Ovqatdan zaxarlanish. “Botulizm” Ovqatdan zaharlanish



Download 311,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi311,27 Kb.
#907406
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ovqatdan zaxarlanish 14-mavzu



Ovqatdan zaxarlanish. “Botulizm” 
Ovqatdan zaharlanish
- mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari 
isteʼmol qilinganda vujudga keladigan kasallik. Aksariyat birdan koʻpchilik 
kasallanadi, lekin bemorlardan sogʻlom odamga yuqmaydi. Koʻpincha 
stafilokokklar, enterokokklar, ayrim ichak tayoqchalari, protey, sitrobakter, 
iyersiniya, klostridiya va boshqa mikroblar sabab boʻlishi mumkin. Quyidagi 2 
holat Ovqatdan zaharlanish uchun umumiy hisoblanadi: 1) mikrob tushib 
koʻpaygan ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibati; 2) bemor organizmiga 
mikrobning oʻzi va uning toksini taʼsiri. Ovqatdan zaharlanish yoz oylarida 
koʻp uchraydi. Kattalarga nisbatan bolalar, ayniqsa, 3 oylikdan 2 yoshgacha 
boʻlgan bolalar koʻproq kasallanadi. Odam koʻproq urinib qolgan goʻsht va 
uning mahsulotlari, sut mahsulotlari (ayniqsa, tort va pirojnoye), baliq, tovuq 
goʻshtini isteʼmol qilganda zaharlanishi mumkin. Stafilokokklar sabab boʻlgan 
hollarda infeksiya manbai odam hisoblanadi. Angina yoki turli yiringli 
kasalliklar: sachratqi, chipqon, hasmol va boshqa yiringli yaralar boʻlgan 
kishilardan mikrob tayyor mahsulotga oʻtib, tez koʻpayadi. Uni bilmay isteʼmol 
qilgan kishi darhol zaharlanadi. Kasallikning yashirin davri 2—3 so-atdan 3 
kungacha. Kasallik toʻsatdan koʻngil aynishi va qusish bilan boshla-nadi, ich 
ketadi, qorinda tutash ogʻriq boʻladi. Qisqa vaqt ichida bemor orga-nizmi 
suvsizlanadi, u holsizlanib qoladi. Yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. 
Ayniqsa, klostridiyalar sababli roʻy beradigan zaharlanish ogʻir kechadi. 
Kasallikkatashhis qoʻyish uchun bemorning qusuq massasi, meʼdani chayilgan 
suvi sterillangan bankaga yigʻilib lab.ga yuboriladi. Zaharlanishga sababchi deb 
gumon qilingan ovqat mahsulotlari ham lab.da tekshiriladi. Najasdan Myuller 
muhiti va tuzli eritmaga ekma olinadi. Tekshirishga olingan turli ekmalardan bir 
xil mikrob topilishi, oʻsha kasallik sababchisi ekanidan dalolat beradi. 
Kasallikning 5—6-kunidan boshlab bemor qoni zardobi bilan ajratib olingan 
mikrob kulturasi aralashtirilib agglyusinatsiya reaksiyasi qoʻyiladi. 
Reaksiyaning 1:40 nisbatda va undan yuqori suyultirishda ijobiy natija berishi 
ushbu mikrob kasallik sababchisi ekanidan darak beradi. Ovqatdan boʻladigan 
toksikoinfeksiyalar va intoksikatsiyalarnn Ovqatdan zaharlanishdan farq qila 
bilish kerak. Davo kasallikning dastlabki alomatlari paydo boʻlganida tez 
yordam sifatida meʼdani 2% li soda yoki nimrang kaliy permanganat erit-masi 
bilan chayish, ichakni tozalashdan iborat. Regidron, bektit preparati eritmasini 
ichirib turish kasallik ogʻirlashishining oldini oladi. Ogʻir-roq hollarda disol
atsesol, trisol kabi suklujklar tomir orqali tomchilab quyiladi. Zarurat 
boʻlganida yurak-tomir sistemasi faoliyatini yaxshilaydigan dorilar yuboriladi. 
Oziq-ovqat tayyorlash korxonalari xizmatchilari ish jarayonida shaxsiy gi-
giyenaga qatʼiy rioya qilishlari, emizikli onalar goʻdakni emizishdan ol-din qoʻli 
va koʻkragini sovunlab yuvi-shi kerak. Yoz kunlari goʻdaklar uchun ovqat faqat 
bir marta isteʼmol qilishga yetarli qilib tayyorlanishi lozim. Ovkatga 
ishlatiladigan idishlar avval yuvilib, so'ngra qaynatilishi, ustiga toza doka yopib 


qo'yilishi lozim. Ro'zg'orda ishlatiladigan tez buziladigan mahsulotlar 
sovutkichda saqlanishi shart. Oshpazlar sanepidstansiya xodimlari tomonidan 
belgilangan muddatlarda tibbiy ko'rik va labaratoriya tekshiruvidan o'tib 
turishlari kerak. 

Download 311,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish