabzavotlar sovuq kirmaydigan, ventilatsiya uskunalari bilan jihozlangan alohida omborlarda, nisbiy namlik 80-85%, 1-3 °C haroratda oldindan saralab saqlanadi.

Oqbosh karam poh va devorlari panjarali qilib ishlangan havo yaxshi o’tib turadigan alohida moslamalarda, sabzi ustiga qum to’-kilib 2-3 °C da saqlanadi. Tuzlangan karam namakobga botirilgan holda taxta yoki betondan ishlangan maxsus chanlar (hovuzchalar)da saqlanadi. o’zbekistonning iqlimi issiq bo’lganligi uchun meva va sabzavotlar faol shamollatib turiladigan maxsus germetik sovitish ka-meralarida saqlanadi, bu kameralarda meva va sabzavotlarning unib qohshiga, buzilishiga yo’l qo’ymaydigan muhit yaratiladi.

Yangi uzilgan sabzavotlar meva va rezavor mevalar issiq iqlim sharoitida tez buzilib qoladi. Bunga yo’l qo’ymaslik maqsadida bu mahsulotlar tuzlash, quritish yo’li bilan qayta ishlanadi. Qayta ishlash sexlarida mahsulotlarni saqlash, saralash va tayyorlash binolari, yu-vish, tuzlash sexlari, tayyor mahsulotlar saqlanadigan va yordamchi binolar, laboratoriyalar bo’hshi kerak. Sabzavotlarni qayta ishlashda ziravorlar, tuz yuqori sifath bo’lishi, sanitariya-gigiyenik va standart talablariga javob berishi lozim. Qo’ziqorinlar alohida navlarga ajra-tib saralanadi. Zaharli qo’ziqorinlar (oq poganka, muxomor) arala-shib qolishiga yo’l qo’yilmaydi. Meva va sabzavotlarni qayta ishlab olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari 0—3 °C da qorong’i joylarda saqlanadi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish