8-rasm. Ingichka ichak vorsinkalarining mikroskopik tuzHishi:
1- vorsinkalarning tashqi ko'rinishi; 2- vorninkalarning ichki
ko'rishi; 3¬vorsinka ichidagi limfa tomirlari; 4-vorsinka ichidagi
arteriya va vena qontomirlari.
mumkin. Tish, tomoqning angina, quloqning yiringlash, ichaklarning yallig'lanish kabi kasalliklarida mikroblar
qonga o'tib, appenditsit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Buning belgilari quyidagicha: qorinning o'ng
tomonida kuchli sanchiq va g'ijimlovchi og'riq paydo bo'ladi, ko'ngil ayniydi va bemor qay! qiladi. Bunday
vaqtda tezlik bilan jarrohga murojaat qilish kerak. Qoringa issiq grelka qo'yish, si lash va og'riq qoldiruvchi
dorilami iste'mol qilish yaramaydi, chunki bular kasallikni og'irlashtiradi.
Yo'g'on ichak ichki shilliq pardasi ostida joylashgan bez su¬yuqligida fermentlar kam, shilliq modda esa ko'p
bo'ladi. Bu shilliq modda ovqat qoldig'i bilan aralashib, uni silliqlashtiradi va ichakning yuqori qismidan pastki
qismiga o'tishini qulaylashtiradi. Yo'g'on ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo'lmaydi. Shuning uchun ovqat
moddalarining so'rilish jarayoni ham ingichka ichakdagiga nisbatan kam bo'ladi. Yo'g'on ichak devoridagi
muskul qavatining harakati ingichka ichakdagiga nisbatan sekin bo'ladi. Shu sababli ovqat qoldig'i unda uzoq
vaqt (18-20 soat) saqlanadi.
Yo'g'on ichakda asosan suv, mineral tuzlar so'riladi, oqsil¬laming faqat 3% i, uglevodlarning 2% i so'riladi.
Bu yerda ovqat qoldig'i quyulib, axlat ko'rinishida to'g'ri ichak orqali tashqariga chiqariladi.
Jigar
Jigar odam organizmidagi eng katta bez bo'lib, massasi o'rtacha 1500 g.
U qorin bo'shlig'i o'ng tomonining yuqori qismida, ya'ni o'ng qovurg'alar
yoyi ostida joylashgan. U ikki bo'lakdan iborat: o'ng bo'lagi o'ng qovurg'a
yoyi ostida, chap bo'lagi qorinning yuqori qismida, ya'ni to'sh suyagi
ostida joylashgan. Jigar to'qimasi biriktiruvchi to'qima pardasi yordamida
juda ko'p mayda bo'lakchalarga bo'lingan. Bu bo'lakchalarning soni 500
mingga yaqin. Har bir bo'lakcha tarkibida bir nechtadan jigar hujayralari
bo'lib, ular gepalotsit deb ataladi. Jigar hujayralari o't suyuqligi ishlab
chiqaradi, bu suyuqlik o't pufagida to'planib, maxsus kanalcha orqali o'n
ikki barmoq ichakka quyilib, ovqat tarkibidagi yog'larning hazm bo'lishida
ishtirok etadi. Jigarda bir kecha¬kunduzda 700-1200 ml o't suyuqligi
ishlanadi. Jigarning muhimvazifalaridan yana biri qonni zaharli
moddalardan tozalashdir. Me'da-ichaklardan so'rilgan ovqat tarkibidagi
zaharli moddalar qopqa vena orqali jigarga boradi va uning hujayralarida
zararsizlan¬tiriladi. Bundan tashqari, jigar oqsil va uglevodlar
almashinuvida ham ishtirok etadi.
Jigarning yuqumli sariq kasalligida uning hujayralari yalliglanib, yemiriladi
va undan ishlangan o't suyuqligi o'n ikki barmoq ichakka quyilmay,
bevosita qonga o'tadi. Buning natijasi¬da odamning ko'zi, tomog'ining
shilliq pardalari va terisi sar¬g'ayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |