Qo‘shimcha mashqlar. Yuguruvchi trenirovkaning barcha davrlarida 30- 50 min. davom etadigan ixtisoslashgan zaryadka qilib turishi kerak. Ayrim paytda bu zaryadka o‘rniga yayov yurib sayr qilinadi. Bu kechyqurunlari uyqu oldidan bo‘lgani ma'qul. Suvda suzish, qayiq haydash va sport o‘yinlari ham faol dam olish uchun qo‘shimcha hisoblandi.
Yuguruvchi quyidagi qoidalarni esda saqlash kerak.
Agar yugurish yo‘lkasida chuqurlar bo‘lmasa, yo‘lka raxiga yaqin yugurish.
Masofada bir tekis yugurish.
Qarama-qarshi shamolda ikkinchi yoki uchunchi bo‘lib yugurish. Mashg‘ulot joyining xususiyatlari, kiyim va poyabzal. O‘rta masofaga yuguruvchilar bilan qishda yopiq binoda ham, ochiq havoda ham trenirovka qilaveriladi. Ochiq havodagi mashg‘ulotlarni shamoldan panaroq joyda o‘tkazish ma'qul. Yuguruvchining kiyimi yengil, issiq va bemalol bo‘lishi kerak. Qishda ostiga kigiz solingan tufli yoki keda kiyib mashq qilinadi. Bahorda, yozda va qisman kuzda trenirovka mashg‘ulotlari asosan stadionlarda ochiq joylarda o‘tkaziladi. Yuguruvchilar stadiondagi mashg‘ulotlarini ko‘p qismini yo‘lkada, razminka va yakunlash qismini esa futbol maydonida o‘tkazadilar. Stadion yo‘laklarida yugurush uchun olti mixli yengil atletika tufli bo‘lishi zarur. Razminka hamda ochiq joylarda yugurush uchun tagi elastik rezinkali yengil tufli kiyish kerak
Mavzu 3: Engil atletika. Sakrash turlari
Engil atletika sakrashlari ikki turga bo‘linadi:
vertikal to‘siqlarni yengib o‘tish bilan sakrashlar (balandlikka sakrash va langarcho‘pga tayanib sakrash) va
gorizontal to‘siqlarni yengib o‘tish bilan sakrashlar (uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash).
Sakrash samaradorligi depsinish fazasida, sakrash natijaliligining asosiy omillari hosil bo‘ladigan paytda aniqlanadi. Bunday omillarga quyidagilar kiradi: 1) sakrovchi tanasining boshlang‘ich uchib chiqish tezligi;
2) sakrovchi tanasi UOMining uchib chiqish burchagi. UOMning uchish fazasidagi harakat yo'nalishi depsinish xususiyatiga va sakrash turiga bog‘liq bo‘ladi. Boz ustiga, uch hatlab sakrash uchta uchish fazasiga, langarcho‘pga tayanib sakrash esa uchish fazasining tayanch va tayanchsiz qismlariga ega.
Engil atletika sakrashlari o‘z tuzilishiga ko‘ra aralash turga taalluqlidir, ya'ni bu yerda ham siklik, ham atsiklik harakat elementlari mavjud.
Sakrashni yaxlit harakat sifatida tarkibiy qismlarga ajra-tish mumkin:
yugurib kelish va depsinishga tayyorlanish – harakat boshla-nishidan tortib to depsinadigan oyoqni depsinish joyiga qo‘yish paytigacha;
depsinish (itarilish) – depsinadigan oyoqni qo‘ygan paytdan boshlab, to uning depsinish joyidan uzilish paytigacha;
uchish – depsinadigan oyoq depsinish joyidan uzilgan paytdan boshlab to yerga qo‘nish joyiga tegish paytigacha;
yerga tushish – yerga tushish joyiga tegish paytidan boshlab to tana harakati to‘liq to‘xtagunga qadar.