O’UM2020-Biznes rejalashtirish O. A. Amanov O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/289
Sana29.09.2021
Hajmi1,95 Mb.
#188667
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   289
Bog'liq
biznes rejalashtirish

Muallif - O.A.Amanov 
 
ekanligini  e’lon  qiladilar.  Ustama  narx  miqdori  tovar  turiga  qarab,  juda  keng 
chegaralarda  tebranib  turadi  (bizning  tovarlarimizga  qo’yiladigan  ustama  bunga 
misoldir).  Shuningdek  tovarning  ishlab  chiqaruvchidan  pirovard  iste’molchiga  yetib 
borishiga  qarab  oxirgi  narx  ulgurji  va  chakana  savdo  qo’yadigan  ustama  narxlar 
yakunini  ifodalaydi.  Ustama  narxlar  negizida  narxlarni  hisoblash  usuli  ishlab 
chiqaruvchilar o’rtasida eng keng tarqalgan, sababi bunda  narx belgilash  muammosi 
soddalashadi,  agar  tarmoq  bozorida  sotuvchilarning  ko’pchiligi  shu  yondashuvdan 
foydalanadigan  bo’lsa,  narx  raqobati  minimumga  keltiriladi.  Ammo  standart 
ustamalarni  qo’llash  joriy  talabning  o’ziga  xos  tomonlarini  e’tiborga  olmaydi  va 
raqiblar tashlama bilan narx belgilagan hollarda xavfli bo’lib qoladi. Shu sababli eng 
maqbuli  —  talab  darajasi  va  tabiati  aniq  bo’lgan  hollarda,  shuningdek  muayyan 
miqdorda  va  kelishilgan  narxlarda  tovarlar  ishlab  chiqarish  hamda  yetkazib  berish 
kontraktlari  tuzilganda  narxni  "o’rtacha  xarajatlar  plyus  foyda"  prinsipi  bo’yicha 
belgilash  hisoblanadi,  negaki  ayrim  mahsulotlar  iste’moli  yillar  davomida  turun 
bo’lib, narxlarning o’zgarishiga ta’sirchan bo’lmay qoladi. 
"Ko’zlangan  foyda  normasi"  olishni  ta’minlaydigan  narx  belgilash.  Bunday 
yondashuvni  qo’llaydigan  ishlab  chiqaruvchilar  oldindan  sarf  etilgan  kapital  uchun 
muayyan  qaytim  foiz  olishga  intiladilar.  Bu  usul  o’rtacha  solishtirma  xarajatlarni 
hisoblashga  asoslanadi,  investitsiyalangan  kapital  uchun  kutiladigan  qaytim  foizi 
doimiy  xarajatlarga  qo’shiladi  va  xarajatlarning  bir  qismi  hisobiga  o’tkaziladi, 
so’ngra  o’rtacha  xarajatlar  miqdori  to’iladi,  endi  orzudagi  foydani  ham  o’z  ichiga 
olgan narx belgilanadi. Agar kom’aniya rejalashtirilgan hajmda o’z tovarini sota olsa, 
u  ko’zlangan  foyda  normasini  oladi.  Agar  savdo  hajmi  kam  bo’lsa,  unda  mahsulot 
bosilib qoladi, komp’aniya investitsiyalangan kapital uchun "salbiy foyda" bilan zarar 
ko’radi. 
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash. Bunday yondashuvni qo’llash 
bilan  firma  mahsulotning  qo’shimcha  hajmi  birligini  bu  mahsulotni  ishlab 
chiqarishning  alohida  qiymatiga  sotadi,  bu  holda  xarajatlarning  faqat  bir  qismi 
qo’lanadi,  foyda  amalga  oshmaydi.  Narxni  belgilashning  bunday  strategiyasi  agar 
firma  ishni  to’xtatish  xavfi  ostida  qolgan  va  foydalanadigan  ishchi  kuchini  saqlab 
qolishni  xohlagan  sharoitlarda  naf  keltirishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  “narxlar 
urushi”ga  tortiladigan  firmalar  raqiblarini  yo’ldan  olib  tashlashda  ushbu  usuldan 
foydalanadi.  Nihoyat  savdoda  magazinlarga  xaridorlarning  kelishini  ko’paytirish 
uchun  sotuvchilar  ayrim  tovarlarni  to’liq  xarajatlaridan  pastroq  baholab,  "jalb 
etuvchi" narxlar yaratadilar. Xaridorlar oqimi ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar 
bilan birga narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar. 
Narx  belgilashning  yuqorida  ko’rib  o’tilgan  usullari  xarajatlarini  hisoblash, 
to’liq,  to’g’ri,  o’rtacha,  standart  va  chegaraviy  xarajatlar  haqidagi  axborotlardan 
foydalanishga  asoslanadi.  Ammo,  shuni  ta’kidlash  lozimki,  chet  ellarda  qabul 
qilingan narx o’sishining xarajatlar usullari bizning korxonalarimizda qo’llaniladigan 
usuldan katta farq qiladi, chunki mamlakatimizda narxlar jahon tovar bozorlariga xos 
bo’lgan narxlardan oyat farq qiladi. 
Shu  sababli  korxonalar  mahsulot  eksportida  tashqi  savdo  narxlarini  ma’muriy 
yo’l  bilan,  narx  belgilashning  odatdagi  bozor  prinsiplariga  tayanib,  joriy  qiladi. 



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish