Ovqat hazim qilish


Ovqat hazm qilish a'zolari gigiyenasi



Download 464,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana18.01.2022
Hajmi464,28 Kb.
#383825
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
OVQAT HAZIM QILISH

Ovqat hazm qilish a'zolari gigiyenasi


23.12.2021, 15:00

OVQAT HAZIM QILISH

odam8.narod.ru/ovqat.htm

6/7


Gigiyena  qoidalariga  rioya  qilish  ovqat  hazm  qilish  a'zolari¬ning  ish  faoliyati  normal  bo'lishida  va  me'da-

ichak kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Hazm qilisit organlari gigiyenasi og'iz bo'shlig'i

gigiyenasidan  boshlanadi.  Og'iz  bo'shlig'ini  parvarish  qilish  va  toza  tutish  og'iz  shilliq  pardasini

yallig'lanishdan,  og'izda  yara  paydo  bo'lishidan,  tishlarni  kasallanishdan  va  og'izda  yoqimsiz  hid  paydo

bo'lishidan  saqlaydi.  Tishlarning  sadafdek  yaltirab  turishi,  milk  va  lablarning  tiniq  qizg'ish  rangda  bo'lishi

odamning  sog'lig'idan  dalolat  beradi.  Buning  uchun  har  gal  ovqatlangandan  keyin  og'izni  iliq  suv  bilan

chayish kerak.  Kechki  uyqu  oldidan  albatta  tishni  tish  pastasi  yoki  poroshogi  bilan  yaxshilab  yuvish  lozim.

Bunda  cho'tkani  tishning  milk  tomonidan  uch  tomoniga  yuritish  kerak.  Ana  shunda  tishar  orasidagi  ovqat

qoldiqlari  chiqib  ketadi  va  milk  massaj  qilinadi.  Milkning  massaj  qilinishi  tishlar  ildizining  qon  bilan

ta'minlanishini yaxshilaydi.

Og'iz  bo'shlig'i  va  tishni  parvarish  qilishga  e'tibor  berilmasa,  ular  orasidagi  ovqat  qoldig'ida  mikroblar

ko'payadi. Tishlar yuzasida sarg'ish rangli dog' paydo bo'ladi, og'izdan yoqimsiz hid keladi, milk va tishlarga

so'lak  tarkibidagi  mineral  tuzlar  o'tirib,  tishda  tosh  hosil  qiladi.  Bundan  tashqari,  tishar  orasida  ko'paygan

mikroblar milkni yallig'lantiradi, tishlarning kasallanishiga sabab bo'ladi.

Ovqat hazm qilish a'zolarini kasalliklardan saqlashda tozalikka rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Afsuski,

ba'zilar  eshik  dastasi,  transport  vositalari,  pul  va  boshqa  buyumlarni  ushlagandan  va  boshqalar  bilan  qo'l

berib  so'rashgandan  keyin  qo'lini  yuvmaydi,  shuningdek,  bozor  va  do'konlardan  xarid  qilingan  mevalarni

yuvmasdan  iste'mol  qilaveradi.  Bu  esa  ichburug'  (dizenteriya),  yuqumli  sariq  kasalligi,  salmonellyoz

(ovqatdan  zaharlanish),  ich  terlama  (qorin  tift)  kabi  kasalliklarning  yuzaga  kelishiga  sabab  bo'ladi.Ovqat

hazm qilish a'zolarining faoliyati nonnal bo'lishida idish-tovoqning tozaligi,  taomlarning  sifatli  tayyorlanishi,

tashqi ko'rinishi, yoqimli hidi, ta'mi katta ahamiyatga ega. Did bilan tayyorlangan taomlar va dasturxonning

bezatilishi ko'rish va hid bilish a'zolari orqali ovqatlanish shartli reflekslarini qo'zg'atadi. Bu esa og'izda so'lak

va me'da-ichaklarda shira ajralishini kuchaytiradi hamda ishtahani ochadi.

Ovqat  hazm  qilish  a'zolarining  funksiyasi  normal  bo'lishida  ovqatlanish  gigiyenasiga  e'tibor  berish  muhim

ahamiyatga  ega.  Me'dada  aralash  ovqatlar  o'rtacha  to'rt  soat  davomida  hazm  bo'ladi.  Shuning  uchun  har

to'rt  soatda  ovqatlanish  zarur.  Agar  ovqatlanish  orasidagi  vaqt  to'rt  soatdan  kam  bo'lsa,  ovqat  moddalari

me'dadan o'n ikki barmoq ichakka o'tib ulgurmaydi.

Buning oqibatida eski ovqat bilan yangi ovqat aralashib, me'daning normal ish faoliyati buziladi va qorin dam

bo'ladi.  Aksincha  ovqatlanish  orasidagi  vaqt  4  soatdan  ko'p  bo'lsa,  me'da  bo'shab  qoladi  uning  bezlaridan

ishlab  chiqarilgan  fennentlar  va  xlorid  kislota  oshqozon  shilliq  pardasiga  ta'sir  etib,  uni  yallig'lantiradi.

Ovqatlanish  tartibining  buzilishi  tez-tez  takrorlanib  tursa,  me'daning  surunkali  gastrit  va  yara  kasalligi

yuzaga kelishi mumkin.




Download 464,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish