5.2. Strategik rejalashtirish mohiyati va vazifalari
Har qanday korxonaning uzoq muddatli samarali faoliyati, uning iqtisodiy
o’sishi va rivojlanishi, potensial inson kapitali va boshqa resurslardan eng qulay va
oqilona tarzda foydalanish imkonini beruvchi strategik yo’nalishlarni tanlash bilan
belgilanadi. Strategiya korxonaning barqaror iqtisodiy o’sishi va rivojlanishini,
mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlamog’i lozim. Shu
o’rinda “o’sish” va “rivojlanish” tushunchalarining mohiyat va mazmuni turlicha
ekanligiga e’tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |