Ovqat hazm qilishning boshqarilishi
Ovqat hazm qilish organlarining funksiyasi nerv va gumoral yo'l bilan boshqariladi.
Ovqat hazm qilishning nerv sistemasi orqali boshqarilishi. Ovqat hazm qilishning nerv markazi
uzunchoq miyada va oraliq miyaning ko'rish do'mbog'i ostida (gipotalamusda) joylashgan. Bu nerv markazi
parasimpatik (adashgan) va simpatik nervlar orqali ovqat hazm qilish organlari ishini boshqaradi.
Og'iz bo'shlig'i shilliq pardasida va tilda joylashgan ta'm sezuvchi nerv tolalari (retseptorlar) og'iz bo'shlig'iga
tushgan ovqat ta'sirida qo'zg'aladi. Bu qo'zg'alish sezuvchi nerv tolalari orqali uzunchoq va oraliq miyadagi
ovqatlanish nerv markazlarini qo'zg'atadi. Ulaming qo'zg'alishi parasimpatik nerv tolalari orqali quloq oldi, til
osti va jag' osti so'lak bezlarining ishini kuchaytiradi va so'lak ajralishi ko'payadi. Bu og'iz bo'shlig'ida
ovqatning maydalanishi va yutilishini qulaylashtiradi. Yutilgan ovqat me'da shilliq pardasidagi retseptorlar
orqali ovqatlanishning nerv markazlarini qo'zg'atadi. Natijada parasimpatik nerv tolalari oshqozon osti va
ichak bezlaridan ajraladigan shira suyuqliklarini hamda jigardan ajraladigan o't suyuqligini ko'paytiradi. Bu
esa me'da va ichakda ovqat hazm bo'lishini ta'minlaydi.
Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishi. Gipofiz bezidan ajraladigan gormonlarning ba'zilari ovqat hazm
qilish bezlari ishini kuchaytiradi, qalqonsimon bezning tiroksin gormoni esa bu bezlar ishini susaytiradi.
Bundan tashqari, ovqat hazm qilish shartli reflekslar orqali ham boshqariladi. Bu reflekslaming markazi bosh
miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan. Ovqatlanishning shartli reflekslari odam tug'ilgan
vaqtda, ya'ni chaqaloqlik davrida bo'lmaydi. TurIi ovqatlarning mazasi, hidi, tashqi ko'rinishiga nisbatan
odamning hayot tajribasi ortishi natijasida shartli reflekslar paydo bo'la boshlaydi, ya'ni mazasini tatib
ko'rgan ovqatga nisbatan shartli refleks hosH bo'ladi. Bunday ovqatni ko'rish, hidini sezish, hatto nomini
eshitish, u haqda o'ylash oldin hosil bo'lgan shartli refleks markazini qo'zg'atadi va so'lak, me'da-ichaklarda
shira
ajralishini kuchaytiradi. HayajonIanish, g'azablanish, qo'rqish, og'riq kabi tuyg'ular retlekslar orqali bosh
miya po'stlog'idagi ovqatlanishning oliy nerv markazini tormozlaydi Bu vaqtda simpatik nerv qo'zg'aladi. Bu
esa so'lak va shira ajralishini kamaytiradi, oshqozon-ichaklarning harakat funksiyasini pasaytiradi. Shuning
uchun hayajonlanganda, ayniqsa salbiy tuyg'ularda odamning ishtahasi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |