O’UM2020-Biznes rejalashtirish O. A. Amanov O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/288
Sana14.01.2022
Hajmi1,95 Mb.
#359780
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   288
Bog'liq
biznes rejalashtirish

Muallif - O.A.Amanov 
 
Mulksiz korxona tashkil etilmaydi. Mulkdan  foydalanish,  uni oshirib borish, saqlash 
korxonani moliyaviy barqarorligini ta’minlash asosida amalga oshiriladi. 
Ikkinchi  bosqich  –  reorganizatsiya.  Korxona  faoliyatini  takomillashtirish, 
moliyaviy  barqarorligini  oshirish,  bozorda  tutgan  o’rnini  (“Nisha”sini)  saqlash  yoki 
kengaytirish maqsadida o’z tarkibida yangi ishlab chiqarish yoki funksional bo’limlar 
ochish  ayrimlarini  qo’shish,  birlashtirish,  samarasizlarini  tugatish  kabi  qayta  tashkil 
qilish  ishlarini  amalga  oshirib  boradi.  Bu  masala,  aksariyat  holda  korxonaning 
moliyaviy ahvolidan kelib chiqadi. 
Uchinchi  bosqich  –  restruktrizatsiya.  Restruktrizatsiyaga  reorganizatsiyaning 
bir  shakli  sifatida  qarash  mumkin.  Restruktrizatsiya  deganda  korxonaning  tarkibiy 
bo’limlarini  (sexlari)  huquqiy  shaxs  maqomisiz,  mustaqil  balans  va  hisob  raqami 
bilan  aloxida  ajratilishiga  tushiniladi.  Bundan  asosiy  maqsad  ishlab  chiqarish 
samarasini  oshirish  bo’lib,  korxona  bo’limi  (sexi)  tijorat  hisob-kitobiga  o’tkaziladi. 
Ularga mulk ajratiladi, foyda va xarajatlari alohida hisob-kitob qilinadi. 
Sanatsiya  –  iqtisodiy  nochor  korxonalarni  bankrotligining  oldini  olish 
maqsadida  qarzdor  korxona  –  huquqiy  shaxsning  muassislari  (qatnashchilari), 
qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan, davlat tomonidan qarzdor 
korxonaning  to’lov  qobilyatini  tiklash  bo’yicha  o’tkaziladigan  chora-tadbirlarni 
tashkil qiladigan faoliyat. 
Qarzdor  korxona  sanatsiyalash  ob’ekti  hisoblanadi.  Faoliyatni  davom  ettirish 
uchun  qarzdor  korxonaning  to’lov  qobiliyatini  tiklanishining  aniq  imkoniyatlari 
asoslansa,  bunday  iqtisodiy  nochor  korxonalar  sanatsiya  qilinadigan  ob’ektlar 
qatoriga kiritiladi. 
Sanatsiyalash  korxonaning  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash  uchun 
o’tkaziladigan chora-tadbirlardan biri xisoblanadi. 
Keyingi bosqich bu korxonaning bankrotligi. 
Korxona bankrotligi uning iqtisodiy nochorligini oqibati. 
Bankrotlik  deganda  sud  tomonidan  e’tirof  etilgan  yoki  qarzdorni  ixtiyoriy 
ravishda  o’zini  bankrot  deb  e’lon  qilgan  qarzdorning  moliyaviy  majburiyatlarini 
bajara olmasligi, qisqa qilib aytganda moliyaviy qobiliyatsizlikka tushiniladi. 
Korxona  yashashining  oxirgi  bosqichi  uni  tugatilishi.Iqtisodiy  nochorlik  yoki 
bankrotlik  asosida  sud  qarori  bilan  yoki  mulkdorning  o’z  ixtiyori  bilan  korxona 
faoliyati tugatilishi mumkin. 
Korxona  tugatilishi  uning  faoliyatini  to’xtatilishi  va  davlat  reestiriga  qarzdor 
tugatilganligi to’grisidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlanadi, korxona esa tugatilgan 
deb hisoblanadi. 
Unitar  korxona  (hususiy  yoki  davlat)  mulkchilik  xuquqiga  ega  bo’lmagan 
tijorat korxonasidir. 
Horijiy  kapital  ishtrokiga  ko’ra  qo’shma,  xorijiy  va  chet  el  korxonasiga 
ajratiladi. 
Qo’shma  korxona  ustavida  xorijiy  investor  ulushi  mavjud  bo’ladi  va  ushbu 
korxona  mamlakat  xududida joylashadi,  faoliyat  yuritadi. Xorijiy  korxonalar  boshqa 
mamlakatda  ro’yxatdan  o’tadi  va  ustav  kapitali  tarkibida  milliy  kapital  ulushiga  ega 



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish