8.5 – jadval.
Sotish hajmi prognozi.
Bozorlar va
solishtiriladigan
ko’rsatkichlar
Yillar
Umumiy
sotuv
1
Kvartallar
“A” bozorida sotilgan
mahsulot
Birlik mahsulot bahosi
Jami sotuv
“B” bozorida sotilgan
mahsulot
Muallif - O.A.Amanov
Birlik mahsulot bahosi
Jami sotuv
Umumiy sotuv hajmi
8.2. Mahsulotga narx belgilash
Narx marketing imkoniyatlari va muammolari bozor va raqobat tipiga qarab
o’zgarib boradi. Umuman, asosan narxlarni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir
ko’rsatish raqobatning narx bilan boliq usullarini yaratadi. Narx bilan boliq
bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislatlariga zo’r
beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi
marketing qismlariga katta e’tibor beradi. Yuqori narxlar belgilashda bozorda yaxshi
va noyob tovari yoki xizmati bilan shuhrat qozongan firmalar o’z mavqeyidan
foydalanadi. Mahsulotga narx qo’yishga raqobat tazyiqi muhim ta’sir ko’rsatadi.
Korxonalar o’z raqiblari tovarlarining narxi va sifatini o’rganadi, o’z mahsulotlariga
o’xshash mahsulotlarining qiyosiy tahlilini o’tkazadi, har bir tovar haqida xaridor
fikrini tadqiq etadi.
Olingan ma’lumotlar xususiy narx belgilashda o’z tovari uchun raqiblar
taklifiga nisbatan andoza olinadigan tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi. Shunday
qilib, raqobatli narx belgilash istaklar qondirilishining muqobil vositasi tarzida
narxlarni tenglashtiradi.
Narx belgilash usullari. Firma talab chizmasi (grafigi)ga asoslanib,
xarajatlarning hisobiy miqdorini belgilab, raqiblar narxlarini o’rganib, o’z
mahsulotiga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx belgilashning turli usullaridan
foydalanish mumkin.
Narxni formulalarda belgilash. Ko’pgina korxonalar mahsulot sotish narxini
aniqlashda sodda formulalardan foydalanadi. Bunday formulalar yalpi olganda ishlab
chiqarish xarajatlarining jami bandlariga yoki bu bandlarning ayrim qismlariga
alohida ma’no beradi. Ular oyat oddiy bo’lishi mumkin. Masalan, bir firma ishlab
chiqarishni tashkil etish masalalarida o’z xodimlariga kundalik to’lanadigan ish
haqini belgilab, uni uchga ko’paytirdi. Shunday qilib, uning 1/3 qismi maslahatchilar
ish haqini qo’lashga, yana bir qismi — qo’shimcha xarajatlarga ketadi, uchinchi
qismi foyda tarzida yonga qoladi. Ishlab chiqarish to’liq xarajatlarining barcha
bandlari murakkab formulalarda yaxshiroq hisobga olinadi. Firmalar narx belgilashda
formulalardan foydalanib, o’zlarining noyob yondashuvlarini ishlab chiqadi, ammo
bu sohada ham o’ziga yarasha qiyinchiliklar bor. Formulalarga ko’ra narx belgilash,
narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga
qaratadi, talabni hisobga olmaydi, ya’ni bozor shu mahsulotga belgilangan narxni
to’laydimi?— buni u inobatga olmaydi, shuningdek narxni pasaytirishga qaratilgan
raqiblik harakatlarini ham hisobga olmaydi.
"O’rtacha xarajatlar plyus foyda" prinsipi bo’yicha narx belgilash tovarning
tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy
usuli hisoblanadi. Sotuvchilar xaridorlar oldida ular qo’ygan narx tannarx bilan
sarflangan kapitaldan olinishi lozim bo’lgan adolatli foyda normasi yig’indisiga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |