programma ta’minoti rivoji o’zgaruvchan shartlarda; rivojlanish vaqt va o’rnatilgan byudjet chegaralarida; tez tahrir bo’luvchi va qo’llaniluvchi, hamda oson boshqa apparat platformalariga ko’chuvchi programma ta’minoti yaratilishi. Programma injiniringi fani dasturga ijenerlik sohasi uchun metodlar va texnik vositalari bilan birgalikda zamonaviy programma ta’minoti prinsiplarini belgilaydi.
Fanning vazifasi talabalarni turli masalalarni tahlil etishga, mustaqil fikrlashga, ularning algoritmlarni programmalash va mavjud tizimlardan foydalanish va yaratish, yoki kerakli vazifalarni yechishga moslashtirishni o’rganish uchun tayyorlashdan iborat. Programmalar yaratishning klassik va zamonaviy usullari bilan tanishtiradi. Fanning vazifasi katta va murakkab programalar yaratish, tegishli asboblardan foydalanish, masalan OT qurish tamoillari, OT asosiy vazifalari, jarayon va uni boshqarish, uzilishlarni boshqarish, xotirani tashkil qilinishi, virtual xotirani tashkil etish, jarayonlar rejalashtirish tamoillari, Windows OT vazifalari, Linux, Android OT asosiy xususiyatlari va uning tuzilishi, zamonaviy programmalash tizimlarning tuzilishi, kompilyatorlar bo’yicha bilimlarni shakllantirish. Talabalarni turli masalalarni tahlil etishga, mustaqil fikrlashga, matematik va programma ta’minoti bilan bog’liq bo’lgan sohalarni, yangi fanlarni o’rganish uchun tayyorlashdan iborat. Fan maqsadi talabalarga zamonaviy operasion tizimlar, translyasiya usullari, fayl tizimining instalyasiyasi, yuklagichlar va tarmoqda ishlash bo’yicha nazariy bilimlar olish, tizimli programmalash vositalarini yaratish bo’yicha amaliy saboqlarga ega bo’lish va bu bilimlarni tadbiqiy masalalarni yechishda qo’llashdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar
“Programma injiniringi” o’quv fanini o’rganish jarayonida magistratura talabasi:
programmalash asoslari va nazariyasi;
kompyuterni programmalash ta’minoti;
operasion tizimlar;
programmalash nazariyalari;
OT qurish tamoillari, OT asosiy vazifalari, jarayonlarni sinxronlash mexanizmi va algoritmlari, uzilishlarni boshqarish, xotirani tashkil qilinishi;
Windows, UNIX OT asosiy xususiyatlari, zamonaviy programmalash tizimlarning tuzilishi;
translyatorlarning ishlash tamoillari;
makroslar;
virtual, tashqi va tezkor xotira qurilmalari bilan ishlash usullari; tatbiqiy dasturiy ta’minoti;
yuqori bosqichli algoritmik tillar va boshqa programmalash tillarida masalalarini yechish uchun algoritmlar qurish va ular asosida dasturlar tuzish;
obyektga yo’naltirilgan tillar;
matematik mantiq va diskret matematika elementlari, programma yaratish va ularning murakkabligini baholash;
har xil berilganlarni tuzilishi to’g’risida tushunchalar va programmalash tillarini afzalliklari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
programmalarni analitik tekshirish (verifikasiya) usullarini;
barcha turdagi sistemali, instrumental va amaliy programma ta’minotini tarkibini, tuzilishini, funksiyasini, ishlash prinsipini va qo’llanilish usulini;
programma vositasini tahlil qilish, ishlab chiqish, va sinash vaqtida qo’llaniladigan rasmiy modelarni;
programma vositasini axborot xavfsizligini va ishonchligini ta’minlash usullarini;
programmalash tillari nazariyasi va translyasiya usullarini asosiy modellarini, usullarini va algoritmalarini;
ko’pmashinali va ko’pprosessorli xisoblash tizimlarini va xisoblash tarmoqlarini arxitekturasini;
korrekt programma tizimlarini yaratish usullari;
algoritmlarni, modellarni, obyektlar interfeyslarni ishlab chiqish (yaratish) va tahlil qilish usullarini;
taqsimlangan xisoblash tizimlarini va tarmoqlarini programmalash vositalarini va usullarini;
programma vositalarini testlash, sinovdan o’tkazish usullari va vositalarini;
kompyuter programma ta’minoti, programmalar toifalari, maxsus programma komplekslari (mutaxassislik bo’yicha), formal grammatika nazariyasi;
aniqlik, yaqinlashish va turg’unliklarni etiborga olgan holda samarali algoritmlarni tanlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
obyektga yo’naltirilgan tillardan birida dasturlar yaratish, yaratilgan dasturlarni sozlash va test masalalarda tekshirish;
murakkab tizimlar tuzish, tizimlarga (dasturlarga) dizayn yaratish;
kompyuterning dasturiy ta’minoti; dasturlarning turlari; maxsus programma paketlaridan (mutaxassislik bo’yicha) foydalana olish;
fayl tizimi va tarkibi; uzilish tizimlari;
zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalana olish;
tizimli programmalash ta’minoti, tatbiqiy dasturiy ta’minot va kompyuterning dasturiy ta’minotini loyihalash va amalga oshirish;
yuqori bosqich programmalash va mashinaga yo’naltirilgan tillarda tizimli va tadbiqiy masalalarga programma ta’minotini yaratish;
mashinaga yo’naltirilgan tillarda tizimli va tadbiqiy masalalarga programma ta’minotini yaratish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |