Oval shakli bilan tanishtirish”



Download 1,81 Mb.
Sana24.09.2021
Hajmi1,81 Mb.
#183857
Bog'liq
Oval shakl bilan tanishtirish

Oval shakli bilan tanishtirish”







Mashg’ulot: “Oval shakli bilan tanishtirish”

(O‘rta guruhlar uchun mashg‘ulot)

Oy mavzusi:Bolalar bog‘chasi

Hafta mavzusi:Xushmuomalalik libosi


Mashg‘ulotning maqsadi:

Bolalarning geometric shakllar haqidagi tasavvurlarini o‘stirish; geometric shakllarni bir-biridan farqlashga o‘rgatish;

Oval shakli haqida tasavvurga ega bo‘lish;

Doira va oval shaklini bir-biridan farqlash;

Ularning nomini to‘g‘ri aytish;

Bolalarda tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish;

o‘rtoqlari bilan do‘stona munosabatni tarbiyalash.

Kerakli jihozlar:geometrik shakllar to‘plami; rangli va vatman qog‘ozlar; rezina halqa; chinor yong‘og‘i; rangli qalamlar; gugurt va sanoq cho‘plari.

Mashg‘ulotning borishi:

Ertalab kiyig‘in davomida“Dam olish kunlarini qanday o‘tkazdingiz?”mavzusida suhbat uyushtiriladi. Unda bolalar quyidagi savollarga javob beradi:


1. Siz qanday dam oldingiz?
2. Kimlarga yordam berdingiz?
3. Shanba va yakshanbada nimalar bilan mashg‘ul bo‘ldingiz?
4. Dam olish kunlarida qayerga bordingiz?
(Bolalar javobi tinglanadi.)

Tarbiyachi:– Bolalar, hozir siz bilan ajoyib o‘yin o‘ynaymiz. Bu o‘yin“Muz yorar”deb ataladi.

Muz yorar”o’yini.

Bolalar doira bo‘lib turadi. Bir bola boshlovchi qilib tayinlanadi va uning qo‘lida sehrli tayoqcha bo‘ladi. Boshlovchi sehrli tayoqchani qaysi bolaga tekkizsa, anashu bola muzlab (qotib) qoladi.Uni muzdan xalos qilish uchun boshqa bolalar boshlovchiga iliq, sehrli so‘zlar aytishi kerak.

(O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi.)






Assalomu – alaykum!”

Xo’p bo’ladi!”

Barakalla!”

Labbay!”

Rahmat!”

Marhamat!”

Sog’ bo’ling!”

Kechirasiz!”




Tarbiyachi:– Bolalar, sizlar qanday geometrik shakllarni bilasiz?
Bolalar: – To‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, doira, uchburchak.







To’g’ri to’rtburchak Kvadrat





Doira Uchburchak

Tarbiyachi:– Juda to‘g‘ri. Kim, menga mana bu stol ustidagi geometric shakllar ichidan doira shaklini olib beradi.
(Bolalardan biri doira shaklini olib keladi va izoh beradi. Shu tartibda uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shakllarini ham bolalarga tanlash taklif qilinadi va bolalar tomonidan izohlanadi. Tarbiyachi bolalar fikrini to‘ldirib boradi.Stol ustida oval shakli qoladi.)





Tarbiyachi:– Bolalar, mana bu shakl sizlar tanish bo‘lgan qaysi shaklga o‘xshaydi?

Bolalar: – Doiraga.

Tarbiyachi:– To‘g‘ri, bu shakl doiraga o‘xshaydi. Mana bu qo‘limdagi halqachaga qaranglar.U qaysi shaklda?



Bolalar:– Doirashaklida.

Tarbiyachi:Endi ushbu doiraning ikki tomonidan ushlab biroz cho‘zaman. Qanday shaklga kirdi?Siz bushakl nomini bilmaysiz, albatta. Bu shakl siz yaxshi ko‘rib yeydigan ba’zi narsalarga ham o‘xshaydi, eslab ko‘ringlar-chi, nima ekan ular?

Bolalar:– Tuxum, qovun, shirin kulcha yoki kartoshkaga.






Tarbiyachi: – Juda ham to‘g‘ri, bilag‘onlarim. Shu tuxumga o‘xshaydigan shakl oval deb ataladi.Hammamiz birgalikda aytamiz – oval.
(Tarbiyachi oval shakli konturini qo‘li bilan ko‘rsatib, unga ta’rif beradi).

Tarbiyachi: – Bolalar, bugun biz sizlar bilan matematika, tasviriy faoliyat va qurish-yasash markazlarida faoliyat olib boramiz.

Bolalar guruhlarga ajratiladi.



Birinchi guruh:tasviriy faoliyat markazida geometric shakllardan foydalanib vatman qog‘ozga rasm chizadi

Ikkinchi guruh:boshqasi qurish-yasash markazida sanoq cho‘plar va gugurt cho‘plaridan geometric shakllar va ulardan esa narsalar yasaydi.

Uchinchi guruh:Matematika markazida ishlovchi bolalar karton ustiga rangli kartonlardan turli geometric shakllar orqali“Bo‘g‘irsoq o‘rmonda”mavzusida ertak qahramonlarini tasvirlaydi.

Har bir guruh o‘zlari bajargan ishlarini o‘rtoqlari oldida izohlab beradi.Guruhlar nominatsiyalar bo‘yicha baholanadi va bolalar rag‘batlantiriladi.

Mashg‘ulot so‘ngida bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin o‘tkaziladi.

Shakllar”



Bolalar doira shaklida stulchalarda o‘tiradi.Bir bola boshlovchilik qiladi.Qolganlarga harxil geometric shakllar beriladi.Boshlovchi oval signalini bergan vaqtda qo‘lida oval shakli bor bolalar bir-birlari bilan o‘rinlarini almashtiradi.Bo‘sh joyga ishtirokchilardan oldin boshlovchi turib olsa, kech qolgan ishtirokchi o’yindan chiqadi.O‘yin shu tariqa davom etadi.

Tarbiyachi:Shuning bilan aziz mehmonlar va jajji bolajonlar, bugungi sizlar bilan tomosha qilgan“ Oval shakli bilan tanishtirish”mavzusida o’tgan mashg’ulotimizni yakunlaymiz. Sizlarga sog’lik va omonlik tilaymiz.

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish